Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Andrey Akopyans

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andrey Akopyans
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Andrey Akopyans
Tavallud sanasi 27-avgust 1977-yil (1977-08-27) (47 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, SSSR
Boʻyi 1.69 m (5 ft 6 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1996—1999 Paxtakor 109 (25)
2000—2005 Rostov 116 (5)
2006 Chernomorets Novorossiysk 30 (15)
2007 Darida Minsk Raion 13 (2)
2007—2008 Daugava Daugavpils 21 (2)
2008 Paxtakor 15 (0)
2009 Dinamo 24 (3)
2010 Nizhny Novgorod 37 (4)
2011 Luch-Energiya Vladivostok 15 (2)
2011—2012 Fakel Voronezh 26 (1)
2012—2013 Khimik Dzerzhinsk 23 (0)
2014 Buxoro 9 (1)
2014 Neftchi 6 (0)
Milliy terma jamoa
1997 Oʻzbekiston U-19 6 (3)
1998—2005 Oʻzbekiston 40 (6)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2015-yil 22-mart uchun)

Andrey Akopovich Akopyants ( 27-avgust 1977-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbek sobiq futbolchisi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.

Oʻzbek futboli tarbiyalanuvchisi. U 4 yil davomida "Paxtakor" safida toʻp surgan va Poytaxt jamoasi safida Oʻzbekiston chempioni boʻlgan hamda mamlakat kubogini qoʻlga kiritgan. 1999-yilda Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etilgan. 2000-yilda Rossiya klubiga oʻtish imkoniyati paydo boʻlgan. Akopyans Rossiyada oʻz futbolchilik faoliyatini davom ettirish uchun bir nechta tanlovga ega boʻlgan. Futbolchinig agenti „Krilya Sovetov“ va „Zenit“ bilan muzokaralar olib borgan, ammo oxir-oqibat u „Rostselmash“ga yetib kelgan va u bilan mamlakat chempionati hamda kubogida 120 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. 2005-yil oxirida Rostov bilan shartnoma imzolagan. Mavsum oʻrtalarida Andreyga uni uzaytirish taklif qilingan, ammo futbolchining oʻzi jamoani oʻzgartirish kerak deb qaror qilgan. 2006-yilda u Chernomorets Novorossiyskga koʻchib oʻtgan va u yerda 15 ta gol urgan. 2007-yilda u dastlab Latviyaning „Daugava“, keyin esa „Darida“da jamoalarida toʻp surgan. 2008-yil yarim mavsumni oʻzining vatanining jamosi „Paxtakor“da oʻtkazgan va birinchi marta Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindoriga aylangan. 2009-yil davomida u Samarqandning "Dinamo" jamoasi tarkibida oʻynagan. 2010-yilda u Nijniy Novgorod jamoasi futbolchisiga aylangan. 2011-yilda „Luch-Energy“ klubiga oʻtgan. 2012/13-yilgi mavsumda u FNLga kirgan „Ximik Dzerjinskiy“ safida oʻynagan[1][2].

Terma jamoada

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1998—2005-yillarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 40ta oʻyin oʻtkazib, 6ta gol muallifiga aylangan.[3]

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sana Staion Raqib Hisob Natija Musoboqa
1. 03.12.1998 Chiang Mai, Tailand Kuvayt 3-3 Gʻalaba 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari
2. 05.12.1998 Chiang Mai, Tailand Moʻgʻuliston 0-15 Gʻalaba 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari
3. 07.12.1998 Rajamangala Stadium, Bangkok, Tailand Koreya Xalq Demokratik Respublikasi 4-0 Gʻalaba 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari
4. 03.05.2001 Amman International Stadium, Amman, Iordaniya Turkmaniston 2-5 Gʻalaba 2002-yilgi Jahon chempionati saralash
5. 20.08.2003 Skonto Stadium, Riga, Latviya Latviya 0-3 Gʻalaba Oʻrtoqlik
6. 06.11.2003 Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston Gonkong 4-1 Gʻalaba 2004-yilgi Osiyo kubogi saralash[4][5][6]
  • Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisi: 1999-yil
  • Oʻzbekiston chempioni : 1998-yil
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2008-yil
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1997-yil
  • Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2008-yil
  • Rossiya Ikkinchi divizionining „Gʻarbiy“ zonasi gʻolibi : 2012/13