berk
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]berk
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]BERK ’mustahkam yopilgan’. Bu uyning darvozasi hamisha b ye r k. Bu sifat qadimgi turkiy tildagi ’mustahkam boʻl-’ maʼnosini anglatgan be- feʼlining -r orttirma qoʻshimchasi bilan hosil qilingan shakliga (ЭСТЯ, II, 120) -(i)k qoʻshimchasini qoʻshib yasalgan (ЭСТЯ, II, 119; DS, 95); keyinroq ikkinchi boʻgʻindagi tor unli talaffuz qilinmay qoʻygan (Devon, I, 333; DS, 96): (be- + r = ber-) + ik = berik > berk. Mahmud Koshgʻariy: "Asli bek, r harfi ortiqcha",- deydi, vaholanki bek va berk soʻzlarining tarkibi keskin farq qiladi.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Bekitib, yopilib yoki toʻsib qoʻyilgan; yopiq. zid. ochiq.◆ Darvoza berk. Uy berk. Yoʻl berk. Chegara berk.
2 Hamma yogʻi yoki bir qismi oʻralgan, yopilgan.◆ Usti berk yoʻlak. Usti berk arava. Berk mashina.
- Boshi berk kucha Yoʻlini, ilojini to-pish qiyin boʻlgan, mushkul ahvol.◆ Ilmsiz tajriba — boshi berk koʻcha. P. Tursun, Oʻqituvchi.◆ Otabek boshi berk koʻchada qol-gandek boʻldi, javobiga qiynaldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]БЕРК. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.