Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Kumush

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kumush / Argentum (Ag)
Atom raqami 47
Koʻrinishi Kumush rangli
yumshoq metall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
107,8682 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 144 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
730,5 (7,57) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Kr] 4d10 5s1
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 134 pm
Ion radiusi (+2e) 89 (+1e) 126 pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
1,93
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 2, 1
Termodinamik xossalari
Zichlik 10,5 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0,237 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 429 Vt/(m·K)
Erish harorati 1 235,1 K
Erish issiqligi 11,95 kJ/mol
Qaynash harorati 2 485 K
Qaynash issiqligi 254,1 kJ/mol
Molyar hajm 10,3 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi kubik markazlashgan
Panjara davri 4,090 Å
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati 215,00 K
47
Kumush
Ag
107,8682
4d105s1

Kumush (lotincha Argentum — oq kukun), Ag — Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 47, atom massasi 107,87. Kumush 2 tabiiy barqaror izotop — IO7Ag (51,35%) va IO9Ag (48,65%) dan iborat. Sunʼiy izotoplaridan "°Ag (yarim yemirilish davri 253 kun) ning amaliy ahamiyati bor. Kumush qadimdan maʼlum. Yer poʻsti ning 1 -10 5% ini tashqil qiladi. Sof holda va gidrotermal konlarda argentit Ag2S bilan birga uchraydi. Kumushning kyustelit, kongsberit, animikit vaelektrum kabi tabiiy minerallari bor. Toza Kumush chiroyli oq metall. At. radiusi 1,44 A, Ag+ ionining radiusi 1,13A. Zichligi 10,5 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 960,5°, qaynash temperaturasi 2212°. Moos shkalasi boʻyicha qattiqligi 2,7. Kumush yumshoq, choʻziluvchan boʻlganidan mexanik ishlovi oson. Undan 0,00003 sm qalinlikdagi vafis varaqlar tayyorlash mumkin. Kumush issiqlik va elektrni boshqa metallarga qaraganda yaxshi oʻtkazadi, yorugʻlikni yaxshi qaytaradi. Kimyoviy jihatdan nofaol element. Odatdagi sharoitda suv va nam havo taʼsiriga chidamli. Lekin galogenlar bilan oson reaksiyaga kirishadi (qarang Kumush galogenidlar). Koʻpgiva metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Kumush birikmalarida, asosan, 1 valentli, baʼzan 2 va 3 valentli. Nitrat va konsentrlangan issiq sulfat kis-lotada erib, tuzlar hosil qiladi. Kumushning aksari tuzlari suvda qiyin eriydi. AgNO3, AgF, AgClO4 yaxshi eriydi. Kumushning 3 ta oksidi maʼlum. Ulardan Ag2O va AgO barqaror moddalar, Ag2O, esa oʻta beqaror boʻlib, sof holda ajratib olinmagan.

Kumush (1)-oksid, Ag2O — toʻq qoʻngʻir rangli kukun. Zichligi 7,44 g/sm³. Yorugʻlik nuri taʼsirida kislorodini yoʻqotib qorayadi. 200°da toʻliq parchalanadi. Suvda eruvchanligi 0,714g/l. Ammiak eritmasida kuchli oksidlovchi kompleks Ag(NH3)2OH, kuchliroq eritmada Ag3N va Ag2NH dan iborat portlovchi aralashma hosil qiladi. Ozon taʼsirida AgO ga aylanadi. Organik sintezda kolloid eritmasi antiseptik modda sifatida ishlatiladi.

Kumush (P)-oksid, AgO — metallsimon yaltiroq, qoramtir kulrang kristall modda. Zichligi 7,44 g/sm³. 100° temperaturagacha qizdirilganda elementlarga ajraladi, 110° da portlaydi. Kumushga yoki Ag2O ga ozon taʼsir ettirib, Kumushni sulfat kislotada anodli oksidlantirib olinadi. Galvanik elementlarda qoʻllanadi.

Kumush, asosan, tarkibida kumush va qoʻrgʻoshin bor rudalardan ajratib olinadi. Kumush qotishmalari tanga pul, zargarlik va uy-roʻzgʻor buyumlari, lab. idishlari ishlab chiqarishda, elektrotexnikada, tuzlari fotografiyada ishlatiladi. Kumush buyumlar tayyorlash uchun 875 probali kumush, yaʼni tarkibida 87,5% Kumush va 12,5% mis boʻlgan qotishma ishlatiladi. Kimyoda Kumush kattalizator sifatida qoʻllanadi. Tibbiyotda Kumushning argirol, protargol, kollargol, lyapis kabi preparatlardan foydalaniladi.

Komil Tojiyev.[1]

Kumush - unsurlar davriy jadvalining 47 unsuri, metall.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil