Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Jump to content

Matansas

From Vikipediya

Matansas — Kubadagi shahar. Matansas provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 125 ming kishidan ziyod (1990-yillar oxiri). Transport yoʻllari tuguni. Atlantika okeanining Matansas buxtasidagi port (chetga shakarqand chiqariladi). Kimyo (jumladan, oltin-gugurt kislotasi, oʻgʻitlar, sunʼiy tola ishlab chiqarish), tamaki, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, mashinasozlik sanoati korxonalari mavjud. Arxeologiya muzeyi, shahar yaqinida Belyamar karst gʻori bor. Turizm rivojlangan. Shaharga 1693-yilda asos solingan.[1]

Manbalar

[edit | edit source]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil