Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Avstraliya tillari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avstraliya tillariAvstraliya tub aholisining tillari. Papua tili, miriam va tasman tillari bundan mustasno, toʻla oʻrganilmagan. Tillarning umumiy soni (dialektlar oʻrtasidagi 1 farqning kattaligidan) 200 dan 600 gacha deb hisoblanadi. Avstraliya tillari hududiy belgiga koʻra quyidagicha tasnif qilinadi: Shimoliy Kimberlin tillari (varoro, kokoyimidir va boshqalar); Janubi-Sharqiy Avstraliya tillari (buandiq, kulin, kurpai va boshqalar); Markaziy Avstraliya tillari (parnkala, diyeri, aranta va boshqalar); Gʻarbiy Avstraliya tillari (yungar, loritya va boshqalar) hamda Kvinslend va Yangi Uels tillari. Ularning lugʻat tarkibi boy, koʻp ma’noli soʻzlar koʻp. Hozirgi kunga kelib koʻpgina tillar barham topgan yoki yoʻqolib bormoqda.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil