Nominalizm
Qiyofa
Nominalizm - universaliylar masalasida real narsalarning haqiqatan ham mavjudligiga shubha bilan qarovchi yoʻnalish. Ularning fikricha, hech qanday real narsa mavjud emas, faqat ularning nomlarigina mavjud, oʻzlari esa mavjud emas. Nominalizm (lotincha nomen — ism, nom) — oʻrta asr sxolastik falsafasidagi yoʻnalish. Realizmga qarama-qarshi ravishda N. olamda faqat yakka narsalar, predmetlar mavjud, umumiy tushunchalar (universaliylar) esa faqat narsalarning nomlaridangina iborat deb, yoki inson aql-idrokida boʻladigan sof tafakkur hosilalari (konseptlar, moʻtadil N.ning "konseptualizm" nomi shundan) deb hisoblaydi. Vakillari: I. Rosselin, Dune Skot, U. Okkam. N. 11 —12-asrlarda paydo boʻldi, ayniqsa, 14—15-asrlarda rivojlandi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |