Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Aykido

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aykido (yap. 合気道) – bu Morixeyem Uesiba tomonidan uning jang sanʼatlari, falsafasi va diniy eʼtiqodlarining sintezi sifatida yaratilgan jismoniy va ruhiy amaliyotlarning zamonaviy yapon majmuasi. Koʻpincha aykido „hayot energiyasini birlashtirish yoʻli“[1] yoki „ruhni uygʻunlashtirish usuli“[2] deb tarjima qilinadi. Uesibaning maqsadi shunday sanʼat yaratish edi, uning amaliyoti faqat oʻzini emas, balki hujumchini ham jarohatlardan himoya qila oladi[3][4].

Aykido texnikasi raqibning zarbalaridan oʻzini olib qochish, qoʻllarini ushlash va uning zarbasi energiyasini himoyachidan uzoqlashtirishga asoslangan. Shu bilan birga, hujumchi himoyachiga texnikani bajarishda, harakatlarni yetarli darajada silliq bajarishda yordam beradi, yerga tashlashda esa raqibiga yordam beradi, shunda dast koʻtarib yerga uloqtirishni mohirona va shikastsiz amalga oshiriladi .

Aykido Dayto-ryu Aykijujusu dan kelib chiqqan, ammo 1920-yillarning oxirida, qisman Oomoto taʼlimotining Uesibaga taʼsiri tufayli undan ajralib chiqa boshlagan. Uning ilk shogirdlarining yozuvlarida muntazam ravishda aiki-jujusu atamasi qoʻllanadi.

Uesibaning katta yoshdagi shogirdlari undan oʻrgangan vaqtlariga qarab, aykido mashgʻulotlariga turlicha yondashadilar. Bugungi kunda aykido butun dunyoda bir nechta uslublarda keng tarqalgan usullarni talqin qilish va uning turli sohalariga urgʻu berishdir. Biroq, ularning barchasi Uesiba tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillar bilan birlashtirilgan va hujumchiga gʻamxoʻrlik qilish va jismoniy emas, balki maʼnaviy rivojlanishga eʼtibor berishni oʻz ichiga oladi.

„Aykido“ "ki" eski belgi bilan yozilgan

Uning nomlanishi uchta iyeroglifdan iborat va quyidagi ahamiyat kasb etadi:

  • Ay (yaponcha: ) – 1. „uygʻunlik“ [5] ; 2. „mos kelmoq, bogʻlamoq, kelishilmoq“; 3. „toʻgʻri yoʻldan bormoq“; 4. „yaxshi boʻlmoq“; 5. „biror narsaga xos“.
  • Ki (yaponcha: ) – „ruh quvvati, hayotiy energiya, nafas olish, bugʻ chiqishi, kuch“;
  • Do (yaponcha: ) – „yoʻl, qobiliyat, usul“.

„Aiki“ „kuch bilan toʻqnashish“ degan maʼnoni anglatadi; universal quvvat kuchi bilan bir boʻlish; hayot kuchi quvvati bilan bir boʻlish". Uchala iyeroglif birga „ruh uygʻunligi yoʻli“ maʼnosini bildiradi Morixey Uesiba nomlanishi haqida quyidagicha fikr bildiradi:

Yapon tilida „uygʻunlik“ va „muhabbat“ soʻzlari („ay“ iyeroglifi) turlicha yozilganligi, lekin talaffuzi bir xil boʻlgani uchun men oʻzimning noyob budo turini – aykido deb atashga qaror qildim, garchi „ayki“ soʻzi qadim zamonlardan beri maʼlum edi. Biroq, budo jangchilarining bu soʻzga ilgari aytgan maʼnosi menikidan tubdan farq qiladi.

Aykido jangchilari toʻgʻridan-toʻgʻri yapon tilidan olingan aykidoka soʻzi, shuningdek, rus tili qoidalariga muvofiq aykidoist iborasi allaqachon shakllangan[6] .

Takeda Sokaku, 1888 yil
Uesiba, Tokio, 1939 yil

Aykido paydo boʻlish vaqti 1920-yil deb aytish mumkin va bu joy Ayabe shahri deb nom olgan. 1920-yil Uesiba uchun juda ogʻir boʻldi, uning otasi va ikki yosh oʻgʻli vafot etdi. Yuragi ezilib, u keyinchalik aykido falsafasiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatgan Oomoto-kyoning diniy taʼlimotidan ruhlandi. Birinchi dojyo ham uning uchun tasalli boʻldi: Uesiba oʻz uyiga 18 ta boʻyra (tatami) qoʻydi va Oomoto-kyo taʼlimotini izdoshlariga oʻrgatishni boshladi.

Shunga koʻra, Morixey Uesiba tajriba orttirdi, Uesiba Akademiyasi dasturini kengaytirdi va rivojlantirdi. Uning jang sanʼati ustasi sifatida shon-sharafi tezda tarqaldi va shogirdlar soni ortdi.

1922-yilda Uesiba 5 yil davomida (1915-1919) Daito-ryu Ayki-jujutsu oʻrgangan ustozi Sokaku Takedani Oomoto asoschisi Nao Deguchi tugʻilgan Ayabega koʻchib oʻtishga koʻndirishga muvaffaq boʻldi[7]/ Shuni aytish kerakki, Sokaku Takeda Yaponiyani kezib yurgan va oʻz shogirdlarini doimiy ravishda mashq qildirmagan, bu esa Uesibaning eng yaxshi shogirdlaridan biri boʻlishiga toʻsqinlik qilmagan. Ayabeda 6 oylik treningdan soʻng Takeda Uesibaga usta sertifikatini beradi va va bu yerni tark etadi.

Asta-sekin Dayto-ryu va Yagyu-ryu mash q qilish usullaridan voz kechib, 1922-yilda Uesiba oʻzining budosini yaratdi va uni Ayki-bujusu (Aykido) deb nomladi.

Aykido falsafasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Onisaburo Deguti, 1940 yil

Aykido faqat jang sanʼati sanalmagan.

Aykido asoschisi Morixey Uesiba anʼanaviy jujutsu, kenjutsu va xattotlik sanʼatining bir qancha tarmoqlarini oʻrgangan. Olingan bilim-koʻnikmalarga asoslanib, u anʼanaviy bu-jutsu (qatl etish sanʼati) dan farqli oʻlaroq, oʻz tizimini – aykidoni shakllantirdi. Aykido – budo (qatl etishni toʻxtatish yoʻli), bu-jutsu texnikasini qatl yoʻli bilan emas yoki kuch bilan yutish uchun emas, balki zoʻravonlikni toʻxtatish, insonni ruhan kuchli boʻlish, boshqalarga yordam berish, barcha odamlarni muhabbat asosida birlashtirishni oʻrgatadi.

Aykidoga Oomoto-kyo diniy oqim va sinto taʼlimotlari katta taʼsir koʻrsatdi. Morixey Oomoto dinining asoschisi Onisaburo Deguti bilan shaxsan tanish edi. Ular birgalikda 1920-yillarda Moʻgʻulistonga maʼnaviy topshiriq yuzasidan borishdi va u yerda Xitoy harbiylari ularni otib tashlashga tayyor turar edi[8].

Morixey Uesiba oʻzining aykido falsafasini uygʻunlik tamoyillari asosida qurdi. Uzoq vaqt davomida jang sanʼatining turli uslublarini oʻrganib, u uygʻunlik yoʻlini qidirdi. Ammo ularning hech biri mos kelmadi, chunki jang gʻalabaga asoslangan edi, bu esa raqibning jarohatlanishiga olib keldi. Uesiba-san raqibini gʻazabini oʻz gʻazabi bilan bostiradigan sanʼat yaratdi. Yaʼni, oddiy jang sanʼatida: hujum – jizzakilik, himoya – bu gʻazabga gʻazab bilan javob berish, bu disgarmoniyaga olib keladi. Aykidoda agrassiya tenglashtiriladi. Aykido ustasi hujum paytida dushmanning kuchini oʻziga qarshi ishlatadi, oʻzi esa ruhiy muvozanatda qoladi. Yaʼni: hujum – tajovuzkorlik, bu disgarmoniyaga olib keladi; mudofaa – hujumchining tajovuzkorligidan foydalanib qochish yoki uloqtirish. Natijada: ichki uygʻunlik buzilmaydi, dushman magʻlub boʻladi, umumiy uygʻunlik tiklanadi. Dushmanga zarar keltirmaydigan usullardan foydalangan holda, usta hujumchini oʻz fikridan voz kechishga majbur qiladi.

Aykido quroli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qurol bilan ishlash aykidoning yordamchi boʻlimi boʻlib, qoʻl mehnati madaniyatini mashq qilish uchun zarurdir, chunki barcha qurolsiz texnikalar qoʻllarni toʻgʻri koʻtarish / tushirishga (Shomen Uchi, Shomen Kirikomi tomonidan urilgan) va raqibga nisbatan markaziy chiziqni saqlashga asoslangan. Juftlangan mashqlar ham vaqtni (uygʻonish) oʻrganishga xizmat qiladi.

Aykidoning turli maktablari mashgʻulotlarda quyidagi qurol turlaridan foydalanadilar:

  • Bokken – mashq qilish uchun yogʻoch qilich.
  • Jyo – odatda uzunligi taxminan 128 sm (shaxsga qarab) va diametri 24-26 mm boʻlgan yogʻoch ustun.
  • Tanto – uzunligi 30 sm gacha boʻlgan yogʻoch pichoq.
  • Vakidzasi – qisqa poʻlatdan yasalgan samuray pichogʻi.
  • Bo – jyoning uzunroq koʻrinishi va naginata – glefning analogi juda kam qoʻllanadi.

"Qurollarning xususiyatlari klassik maktablardagi kabi aniq emas. Har kim oʻzining jismoniy holatiga, ushlab turishiga va muvozanatiga qarab [oʻzi uchun qurol] tanlaydi "- N.Tamura kitobidan iqtibos.

Aykido reyting tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
daraja belogʻ rang Guruh
kyu oq mudansya / yukudansya
Dan qora yudansya

Aykidodagi daraja tizimi, boshqa yapon jang sanʼatlari singari, shogird (kyu) va usta (dan) darajalaridan iborat. Dastlab 6 ta shogird darajasi mavjud (6 dan 1 kyugacha), lekin bolalar guruhlarida 10 tagacha shogird darajasi (10 dan 1 kyugacha) boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, aykidoning turli sohalarida shogird darajalari soni ham farq qilishi mumkin. Keyingi shogird darajasini olish uchun aykidochi 2-6 oy davomida mashgʻulotlarda qatnashishi, kerakli kyu uchun texnikani oʻzlashtirishi va yaxshi texnika darajasini koʻrsatgan holda imtihondan oʻtishi kerak. Imtihonlar odatda yiliga ikki marta oʻtkaziladi.

Eng yuqori talabalik darajasini (1 kyu) olgandan keyin bir yil oʻtgach, aykidochi 1 dan uchun imtihon topshirish huquqiga ega, lekin baʼzida aykidochi buni 3 oy yoki 6 oydan keyin olishi mumkin. Aykidodagi danlarning umumiy soni 10 ta. Eng yuqori darajalar – 8 dan 10 dan gacha – faqat Morixey Uesiba shogirdlariga beriladi.

  1. Saotome, Mitsugi. The Principles of Aikido. Boston, Massachusetts: Shambhala, 1989 — 222-bet. ISBN 978-0-87773-409-3. 
  2. Aikido and the Dynamic Sphere. Andoza:Нп3. ISBN 978-0-8048-0004-4. 
  3. Sharif, Suliaman. 50 Martial Arts Myths. New Media Entertainment, 2009 — 135-bet. ISBN 978-0-9677546-2-8. 
  4. Ueshiba, Kisshōmaru. The Art of Aikido: Principles and Essential Techniques. Kodansha, 2004 — 70-bet. ISBN 4-7700-2945-4. 
  5. „Big Japanese-Russian Online Dictionary“ (ru). 2011-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-aprel.
  6. Novie slova i znacheniya: slovar-spravochnik po materialam pressi i literaturi 90-x godov XX veka v dvux tomax. – Dmitriy Bulanin, 2009. – T. 1. – S. 44.
  7. Nancy K. Stalker,. Prophet motive : Deguchi Onisaburō, Oomoto, and the rise of new religions in Imperial Japan. Honolulu: University of Hawai'i Press, 2008 — 35-bet. ISBN 0-8248-3226-4. 
  8. Nancy K. Stalker,. Prophet motive : Deguchi Onisaburō, Oomoto, and the rise of new religions in Imperial Japan. Honolulu: University of Hawai'i Press, 2008 — 147—152-bet. ISBN 0-8248-3226-4.