nomus
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]no-mus
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]arab. – qonun; vijdon, diyonat; obroʻ-eʼtibor; iffat, bokiralik; yunon. – nomos; qonun;
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1. Kishining oʻz obroʻsini ulugʻlash va ardoqlash his-tuygʻusi; oriyat, diyonat, vijdon. ◆ Nomusini yerga bukmoq. Nomus va gʻayrati bor odam mehnatdan qoʻrqmaydi. Nodon bilan yurma, Nomusingni bukma. Maqol.
2. Xijolat tortish his-tuygʻusi; uyat-andisha, sharm, hayo, or. ◆ Nomusga qoʻymoq. ◆ [Jamila:] Hayo benomusda boʻlmaydi! Hayosizda nomus boʻlmaydi. Hamza, „Boy ila xizmatchi.“ ◆ Nomus! Nomus er kishini oʻldiradi-ya! Shuhrat, „Shinelli yillar.“ ◆ [Hayitjon:] Otasi bechora boʻlsa, qancha vaqt el-xalqdan nomus qilganidan, allaqanday shaharlarga badargʻa boʻlib, yaqinda keldi. Xamza, „Paranji sirlari.“
3. Qiz pokligi, bokiralik, iffat, qizlik. ◆ Baxtsiz onalarning koʻz yoshlari, bolalarning, qizlarning tahqirlangan nomusi uchun soʻnggi nafasgacha kurashing. Oʻlim, tiz choʻkish yoʻq! Oybek, „Quyosh qoraymas.“ ◆ Agar it tegmagan boʻlsa, pokman, nomusim joyida desang, kel, beri kel. M. Mansurov, „Yombi.“
- Nomusga tegish Zoʻrlik ishlatib, qoʻrqitib yoki jabrlanuvchining (ayol kishining) ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa va sh. k. ishlarni qilish.
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]НОМУС. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ruscha ru
nomus
1 честь, совесть, достоинство; ◆ nomusini yerga bukmoq осрамить; опозорить, покрыть позором (кого-л.);
2 стыд, позор; ◆ shunday deyishing nomus emasmi? не стыдно ли тебе так говорить?; ◆ nomus qilmoq стыдиться; ◆ u sendan nomus qiladi он стыдится тебя; ему перед тобой стыдно; ◆ nomus deb bilmoq считать (что-л.) для себя позором; ◆ nomusga qoʻymoq опозорить, осрамить (кого-л.); ◆ meni nomusga qoʻyding! ты меня опозорил,ты меня осрамил; ◆ yetti nomusim yerga kirguday boʻldi до чего мне было стыдно, я готов был провалиться сквозь землю.