Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Bas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bas (ital. basso — past) — 1) erkaklarning eng past, yoʻgʻon ovozi. Baland yoki kuychan B. (ital. basso cantante) hamda past B. (basso profundo), opera amaliyotida — harakterli, hajviy B. (basso buffo) farq qilinadi. Baland B. lirik (diapazoni taxminan katta oktavadagi "sol"dan birinchi oktavadagi "fa" gacha) va dramatik (katta oktavadagi "fa" dan birinchi oktavadagi "mi"gacha) boʻladi. Past B.ning diapazoni katta oktavadagi "domi" dan — birinchi oktavadagi "remi" gacha boʻladi. Rus xorlarida oktavachi B.lar uchraydi, ular inson ovozi uchun eng past ovozdagi tovushlarni ijro eta oladi; 20-asr xonandalaridan F. Shalyapin (Rossiya), N.Gyaurov (Bolgariya), Teo Adam (Germaniya), Oʻzbekistonda H. Ismoilov, V. Grinchenko, Q. Muhiddinov va boshqalarning ovozi B: 2) koʻp ovozli musiqa asaridagi eng pastki partiya. Xorda B. birinchi (baritonlar ijro etadi) va ikkinchi (haqiqiy B.) ovozlarga boʻlinadi; 3) raqamlangan B. (basso continuo) (qarang Gomofoniya); 4) pastki registrdagi musiqa asboblari: tuba-B., kontrabas vab., shuningdek Ukraina (basolya) va Belarus (basetlya) da xalq violoncheli, Oʻzbekistonda qayta ishlangan xalq cholgʻulari — dutor—B., gʻijjak — B. va boshqa

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil