Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Zafar Xolmurodov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zafar Xolmurodov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 15-noyabr 1976-yil (1976-11-15) (47 yosh)
Tavallud joyi Shahrisabz, Qashqadaryo viloyati,
OʻzSSR, USSR
Boʻyi 178 sm
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1996—2006 Nasaf 224 (153)
2006 Mashʼal 5 (1)
2007 Nasaf 28 (17)
2008 Dinamo Samarqand 7 (1)
2008 Nasaf 12 (6)
2009 Mashʼal 14 (3)
2009—2010 Xorazm 23 (2)
2010 Nasaf 4 (1)
2011 Mashʼal 25 (9)
2012 AGMK 9 (2)
Milliy terma jamoa
2000—2007 Oʻzbekiston 9 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Zafar Xolmurodov (1976-yil 15-oktyabrda tugʻilgan) – nafaqadagi oʻzbek professional futbolchisi va murabbiyi.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zafar Xolmurodov faoliyatidagi eng koʻp vaqtini Qarshining „Nasaf“ klubi safida oʻtkazgan, u 1996-yilda asosiy jamoaga kelgan. Zafar Oʻzbekiston Oliy ligasida 377 ta oʻyinda 200 ta gol (2012-yil 22 may holatiga koʻra) urgan birinchi oʻzbekistonlik futbolchi hisoblanadi[1].

Mashal Muborak

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muborakliklar safiga ilk bor 2006-yilda Mash’al jamoasi Osiyo chempionlar ligasi turnirida ishtirok etish uchun tarkibni kuchaytirgan vaqtida oʻtgan va Xalqaro maydonda 6 uchrashuvda 3 ta gol muallifi bo'lgan. Keyinchalik turli yillarda (2009-yil, 2011-yil) ham Muborakliklar safida o'ynagan.

2012-yil 25-may kuni Oʻzbekiston oliy ligasining navbatdagi turida „Olmaliq“ jamoasi Bekobodning „Metallurg“ jamoasini o'z maydonida qabul qilgan va Xolmurodov Oliy ligasidagi oʻzining 200-golini kiritgan xolda bu natijaga erishgan birinchi futbolchiga aylangan. O'yin yakunida Olmaliq klubi 3:2 hisobida gʻalaba qozongan[2].

2012-yil 29-dekabrda IFFHS amalda faol oʻyinchilar orasidan dunyoning eng muvaffaqiyatli Top-divizion toʻpurarlari roʻyxatini eʼlon qilgan. Xolmurodov faoliyati davomida 379 ta uchrashuvda 200 ta gol kiritib, ushbu roʻyxatda 19-oʻrinni egallagan[3][4].

Klublardagi statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yillar Klublar Oyin/Gol
1996 Hisor
1997—2006 Nasaf 224 (153)
2006 Mashal 5 (1)
2007 Nasaf 28 (17)
2008 Dinamo (Samarqand) 7 (1)
2008 Nasaf 12 (6)
2009 Mashal 14 (3)
2009—2010 Xorazm 23 (2)
2010 Nasaf 4 (1)
2011 Mashal 25 (9)
2012 Olmaliq 9 (2)

Eslatma uchun: Berilayotgan maʼlumotdagi oʻyinlar va gollar soni milliy chempionatga oiddir[5].

Milliy terma jamoada

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zafar terma jamoadagi debyutini 2000-yilning 18-mayida Tailandga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Xomurodov milliy terma jamoa safida 9 ta oʻyin oʻtkazgan.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilgi mavsumdan soʻng Xolmurodov futbolchilik faoliyatini yakunlab, Qarshining „Nasaf“ klubida murabbiylik faoliyatini boshlagan[6].