Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

tuygʻu

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

tuy-gʻu

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

TUYGʻU 'tashqi taʼsirni sezish, his etish qobili-yati', ' sezgi'. Mavj urib yangi kanallardan musaffo suv kelur, Har koʻngil oynasiga rang-barang t u y gʻ u kelur (Habibiy). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot 'sez-', 'his et-' maʼnosini anglatgan tuy— feʼlidan (Devon, III, 262; DS, 584) —gʻu qoʻshimchasi bilan yasalgan (ЭСТЯ, III, 292): tuy— + gʻu = tuygʻu.    „
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 fiziol. Tashqi taʼsirni sezish, his etish, qabul qilib olish qobi-liyati; sezgi. ◆ Tuygʻu yordamida biz issiqni yoki sovuqni sezamiz. n ◆ Quyonning tuygʻu aʼzola-ri terida tamomlanadigan nerv uchlaridan iborat. "Zoologiya" .

2 Ruhiy yoki jismoniy kechinmalar, his-tuygʻular majmui; his-tuygʻu, his-hissiyot. ◆ Nafis tuygʻu. Ishonch tuygʻusi. Doʻstlik tuy-gʻusi. Ogʻriq tuygʻusi. Yurakni gʻash qilayot-gan tuygʻu. m ◆ Rashk, menimcha, mana shu haqo-ratning alami va shundan kelib chiqadigan tuygʻu. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ . ◆ Otasining saltanat oldida katta hurmat-ga ega ekani Badianing qalbiga ham fidoyi-lik tuygʻularini solgan edi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . ◆ Oraga jimlik choʻkib, tuygʻularni soʻndirdi. K. Yashin, „Hamza“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ТУЙҒУ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]