Azot oksidlari
Azot oksidlari — azotning kislorod bilan hosil qilgan birikmalari. Azot oksidlari azoy va kislorod molekulalarining birikishidan hosil boʻlib, reaksiya issiqlik yutilishi bilan boradi. Baʼzilari termodinamik jihatdan beqaror. Azotning quyidagi ]]oksid|oksid]] N2O, azot (I)-oksid NO, azot (3)-oksid N2O3, azot (GU)-oksid NO2, azot qoʻsh oksid N2O4 va azot (V)-oksid N2O5. Azot (1)-oksid N2O — rangsiz (kulduruvchi gaz),Tibbiyotda narkoz sifatida ishlatiladi, xushboʻy shirinroq gaz, suvda oz miqdorda eriydi; kislota, ishqor va suv bilan birikmalar hosil qilmaydi; yuqori (900°) temperaturada azot bilan kislorodga ajra-ladi, havo bilan aralashmasi tibbiyotda narkoz sifatida ishlatiladi. Azot (N)-oksid NO — rangsiz gaz, suvda kam eriy-di, havodagi kislorod bilan oksidlanib, azot (IV)-oksidga aylanadi; birikish reaksiyalariga kirishadi; nitrat kis-lota ishlab chiqarishda asosiy oraliq mahsulot hisoblanadi. Azot §-oksid ammiakni katalitik oksidlash yoki azot bilan kislorod aralashmasini Volta yoyidan oʻtkazish orqali olinadi. Azot (1P)-oksid N2O3 — qoʻngʻir tusli gaz, kon-densatlanganida koʻk tusli suyuqlikka aylanadi; suv bilan birikib, nitrit kis-lota (HNO2) hosil qiladi. Azot (II)- va (1U)-oksidlar aralashmasini sovitish natijasida hosil boʻla-di; beqaror modda. Azot (IV)-oksid NO2 — qoʻngʻir rangli gaz, suv bilan birikib, nitrat kislota (HNO3) va nitrit kislota hosil qiladi. U kuchli oksidlovchi, raketaning suyuq yonilgʻisini oksidlash, organik moddalarni nitrolash uchun ishlatiladi. Azot qoʻsh oksid N2O4 va azot (U)-oksid N2O5 — rangsiz kristall modda. Amalda deyarli ishlatilmaydi. Azot oksidlari fiziologik faol moddalardir. sanoat kimyosida muhim oraliq azot oksidi yonish tizimlarida hosil boʻladi va momaqaldiroqda chaqmoq chaqishi natijasida hosil boʻlishi mumkin. Sutemizuvchilarda, jumladan, odamlarda nitrat oksidi koʻpgina fiziologik va patologik jarayonlarda signal beruvchi molekula hisoblanadi.<ref>Hou, Y. C.. Azot oksidi donorlari rivojlanishining hozirgi tendentsiyalari. Andoza:Citation error. PMID 10390607. edi. 1992 yilda „Yil molekulasi“.Culotta, Elizabeth; Koshland, Daniel E. Jr.. doi:10.1126/science.1361684. ISSN 0036-8075. PMID 1361684. 1998 yil Nobel mukofoti fiziologiya yoki tibbiyot boʻyicha kashfiyoti uchun berildi] oksidning yurak-qon tomir signalizatsiya molekulasi sifatidagi roli.„Fiziologiya yoki tibbiyot bo'yicha Nobel mukofoti 1998“ (en-US). NobelPrize.org.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |