Zargarlik
Zargarlik (Forscha: "Zargar" - "Oltin bilan ishlovchi ishchi") — badiiy hunarmandlik soxasi; oltin, kumush, mis, qalay kabi rangli metallardan zeb-ziynat buyumlari (taqinchoqlar), bezak buyumlari yasash kasbi. Zargarlar bezak buyumlari tayyorlashda qo'yish, bolgʻalab (zarb berib) yasash, hallash (oltin va kumush suvi yuritish), oʻyib yoki boʻrttirib naqsh yasash, bosma, zigʻirak, sovotkori, qolipaki, shabaka kabi usullardan keng foydalanadi. Qimmatbaho toshlar (gavhar, feruza, dur, hatsik va boshqalar)ga ishlov berib, Zargarlik buyumlari (bargak, bibishak, bilaguzuk, bozuband, bozgardon, boldoq, buloqi, boʻyintumor, gajak, duotuzi, jevak, jigʻa, zarkokil, zebigar Alisher Navoiyning "Xamsa" asariga ishlangan zarvaraq (Hirot, 1492—1493 yillar; xattot Sultonali Mashhadiy, muzahhib Mavlono Yoriy. Sankt-Peterburg Davlat xalq kutubxonasi qoʻlyozmalar fondida saqlanadi).
Zargarlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tillaqosh (Toshkent, 1880-yil); Dalvarzintepadan topilgan boʻyin taqinchogʻi (pektoral, mil. av. I asr) don, zulf, isirgʻa, kokil, oyboldoq, osmatuzi, sanchok, tavq, tillabargak, tilla tuzi, tillaqosh, turunj, uzuk, shokila, qashqarboldoq, halqa kabi) yaratilgan.
Arxeologik topilmalar zargarlik qadimdan mavjudligini koʻrsatadi. Qadimgi Misr, Yunoniston, Eron, Xitoy zargarlari zargarlik buyumlari tayyorlashda marjon, nefrit, kahrabo va boshqalardan keng foydalangan. Yevropada, ayniqsa, roman va gotika davrida (XII asr—XV asrlar) zargarlik sanʼati yuksak pogʻonaga koʻtarilgan, zargarlikning yangi usul va uslublari vujudga kelgan. Oʻzbekiston Respublikasining koʻpgina muzeylarida saqlanayotgan topilmalar respublika hududida (Yunon-Baqtriya podsholigi, mil. av. III—II asr; Qadimgi Xorazm, asosan, mil. av. I ming yillik oʻrtalaridan Xorazmda zargarlarning obrosi bo'lgan va hurmat qilingan) Zargarlik rivoj topganini koʻrsatadi. Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xiva, Qoʻqon, Shahrisabz va boshqa shaharlarda zargarlik rivojlangan. XIX asr oxiri XX asr boshida oʻziga xos ishlanishi, shakli, bezaklari, xususiyatlari bilan bir-biridan farq qilgan xilma-xil zargarlik buyumlari keng tarqalgan, ziynat buyumlari toʻplamlari vujudga kelgan. Asrlar osha avloddan avlodga oʻtib kelayotgan zargarlik sanʼati XX asr boshlarida inqirozga yuz tutdi, xalq ustalarining soni qisqara boshladi. Ustalarga qimmatbaho xom ashyolardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmadi. Zargarlik fkalarida ijod qilgan usta zargarlar ish jarayonida asta-sekinlik bilan mavjud anʼanalardan yiroqlasha bordilar. Natijada ular tomonidan ishlab chiqarilgan buyumlarning shakl-shamoyili oʻzgarib "eklektik" manzarani yuzaga keltirdi va baʼzi anʼanalarni butkul yoʻqolishiga olib keddi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng zargarlik sanʼati jonlandi. Qimmatbaho metall materiallardan foydalanishga imkon yaratildi.
Ijod qilayotgan ustalar, asosan, 2 yoʻnalishda: mahalliy zargarlik unutilib borayotgan, anʼanalarni qayta tiklash va anʼanaviy zamonaviy uslubda zargarlik buyumlari yaratish ustida ijod qilmoqdalar. Anʼanaviy zargarlik buyumlari — tumorlar, isirgʻalardan "uch koʻzacha", "oy boldoq", "er bidor", "qashqarboldoq" va b. yaratildi. Ustalardan Dadamuhamedovlar sulolasi, G. Yoʻldosheva, R. Muhametshin, M. Nozirxonov, Sh. Nizomov, I. Olimov, G. Tosheva va boshqalar zargarlik anʼanalarini oʻrganish, rivojlantirish va yangi yoʻnalishlarni kashf etish borasida qator ishlarni amalga oshirdilar. Buxoro, Xorazm, Surxondaryo va boshqa zargarlik maktablarning ayrim chizgilari birbiriga uygunlashtirilib, yangi zamonaviy zargarlik buyumlari yaratilmoqda. A. Ulumbekovaning "Ayol" (1998), "Afrika" (1999), "Baliqcha" (1999); E. Gostevning "Parvoz" (1998) asarlari, R. Muhametshin ijodiy namunalari ("Hayot daraxti", 1993; Bilaguzuklar: ilon shaklidagi bilaguzuk (Baqtriya, mil. av. III asr); soatli bilaguzuk (XX asr).
"Togʻ irmogʻi", (2001) oʻzining bezakdorligi, tasvirining nozikligi hamda xalq sanʼatining mumtoz na'munalari asosida yaratilishi bilan farqlanadi. Hozirgi kunda usta — zargarlar bilan bir qatorda bir necha birlashmalar — "Fonon" va "Kumush" birlashmasi, "Hyp" davlat zargarlik markazi, "Musavvir", "Usta zoda" kabi markazlar ham ichki bozorni Z. buyumlari bilan toʻldirmoqda. Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasining tashabbusi bilan Toshkentda 2001-yil aprelda "Zargarlik — 2000", 2002-yil aprelda "Zargarlik — 2002" xalqaro koʻrgazmalari namoyishi oʻtkazildi. Ushbu koʻrgazmada koʻpgina davlatlarning zargar ustalari oʻz asarlari bilan qatnashdi (yana qarang Zargarlik sanoati); 2) bozorda zargar ustalarning doʻkonlari joylashgan rasta yoki mahalla. Ad.: Faxretdinova D. A., Yuvelirnoye iskusstvo Oʻzbekistana, T., 1988.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |