Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Rajaston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rojasthon (hindcha — rojalar mamlakati), Rojaston — Hindistonning shim.gʻarbiy qismidagi shtat. Mayd. 342 ming km2. Aholisi 56,5 mln. kishi (2001); 90% hindu diniga, 7% islomga eʼtiqod qiladi. Maʼmuriy markazi — Jaypur sh. R.ning shim. qismi HindGang tekisligida, jan. qismi Dekan yassitogʻligida. Shim.gʻarbida Tar choʻli bor. Shtatning markaziy qismidan Aravali togʻ tizmasi kesib oʻtgan (eng baland joyi 1722 m). Iklimi tropik, mussonli, shim.gʻarbida quruq ikdim. Oʻrtacha oylik t-ra yanv.

da 14°, mayda 35°. Yillik yogʻin jan.da 600—900 mm, shim.da 130 mm.

Iqtisodiyotida q.x. yetakchi oʻrinda. Q.x.ning asosiy tarmogʻi — chorvachilik. R. hududining choʻl va chala choʻldan iborat katta qismida qoʻy, echki, koramol, tuya boqiladi. 16 mln. ga yerga ekin ekiladi. Asosiy ekinlari: bugʻdoy, tamaki, makkajoʻxori, oq joʻxori, paxta, sholi, moyli ekinlar, shakarqamish. Bogʻlar ham bor. Dehqonchilik sugʻorishga asoslangan. Chambal daryosiga yirik gidrotexnika inshootlari qurilgan. Foydali qazilmalardan marmar, gips, asbest, osh tuzi, slyuda, lignit, marganets, qimmatbaxr toshlar (Udaypur yaqinida yirik olmos koni) qazib olinadi.

Sanoati mahalliy, q.x. xom ashyosini k,ayta ishlashga ixtisoslashgan. Toʻqimachilik, oziq-ovqat (shakarqand, yogʻmoy) korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Kustar usulda ip gazlama, movut, gilam toʻqiladi, tosh, fil suyagi, bronzadan turli buyumlar tayyorlanadi. Jaypur hunarmandlari yasagan oltin va kumush buyumlar, sovuq qurollar dunyoga mashhur. Kota sh. yaqinida AES qurilgan. Keyingi yillarda zamonaviy sanoat tarmoqlari — mashinasozlik va metallsozlik korxonalari (qoʻrgʻoshinrux konsentratlari, mis eritish, anik, priborlar ishlab chiqaruvchi zdlar) ishga tushirildi. Shtatda sement, oynashisha, natriy, boʻyoq, oʻgʻitlar, t.y. vagonlari, oltingugurt kislotasi, televizor va sunʼiy tola ishlab chikaruvchi 200 dan ortiq mayda korxona bor.

R. haqidagi ilk maʼlumotlar mil. av. 3-a.larga oid. 6-a.dan boshlab rojaliklar tuzila boshlagan. 1025 y. Mahmud Gʻaznaviy R.ni oʻz tasarrufiga kiritgan. Gʻaznaviylarning Hindistondagi noibi Baxlim 1120 y.da R.ning gʻarbini oʻz hukmiga olgan. 11-a.ning 30—70-y.larida Kalachuri davlati hukmdori Karna R.ning shim.gʻarbiy viloyatlarini qoʻlga kiritgan. R. oʻz nomini 13— 14-a.larda Shim. Hindistondagi musulmonlarga karshi kurashda rajput zodagonlarining tayanchi boʻlganda olgan. 13— 19-a.

larda ushbu qudud dastlab Dehli sultonligi, keyinroq Boburiylar saltanati va Marathalar davlatiga tobe boʻlgan. Boburning nevarasi Akbar birinchilardan boʻlib R. xonlari bilan qarindoshlik aloqalarini oʻrnatgan. 1818—1947 y.lardagi Angliya mustamlakachiligi davrida R. 22 rojalik va kichikroq Ajmer provinsiyasidan iborat boʻlgan va Rojaputana deb atalgan. 1956 y.da R. shtati tuzilgan. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil