Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Humanizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Humanizm (lotincha humanitas - "insoniylik", "odamiylik") insonni oliy qadriyat deb baholovchi dunyoqarashdir. Humanizm axloqning dinga bog‘liq bo‘lib qolishiga qarshi chiqadi, zero din insonni g‘ayritabiiy mavjudotlar borligiga ishontirib, ularga hayotni toʻgʻri anglash g‘oyasini singdiradi. Humanistlar dunyoviy axloq normalarini targ‘ib etishadi.

Humanizm (lotincha humanus — insoniy) — odamlarga mehr-muhabbat bilan qarash, ularni hurmat qilish, insonning moddiy farovonligini yuksaltirish va kishilarda yuksak maʼnaviy fazilatlarni rivojlantirishga gʻamxoʻrlik qilish boʻlgan (qarang Insonparvarlik).

Tor maʼnoda — Uygʻonish davri (13 — 16-asrlar)da sxolastikaga va cherkovning maʼnaviy hukmronligiga qarshi turgan dunyoviy hurfikrlilik. Gʻarbiy Yevropadagi bir necha mamlakatlarda G. ijtimoiy tafakkur sohasida, adabiyot, sanʼat va ilm-fanda katolitsizmga va shaxsning qulligiga qarshi qaratilgan ilgʻor harakat boʻlgan. G. tarafdorlari oʻz zamonasining taraqqiyparvar kuchlari boʻlgan edi. Ular inson huquqi va olijanob fazilatlar, ilmmaʼrifat va hurriyat uchun, kishilarning har tomonlama erkin rivojlanishi uchun kurash olib borganlar. G.ning atoqli namoyandalari F. Petrarka, J. Bokkachcho, Leonardo da Vinchi, J. Bruno, T. Kampanella (Italiya), M. Monten, F. Rable (Fransiya), T. Mor, F. Bekon (Angliya), E. Rotterdamlik (Niderlandiya), N. Kopernik (Polsha) va b. edi.[1]


  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil