Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

choʻgʻ

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

choʻgʻ

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]
I 1 Yonib boʻlib, alangasi soʻngan oʻtin, koʻmir va sh.k. ◆ Laxcha choʻgʻ. Samovarga choʻgʻ tashlamoq. m ◆ Oshpaz oppoq xalatining yenglarini namoyishkorona shimarib, koʻraga koʻmir choʻgʻini terdi. "Yoshlik" .
Choʻgʻ ustida oʻtirgandek Betoqat, besaran-jom, bezovta. ◆ Suhbat vaqtida [Sulton Xusain] oʻzini xuddi choʻgʻustida oʻtirgandek his qildi. A. Koʻchimov, „Halqa“ . Oʻzini oʻtga, choʻqqa urmoq Maqsadga erishish uchun oʻzini har yoqqa urmoq, hech narsadan qoʻrqmay, tap tortmay harakat qilmoq. Biz yoshligimizda koʻrgan qattiqchilikni shu bolalarim koʻr-masin, deb oʻzimni oʻtga ham urdim, choʻqqa ham urdim. I. Oʻktamov, Hikoyalar.

2 koʻchma Alanga, otash, taft; ishtiyoq, zavq-shavq. ◆ Ishq choʻgʻi. Umid choʻgʻlari. Yurak choʻgʻi. sht Xalq koʻksiga choʻgʻ solib turadigan sheʼrlar boʻladi. Gazetadan . ◆ Yuragiga sanʼat choʻgʻi tushgan qiz oʻz maqsadi sari intildi. Gazetadan .

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

choʻgʻ

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]
II Salmoq, chama. ◆ Hosilning choʻgʻi yaxshi. Pulning choʻgʻi. sht Nonni

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

◆ Salmoqlab koʻr, choʻgʻi ogʻirrogʻidan ol. Gʻ. Gʻulom, „Shum bola“ .

Choʻgʻi qochgan Miqdoran kamaygan, ozay-gan. ◆ Ikki atrofda paxtasining choʻgʻi qochgan dalalar goh choʻp boʻlib gʻoʻzapoyasi qolgan, goh paxtasi egatlarga oqib tushgan paykallar bilan almashinadi. M. Mansurov, „Yombi“ .


Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ЧЎҒ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

choʻgʻ I
раскалённые угли, жар; ◆ ~day (букв. как угли) яркий, блестящий и красивый; ◆ ishq ~i любовный жар; * oʻzini oʻtga, choʻqqa urmoq (букв. бросаться в огонь и раскалённые угли) перепробовать всё, не останавливаясь ни перед чем.

choʻgʻ II
прикидка, предположение; ◆ hosilning ~i yaxshi виды на урожай хорошие.