Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Ahvoz

Koordinatalari: 31°18′17″N 48°40′42″E / 31.30472°N 48.67833°E / 31.30472; 48.67833
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ahvoz

اهواز
Shahar
Yuqoridan pastga: Oq koʻprik, qora koʻprik, Ahvoz tunda, Ahvoz Shahid Chamron universiteti uchburchak binosi, Ali ibn Mahziar Ahvoziy ziyoratgohi, Qarun daryosi va 8-koʻprik.
31°18′17″N 48°40′42″E / 31.30472°N 48.67833°E / 31.30472; 48.67833
Mamlakat Eron
uston Xuziston
shahriston Ahvoz
baxsh Markaziy tuman
Hukumat
 • Hokim Rizo Aminiy[1]
Maydon 185 km2 (71 kv mi)
Markazi balandligi 17 m
Rasmiy til(lar)i fors tili
Aholisi
 (2016)
1 184 788[2]
Vaqt mintaqasi UTC+3:30
Telefon kodi +98 61
Pochta indeks(lar)i 61xxx
Ahvoz xaritada
Ahvoz
Ahvoz

Ahvoz — Eronning janubi-gʻarbidagi shahar, Xuziston ustonining maʼmuriy markazi. Qarun daryosi boʻyidagi port, neft chiqariladigan yirik konlar markazi. Aholisi 580 ming kishi (1986). Temir yoʻl tuguni. Tehronga boradigan neft quvuri Ahvoz orqali oʻtgan. Toʻqimachilik, poʻlat prokati korxonalari, universitet bor. Zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi.

Qadimgi tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahvoz Ahamoniylar imperatori Doroning epigrafida uchraydigan „Avaz“ va „Avaja“ning muqobilidir. Bu soʻz Naqshi Rustam bitiklarida „Xoja“ yoki „Xoʻja“ tarzida ham uchraydi.

Dastlab Ōhrmazd-Ardašēr (forscha: هرمزداردشیر Hormozd ardeshir) deb nomlangan[3] Ahvoz Sosoniylar sulolasi hukmronligi boshlangan paytda qurilgan. Tarixchilarning fikricha, Fors Ahamoniylari davridagi mashhur shahar Taryana shahri yoki yunon manbalarida tilga olingan[4] Nearx va uning floti Pafitigrisga kirgan Aginis shahri oʻrnida qurilgan. Shaharga 230-yilda Ardashir I (Encyclopædia Iranica, al-Muqaddasiy va boshqalarga koʻra) yoki (oʻrta forscha Šahrestānīhā ī Ērānšahr kitobiga koʻra) uning nabirasi Hurmuz I asos solgan. Shahar nomi Ardashir nomini zardushtiycha Xudoning nomi, Ōhrmazd yoki Hurmuz ismi va uning bobosining ismi bilan birlashtirilganidan kelib chiqqan. U viloyatning markaziga aylangan va u Humšēr deb ham atalgan. Sosoniylar davrida sugʻorish tizimi va bir qancha toʻgʻonlar qurilib, shahar obod boʻlgan. Sosoniylar davridagi toʻgʻonlarga Bandi Bolorud, Bandi Mezon, Bandi Burj Ayar va Bandi Xak misol boʻla oladi. Shahar Susiananing qadimiy poytaxti boʻlgan Suza oʻrniga oʻsha paytda Xuziston deb atalgan viloyatning markazi boʻlgan.

Shahar ikki qismga boʻlingan: birinchi qismda shahar zodagonlari, ikkinchi qismida esa savdogarlar yashagan[5]. 640-yilda arablar bu yerga bostirib kirgach, shaharning zodagonlar yashaydigan qismi vayron qilingan, ammo savdogarlar hududi boʻlgan Hūj-ī-stānwāčār „Xuz davlati bozori“ saqlanib qolgan. Shu sababli shahar nomi Sūq al-Ahwāz, yaʼni „Xuz bozori“ deb oʻzgartirilgan, bunda Ahwāz Hûz soʻzining arabcha notoʻgʻri koʻplik shaklidir. „Hûz“ oʻz navbatida qadimgi eroniy xalq elamiylarningHūja“ soʻzidan (Dehkhoda lugʻatida qayd etilganidek, bu soʻz oʻrta asrlarda khūzīg (maʼnosi Xuzning) va zamonaviy davrda Khuzestān (maʼnosi Xuz davlati) shaklida uchraydi) kelib chiqqan.

Oʻrta asrlar tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ummaviylar va Abbosiylar davrida Ahvoz shakarqamish yetishtirish markazi va koʻplab taniqli olimlarning maskani sifatida shuhrat qozongan. Ibn Havqal, Tabariy, Istaxriy, Muqaddasiy, Yaʼqubiy, Masʼudiy, Mustavfiy Qazviniy kabi oʻrta asrlarning nufuzli tarixchi va geograf olimlari shahar haqida yozib qoldirilgan. Shahar yaqinida Gundishopur akademiyasi joylashgan boʻlib, u yerda zamonaviy oʻquv shifoxonasi birinchi marta tashkil etilgan.

13—14-asrlarda moʻgʻullar bosqinida Ahvoz vayron boʻlgan va keyinchalik qishloqqa aylangan. Toʻgʻon va sugʻorish kanallari hozirda saqlanib qolmagan, eroziyaga uchragan va nihoyat 19-asr boshlarida qulab tushgan. Bu davrda Ahvozda asosan asl xuziylar va oz sonli sobiylar yashagan. Garchi arab muhojirlarining aksariyati shaharni tark etgan boʻlsa-da, bir qanchasi qolgan. Oʻrta asrlardagi shakarqamish tegirmonlari xarobalari saqlanib qolgan boʻlsa-da, Ahvoz shimolidagi Hafttepa hududida shakarqamish plantatsiyalarining barcha izlari hali ham mavjud[6]. Shush va Shushtarda ham bir qancha suv tegirmonlari xarobalari saqlanib qolgan.

  1. امینی شهردار منتخب اهواز شد Iranian Students' News Agency
  2. „Statistical Center of Iran > Home“. www.amar.org.ir.
  3. Dodgeon M. H. and Lieu S. N. C., The Roman Eastern Frontier and The Persian Wars; A Documentary History, London (1991), p.35; ISBN 0-415-10317-7
  4. „Ahvaz“. toiran.com. Qaraldi: 2015-yil 23-aprel.
  5. cf. Encyclopædia Iranica
  6. X. de Planhol, Encyclopædia Iranica
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil