Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

raso

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

ra-so

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

RASO Bu sifat asli 'etarli boʻl-' maʼnosini anglatadigan tojikcha rasidan feʼlining (ТжРС, 321) ras hozirgi zamon asosiga -o qoʻshimchasini (ТжРС, 543) qoʻshib hosil qilingan boʻlib, 'kami yoʻq', 'etarli darajada' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 616). Bu sifat soʻzlashuv tilida rosa shaklida ishlatilib, asosan 'ortiq darajada' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 627).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

fors. – toʻliq, butun, yetarli; mukammal;

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1. Kami yoʻq, toʻliq, but. ◆ Raso pachkalar. Pul raso chiqdi. ◆  [Alisherning] Ketganiga bugun raso bir oy boʻldi. Nega buncha hayalladi ekan Uygʻun va ISulton, Alisher Navoiy.

2. Aqliy jihatdan toʻla rivojlangan, kamolotga erishgan; yetuk, barkamol. ◆ Xotin boʻlsa qobilu aqli raso, Erin shoh etar, gar-chi boʻlsa gado. "Aql aqldan quvvat oladi". ◆ Usmonali aka yer ilmini hammadan koʻra yaxshi biladigan aqli raso odamga oʻxshaydi. S. Axmad, „Choʻl shamollari.“

3. Butunlay, tamoman.

Raso qilmoq 1) but qilmoq, toʻldirmoq, rasolamoq. ◆ Pachkani raso qilmoq; 2) voyaga yetkazmoq; kamolotga erishtirmoq, yetiltirmoq. ◆ Aftidan, bularni mashq qildirishga, mashqini tezroq raso qilib, frontga joʻnatishga hech kim shoshilmas va lozim ham koʻrmas edi. A. Qaxxor, „Oltin yulduz.“
Qaddi raso Qaddi, boʻyi-basti kelishgan, qomatli. ◆ Eshon aya qaddi raso, koʻzidan surma, yuzidan ypa-elik arimagan koʻhlik bir xotin edi. S. Axmad, „Saylanma.“

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

РАСО. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

raso
1 полный, комплектный, целый; // полно, целиком; ◆ pul raso chiqdi денег оказалось столько, сколько должно было быть;
2 совершенный; достигший зрелости, совершенства;◆ aqli raso odam человек совершенного, зрелого ума; ◆ qomati raso odam статный человек; ◆ raso qilmoq 1) пополнять, добавлять недостающее до комплекта; 2) доводить до совершенства.