qizil
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]qi-zil
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]QIZIL 'qon rangidagi', 'alvon'. Patnisda toʻrtta kulcha, ikki bosh q i z i l chillaki .. bor edi (Oybek). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu sifat asli 'qizil tus ol—' maʼnosini anglatgan qïz— feʼlidan (ДС, 450) — (ï)l qoʻshimchasi bilan yasalgan; keyinchalik ï unlilarining qattiqlik belgisi yoʻqolgan: qïz- + ïl = qïzïl > qizil.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Qon rangidagi; qirmizi, alvon. ◆ Qizil muqovali kitob. Qizil koʻylak.
- Qizil qalam. Qizil olma. ◆ Patnisda toʻrtta kulcha, ikki bosh qizil chillaki va bir bosh qush choʻqigan qandaydir oq uzum bor edi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .
- Qizil ari ayn. qovogʻari. Qizil gul 1) qizil rangda ochiladigan har qanday gul;
2) atirgulning qizil ochiladigan alohida bir turi. ◆ Yoz gulshani qizil gul, Xalqim qilur namoyish. S. Abdulla; 3) shunday gullar ochilgan paytda oʻtkaziladigan xalq sayili . Qizil kitob Yoʻqolib borayotgan yoki yoʻqolish xavfida boʻlgan noyob oʻsimlik va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat hujjati. ◆ Xalqaro qizil kitob. Oʻzbekiston kizil kitobi. Qizil lavlagi ayn. qizilcha 1.
2 ot Yuzning, badanning shu tusga moyil rangi; qizillik. ◆ Uning yuzidagi qizilga yana qizil qoʻshildi. Oydin, „Oʻzidan koʻrsin“ . ◆ Shirinzabonovning yuziga qizil yugurdi. Mushtum .
3 koʻchma s.t. Vino. Siz har vaqt Jamolboy akam bilan choʻqishtirasiz, bizga joʻra boʻling, kizil iching! Oybek, Tanlangan asarlar.
4 koʻchma esk. Oktyabr inqilobi, shoʻro tuzumi, armiyasiga oidlikni bildiradigan soʻz sifatida qoʻllangan. ◆ Qizil armiya. Qizil shark■ Qizil askar. Qizil toʻy. Qizil matbuot. Qizil choyxona. Qizil karvon. Qizil gvardiya.
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ҚИЗИЛ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Sifat
[tahrirlash]qizil
Ruscha ru
qizil
1 красный; румяный; ◆ qizil galstuk красный галстук; ◆ qizil yuz 1) красное (румяное) лицо; 2) краснощёкий; ◆ qizil tuproq краснозём;
2 перен. ист. красный (революционный); ◆ qizil askar красная Армия; // красноармеец; ◆ qizil sharq красный восток; ◆ Boʻronbek bilan Komil Chirchiqdan oʻtayotganda qizillar toʻsigʻiga uchrashibdi (Ѓ. Ѓулом, „Машъал“) При переходе Чирчика Буранбек и Камиль встретили заслон красных;
3 входит в состав названий некоторых растений и животных; ◆ qizil italgʻi зоол. балабан тибетский; ◆ qizil gʻoz зоол. фламинго; ◆
- qizil soʻz (odam) краснобай; ◆ qizil soʻzlik краснобайство; ◆ qizil qon (odam) разг. горячий, вспыльчивый (человек).
Shuningdek qarang
[tahrirlash]Ranglar Belgilangan va · ranglar (layout · text) | ||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
qizil | jigarrang | sariq | yashil | churrok | koʻk | nil boʻyogʻi | ||||
pushti | olov rang | krem rang | ohak | shisha kindigi | lojuvard | binafsha | ||||
manaksha | magenta | qora | kulrang | oq |