Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

birga

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

bir-ga

Aytilishi

Etimologiyasi

BIRGA ’birgalikda’, ’jam boʻlib’. Tantanali yigʻilishga doʻstim bilan birga bordik. Bu soʻz eski oʻzbek tilida bir sonining -gä joʻnalish kelishigi qoʻshimchasini olgan shakli boʻlib, shu shaklida oʻzgarmas holda ravishga koʻchgan: bir + gä = birgä. Ushbu ravish— ning birgä shakli nisbatan yangi boʻlib, qadimgi turkiy tilda bir soniga joʻnalish kelishigining oʻsha davrdagi -gärü shaklini qoʻshib hosil qilingan: birgärü (ЭСТЯ, II, 149, ПДП, 371; DS, 102).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

rvsh. 1 Bir boʻlib, qoʻshilib, bir-galikda, hamkorlikda.◆  Birga ishlamoq. Birga oʻqimoq. Birga oʻsgan oʻrtoqlar. m Nishonboy birga ishlaydigan yigitlar bilan chorpoyada oʻtirardi. T. Ashurov, Oq ot.◆  U bilan birga kechgan shirin damlarni, dsh1rabo suhbapʼshrni eslaydi. T. Ashurov, Oq ot.◆  Qani, oʻzinglar ham oʻtiringlar, birga ichamiz. S. Zunnunova, Olov.◆  Kelajak baxt yoʻlimni siz bilan birga bosmoqni orzu qilaman. P. Tursun, Oʻqituvchi. ◆ Meʼmor barvaqt turib, uch shogirdi bilan birga tashqari hovlida nonushta qildi. Mirmuhsin, Meʼmor.

2 Bir vaqtda, baravar.◆  Oʻgʻlim ertalab men bilan birga turadi. ish◆  Sodiqjon Yulduzxon bilan yoshlikda birga oʻsgan, bir maktabda oʻqigan. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi.

3 Bilan koʻmakchisidan keyin kelib, „qatorida, bir qatorda; shuningdek“ maʼnolarini anglatadi.◆  Bizning vazifamiz shshni XSH1Q tajribasi bilan boyitish va shu bilan birga xalq tajribasini ilmning elagidan oʻtkazishdir. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.◆  Yangi maktablar ochib.. diniy darslar bilan birga jugʻrofiya, tarix, hisob kabi ilmlarni ham taʼlim beraylik. Oybek, Tanlangan asarlar.◆  Menda bir taklif bor: bugun Kanizakni yangi uy bilan birga yangi nom bilan ham mukofopiasak — otini Hanifa qoʻysak. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.

4 Kimsa yoki narsa bilan birlikda; uning yonida, bagʻrida.◆  Masa,yularni birga muhokama qilmoq. Xat bilan sovgʻani birga yubormoq. m Dolia.. bolalardan ikkitasini birga olib yura boshladi. P. Tursun, Oʻqituvchi.◆  Eri, baxti, husni, shoʻxligi yana u bilan birga. S. Ahmad, Ufq.◆  Eri bormi? — Bor. Shu yerda. Besh oydan beri birga! A. Qahhor, Asarlar.

Toʻyda birga boʻling Toʻyga taklif etish shakli.◆  [Yormat] Baʼzi bir “taʼbi tortgan” oda.sharga „toʻyda birga boʻling“ deb qoʻyadi. Oybek, Tanlangan asarlar.

Sinonimlari

Antonimlari

БИРГА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

OʻTIL

Qoraqalpoqcha (kar)

Pak qiz

Hol

birga

Gagavuzcha (gag)

Hol

birga