Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Jump to content

Grats

From Vikipediya

Grats — Avstriyaning jan.sharqidagi shahar. Mur daryosining ikkala sohilida joylashgan. Shtiriya yerining maʼmuriy markazi. Axrlisi 240,9 ming kishi (2000). Muhim transport yoʻllari tuguni. Kattaligi va iqtisodiy mavqei jihatidan mamlakatda Venadan keyin 2-oʻrinda. Sanoatining yetakchi tarmoklari: transport va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, konchilik, metallurgiya va energetika sanoatlari uchun uskunalar, aniq mexanika va optika jihozlari i. ch. va b. Kimyo, oyna, koʻnchilik, toʻqimachilik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoatlari ham rivojlangan. Un-t (1586-yildan), konservatoriya, muzey, opera teatri, sobor (16-asr) yepiskop saroyi (13-asr) va b. bor.

Adabiyotlar

[edit | edit source]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil