Mosh
Mosh (Phaseolus aureus) — dukkakdoshlar oilasiga mansub bir yillik dukkakli ekin; loviya turlaridan biri. Hindiston, xitoy va eron kenja turlariga boʻlinadi. M.ning vatani — Jan.gʻarbiy Osiyo, miloddan avvalgi 4—3ming yillikda ekila boshlagan. Hozir M. Oʻrta Osiyoda, Hindiston, Pokiston, Afgʻoniston, Eron, Xitoy, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda ekiladi. Oʻq ildizi tuproqqa 1,5 metrgacha kirib boradi, azot toʻplaydigan tuganaklar hosil qiladi. Sershox poyasi 20—100 sm yoyilib, tik yoki chirmashgan holda oʻsadi, barglari keng, yirik. Guli ikki jinsli, kapalaksimon, barg qoʻltiklarida 3—12 ta boʻlib joylashadi, rangi sariq yoki sargʻish-yashil. Mevasi dukkak, ingichka, silindrsimon, uz. 6— 18 sm, ichida 6—15 ta urugʻ boʻladi. Urugʻi sariq, yashil va qora; 1000 dona urugʻi vazni 40—80 g. M. issiqsevar, urugʻi 12—15° haroratda 5—7 kunda unib chikali. Maysalari —1°, —2° da nobud boʻladi. M. namsevar oʻsimlik. Urugʻining koʻkarib chiqishi uchun vazni barobarida suv berish kerak. Ayniqsa, shonalash davrida suvni koʻp talab qiladi. Soya joylarda yaxshi rivojlanmaydi. Unumdor oʻtloqi tuprokda yaxshi oʻsadi. Asosan, oʻzidan changlanadi. Oʻzbekistonda doni bahorda ekilgani 85—95, yoz oxirida ekilgani 60—65 kunda yetiladi. Hosil dukkaklarining 75—80% pishganda yigʻiladi. Doni tarkibida 24— 28% oqsil, 46—50% kraxmal, 2—4% moy va vitaminlar bor. M. oziq-ovqatda qoʻllanadi, oson hazm boʻladi, unidan makaron tayyorlashda foydalaniladi. Koʻkati chorvachiliqsa toʻyimli ozuqa, poyasidan silos bostirish mumkin.
Mosh | ||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||
| ||||||||||||||
Vigna radiata (L.) R. Wilczek
|
Oʻzbekistonda Pobeda 104 (1948-yildan) va Radost (1984-yildan) navlari ekiladi. Sugʻoriladigan yerlarda gektaridan 10—16, angʻizga ekilganida 8—12 s hosil olinadi.
Kasall iklari : fuzarioz, bakterioz, askoxitoz, sariq mozaika; zararkunandalari: chertmakchi qoʻngʻizlar, yalangʻoch shilliq qurt, dala qandalasi.
Halima Otaboyeva.[1]
Mosh Vigna radiata oʻsimligining urugʻidir. Vatani — Hindiston yarimoroli. Moshguruch, moshxoʻrda kabi taomlarning asosiy masalligʻidir.
Manbalar
editUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |