Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

hojat

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

ho-jat

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

arab. – ehtiyoj, talab, zarurat; istak-xohish; zarur, kerakli buyum;

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Keraklik, zarurlik, zaruriyat. ◆ Bu gapning nima hojati bor. ◆ Ish tomom, vassalom. Bunday koʻz yoshi tomizib oʻtirishning hech hojati yoʻq. S. Ayniy, „Qullar.“ ◆ Koʻrmana hojat boʻlsa, unga ham tayyormiz! A. Qodiriy, „Obid ketmon.“

2 Biror narsaga boʻlgan talab; ehtiyoj. ◆ Hasan soʻfi bilan Alim buva oʻz dardlariga tushunguvchi dardmand, hojatlarini anglovchi hojatmand izlardilar. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ . ◆ Uning oldiga kimki biror hojat bilan kelsa, noumid qaytmagan. H. Nosirova, „Men oʻzbek qiziman.“ ◆ Shudir nasihatim: kechikmay yetkar, Rustamday qoʻzimning hojatin bitkar. "Murodxon".

Hojati ravo boʻlmoq kam qoʻll. ayn. hojati chiqmoq yoki hojatini chiqarmoq. ◆ Otamning oʻlimida ham u hojatimizni ravo qilib.. bizni yuz tanga — 15 soʻm qarzdor qildi. S. Ayniy, „Esdaliklar.“
Hojati chiqmoq yoki hojatini chiqarmoq; Ehtiyoji, talabi bitmoq, amalga oshmoq (ehtiyojini bitirmoq, qondirmoq). ◆ Jamoa idorasi ayvonida yurgan bir-ikki kishi, hojatlari tezda chiqmagani uchun boʻlsa kerak, asabiylanar va boloxonadan koʻchaga zoʻr berib nos tupurardilar. H. Shams, „Dushman.“ ◆ Umirzoq ota bir necha pud bugʻdoyni oqlab, besh-olti kishining hojatini chiqardi. D. Nuriy, „Osmon ustuni.“ ◆ ..qurilish materiallari kombinati sement va betonlar yetkazib, binokorlar hojatini chiqarmoqda. Gazetadan.

3 koʻchma Tabiiy ehtiyojdan boʻshalish, yozilish. ◆ Xosiyat bibi, toʻy quvonchi quvvat boʻldimi, oʻz hojatiga oʻzi yurib chiqa boshladi. S. Anorboyev, „Mehr. Hali bu holva.“ ◆ Zang urganda, oʻrningdan turib, zang urganda, hojatga borasan. S. Ahmad, „Hukm.“

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ҲОЖАТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

hojat
1 нужда, надобность, необходимость; потребность; ◆ ~ini chiqarmoq (или ravo qilmoq ) исполнять (чью-л.) просьбу; выручить; ◆ ~(i) yoʻq нет надобности, нет нужды, не нужно; ◆ nima ~? или ◆  nima ~i bor? к чему?, что пользы?; ◆ ahli ~ уст. нуждающиеся;
2 отправление естественных нужд; ◆ 

  • qazoi ~ уст. отправление естественных надобностей.