Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbek maqollari

Vikiiqtibosdan olingan

Maqol — xalq ogʻzaki ijodi janri; qisqa va loʻnda, obrazli va obrazsiz, grammatik va mantiqiy tugallangan maʼnoli hikmatli ibora, chuqur mazmunli. Muayyan aniq shaklga ega. Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuygʻulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan.



Maqollar

A

  • Aytar soʻzni ayt, aytmas soʻzdan qayt.
  • Aytilgan soʻz – otilgan oʻq.
  • Andishaning oti qoʻrqoq.
  • Arpa ekkan arpa oʻrar, bugʻdoy ekkan bugʻdoy.
  • Arpaning doni boʻlguncha, bugʻdoyning somoni boʻl.
  • Arqogʻini koʻrib boʻzini ol, onasini koʻrib qizini ol.
  • Afting qiyshiq boʻlsa, oynadan oʻpkalama.
  • Aqlli oʻzini ayblar, aqlsiz doʻstini..
  • Avval oʻyla, keyin soʻyla.

B

  • Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning.
  • Bir kun tuz ichgan joyinga qirq kun salom ber.
  • Birovni ustidan kulmagin zinhor, sening ham ustingdan kuladiganlar bor.
  • Birovga choh qazisang, oʻzing tusharsan.
  • Birovga oʻlim tilaguncha, oʻzinga umr tila.
  • Bolaga ishga buyur, orqasidan oʻzing yugur.
  • Boshinga qilich kelsa ham rost soʻzla.
  • Buqdan qoʻrqqan tezak yopmaydi.
  • Bukrini gʻor tuzatadi.
  • Bir mayizni qirq kishi yer.
  • Birniki mingga mingniki olamda.
  • Bulbul chamanni sevar,
    Odam — Vatanni.

D

  • Dangasaga ish buyursang, otangdan ortiq nasihat qiladi.
  • Dangasaga ish buyursang, senga aql oʻrgatar.
  • Dangasaning ishi bitmas, yoz kelsa ham qishi bitmas.
  • Danagidan magʻizi shirin.
  • Darding boʻlsa boʻlsin, qarzing boʻlmasin.
  • Devor tagida gapirma, devorning ham qulogʻi bor.
  • Dehqon boʻlsang shudgor qil, mulla boʻlsang takror qil.
  • Dunyoni suv bossa, toʻpigʻiga ham chiqmaydi.
  • Dushmanga joningni bersang ham, siringni berma.
  • Dushmanning kulgani – siringni bilgani.
  • Doʻst achitib gapirar, dushman – kuldirib.
  • Doʻst boshga boqar, dushman oyoqqa.
  • Doʻst boshga kulfat tushganda sinaladi.
  • Doʻst soʻzini tashlama, tashlab boshing qashlama.
  • Doʻstim deb siringni aytma, doʻstingning ham doʻsti bor.
  • Doʻsting uchun zahar yut.
  • Doʻstsiz boshim – tuzsiz oshim.

E

  • Egilgan boshni qilich kesmas.
  • Ezgulikning erta kechi yoʻq.
  • El ogʻziga elak tutib boʻlmas.
  • Elakka chiqqan xotinning ellik ogʻiz gapi bor.
  • Elchiga oʻlim yoʻq.
  • Er yigitning uyalgani – oʻlgani.
  • Er xotinning urushi – doka roʻmolning qurishi.
  • Ering suydi – eling suydi.
  • Erning soʻzi bitta.
  • Eru xotin – qoʻsh hoʻkiz.
  • Esingning borida etagingni yop.
  • Eshakning mehnati halol, goʻshti harom.

F

  • Falokat oyoq ostida.
  • Farzand bilan davlatning erta-kechi yoʻq.
  • Farzandiga otaning mehri ketmoncha boʻlsa, onaning mehri osmoncha bor.
  • Faqir kishi panada.

G

  • Gul oʻssa – yerning koʻrki, qiz oʻssa yurtning.

H

  • Har qush uyasida koʻrganini qiladi.
  • „Hayt“ degan tuyaga mador.
  • Hazil, hazilning tagi zil.
  • Hur gulning isi boshqa.
  • Har yerni qilma orzu, har yerda ham bordir toshu torozu.
  • Har kallada har hayol.
  • Har kim ekkanini oʻradi.
  • Har kimniki oʻziga, oy koʻrinar koʻziga.
  • Har toʻkisda bir ayb.
  • Haqiqat egiladi, ammo sinmaydi.
  • Hisobli doʻst ayrilmas.
  • Hovli olma, qoʻshni ol.
  • Hunar – hunardan unar.
  • Hunarli kishi och qolmas.
  • Husn toʻyda kerak, aql kunda.

I

  • Ignadek joydan tuyadek sovuq kiradi.
  • Ignachining ming urgani, temirchining bir urgani.
  • Ikki yorti – bir butun.
  • Ikki kemaga oyoq qoʻygan gʻarq boʻlur.
  • Intilganga tole yor.
  • It hurar, karvon oʻtar.
  • Ish bilganga bir tanga, gap bilganga ming tanga.
  • Ish bor yerda xato bor.
  • Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar.
  • Ishongan togʻda kiyik yotmas.
  • Ishonmagin doʻstingga, somon tiqar poʻstingga.

J

  • Janjalli uyda baraka boʻlmas.
  • Jahl kelsa, aql ketar.
  • Joyimiz tor boʻlsa ham, koʻnglimiz keng boʻlsin.

K

  • Kambagʻal boʻlsang koʻchib boq.
  • Kambagʻalni tuyaning ustida ham it qopadi.
  • Kamtarga kamol, manmanga zavol.
  • Kasalini yashirsang, istimasi oshkor qiladi
  • Katta arava qayoqdan yursa, kichik arava ham oʻsha yoqdan yuradi.
  • Kemaga tushganning joni bir.
  • Kengga keng dunyo, torga tor dunyo.
  • Kerakli toshning ogʻirligi yoʻq.
  • Kim tabib – boshidan oʻtgan tabib.
  • Kuch – birlikda.
  • Koʻz qoʻrqoq, qoʻl botir.
  • Koʻp gap eshakka yuk.
  • Koʻpdan quyon qochib qutulmas.
  • Koʻr koʻrni qorongʻuda topadi.
  • Koʻr hassasini bir marta yoʻqotadi.
  • Koʻrpangga qarab oyoq uzat.
  • Kambagʻal don topmaydi, don topsa idish topmaydi

L

  • Laylakning ketishiga boqma, kelishiga boq.
  • Laqmaning kallasi, tarozuning pallasi.

M

  • Mard maydonda sinalar.
  • Maqtanganning uyiga bor, kerilganning toʻyiga bor.
  • Mehmon kelar eshikdan, rizqi kelar teshikdan.
  • Mehmon otangdan ulugʻ.
  • Mehnatning tagi rohat.
  • Ming marta eshitgandan, bir marta koʻrgan yaxshi.
  • Minnatli oshdan, beminnat musht yaxshi.
  • Mol achchigʻi – jon achchigʻi.
  • Mugʻombir oʻz tumshugʻidan ilinar.

N

  • Nima eksang shuni oʻrasan.
  • Nodon doʻstdan, ziyrak dushman yaxshi.
  • Nomi ulugʻ – suprasi quruq.
  • Nomus oʻlimdan kuchli.
  • Non ham non, ushogʻi ham non.
  • Nafsi gʻolib hayitda oʻladi.
  • Nimani hor qilsang shunga zor boʻlasan.

T

  • Taom lazzati tuzida odam lazzati tilida.

O

  • Oltin olma duo ol, duo oltin emasmi?

Havolalar

Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor: