Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

feodal

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

fe-o-dal

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

lotin. feodalis; feodum; qad. yun. fihu, fehu — yer-mulk + od — egalik;

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1. tar. Feodalizm davrida: hukmron sinf vakili — katta yer-mulk egasi; zamindor; pomeshchik. ◆ Bu davrda asosiy boylik hisoblangan yer, suv, oʻrmon va oʻtloqlar feodalning qoʻlida edi. Yangi tarix. ◆ Shundan keyin alamzada feodallarning shahzodaga ragʻbati oshdi. "Fan va turmush".

2. koʻchma Shafqatsizlarcha, qoʻpol munosabatda boʻluvchi; eskicha fikrlovchi. ◆  Sen despot boʻlib, meni turtkilayverma. Feodal boʻlma, azizim! MirmuhsinUmid. ◆  Ha, darvoqe, olti oylik yarashuv muddatida bu feodal, muttahamning ustidan oʻn beshta ariza berdim. N. AminovQaxqaha.

3. Feodalizmga, feodallarga xos; feodalizm prinsiplariga asoslangan. ◆ Feodal munosabatlar.

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ФЕОДАЛ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

feodal
ист. феодал; // феодальный; ◆ mahalliy ~lar местные феодалы; ◆ ~ tuzum феодальный строй.