bolish
bolish I
[tahrirlash]Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]bo-lish
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]BOLISH Bu ot ПРСda [balesh] shaklida keltirilib, 'yostik' maʼnosini anglatishi (57); keyingi sahifada [balesht\ shaklida keltirilib, 'yostiq' maʼnosini anglatishi (58) aytilgan; [balesht poshti] misoli keltirilib, maʼnosi "vadik (taxtï)" deb izohlangan. ТжРСda bolisht shakli keltirilib, bolin shayutiga havola qilingan; u yerda bolin oti 'boshuchi', yestiq' maʼnolarini anglatishi aytilgan (77). Yuqoridagi maʼlumotlarni Kiyoslashdan maʼlum boʻladiki, bu ot boli- asosiga -n, -sht, -sh qoʻshib hosil Kilingan. ТжРСning 543- sahifasida -ish qoʻshimchasi keltiripib, feʼlning hozirgi zamon asosidan otdosh shaklini hosil qilishi taʼkidlangan. Shu koʻshimchaga berilgan izohga suyanib bolish oti asli 'oʻs-',
47
'koʻtaril-' maʼnosini anglatadigan tojikcha bolidan feʼlining (ТжРС, 77) bol hozirgi zamon asosiga -ish qoʻshimchasini qoʻshib hosil qilingan deyish mumkin. Bolnsh oti asli har qanday yostiq emas, 'gʻoʻlaga oʻxshash dumaloq yostik'ni anglatadi (Andoza:КРС, 105: balish — "pödushka v vide valika").
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 [0. (ji-IL. — yostiq| ayn. yosgaq. ◆ Har bir ayvonning tokchasida behisob baxmal, ipak koʻrpachalar, bolishlar. J. Sharipov, Xorazm.◆ Mamat qassob bolish chetini mahkam changallagan koʻyi oʻgʻliga qattiq tikilib qoldi. "Yoshlik".◆ Oʻtgan kuni Bobur oʻziga keldi, bolishga suyanib, bir oz boshini koʻtardi. H. Hasanov, Ekvatordan oʻtganda.
- Loʻla bolish q. loʻla.
2 Divanning suyanishga moʻljallangan bolish shaklidagi suyanchigʻi.◆ Akbarov qaddini rostlab, divanning bolishiga bilagini qoʻydi. P. Qodirov, Uch ildiz.◆ Divanning kleyonka qoplangan suyanchiq bolishida bir kitobning besh-olti nusxasi turibdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi.
bolish II
[tahrirlash]Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]bo-lish
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]tar. Moʻgʻullar, qisman turk-lar orasida 13—14-asrlarda muomalada boʻlgan tilla yoki kumush pul.
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]БОЛИШ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]bolish