sirka
Ot
[tahrirlash]sirka (koʻplik sirkalar)
sirka I
[tahrirlash]Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]sir-ka
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]\f. / IS>^j
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]Sirka kislotaning suvdagi eritmasi — mevalarni konservalashda, ovqatga qoʻshiladigan ziravor sifatida ishlatiladigan oʻtkir hidli, achchiq-nordon mazali suyuqlik (uy sharoitida uzum, olma va sh.k. shirin mevalarning sharbatidan ham maxsus usulda tayyorlanadi). ◆ Uzum sirkasi. Ovqatga sirka solmoq. n ◆ Ovqatga murch, piyoz, sirka kabilarni.. qoʻshish, limon suvi yoki nordonroq dorilar berish ishtaha paydo qilishi mumkin. N. Ismoilov, „Kasallarni parvarish qilish“ . ◆ Toʻlagan engashib, dasturxonning bir chetiga soqolini artdi, don tiqilgan tovuqday boʻynini choʻzib kekirdi, sirka ichkanday aftini burushtirib: -Juda toʻydim.. Azbaroyi xudo!.. A. Qahhor, „Tanlangan asarlar“ .
- Sirkasi suv koʻtarmaydigan (odam) Gap koʻtarmaydigan, taʼbi nozik odam. ◆ Majlisda unga: -Sen bola, chuchvarani xom sanab yuribsan. Shoshma hali, joʻjani kuzda sanaymiz. Bu qanaqasi, sirkang suv koʻtarmaydigan boʻlib qopti, — deyishdi. S. Ahmad, „Saylanma“ . Haqiqatda, [ ◆ Ismoil ota] sirkasi suv koʻtarmaydigan odam. U. Nazarov, „Ismoil tajang“ .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]sirka II
[tahrirlash]Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]sir-ka
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]Bit tuxumi. ◆ Yomondan it yaxshi, Sirkadan bit yaxshi. Maqol . ◆ Bolaning erkasi — bitning sirkasi Maqol .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]СИРКА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.