Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Billie Jean

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Billie Jean“
Michael Jackson qoʻshigʻi
„Thriller“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2-yanvar 1983-yil
Yozib olingan 1982
Studiya Westlake Recording Studios (Los Anjeles, Kaliforniya)[1]
Janr
Davomiyligi 4:54
Leybl Epic
Matn muallif(lar)i Michael Jackson
Prodyuser(lar)
Michael Jackson singllari xronologiyasi
„The Girl Is Mine“
(1982)
Billie Jean
(1983)
„Beat It“
(1983)
Klipi
„Billie Jean“ YouTubeda

Billie Jean“ amerikalik qoʻshiqchi Michael Jackson ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning Thriller (1982) nomli oltinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. 1983-yilning 2-yanvarida albomning ikkinchi singli oʻlaroq Epic Records leyblida eʼlon qilingan. Qoʻshiq matnini Jacksonning oʻzi yozgan. Qoʻshiqqa Jackson va Quincy Jones produserlik qilishgan.

„Billie Jean“ qoʻshigʻi Billboard Hot 100 chartida birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Billboard Hot Black Singles chartida uch hafta davomida eng yuqori pogʻonani egallab turgan. Tarona Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (inglizcha: Recording Industry Association of America) tomonidan olmos sertifikati bilan taqdirlangan[2]. Umumjahon boʻylab 14 milliondan ortiq nusxada sotilgan hamda tarixdagi eng bozori chaqqon boʻlgan qoʻshiqlardan biriga aylangan. Bundan tashqari, ashula Birlashgan Qirollik, Kanada, Fransiya, Shveysariya va Belgiya mamlakatlari musiqa chartlarida ham birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Yana bir qancha mamlakatlar musiqa chartlarida esa yuqori oʻntalik safidan oʻrin egallagan.

Qoʻshiq koʻplab mukofotlar, jumladan ikki marotaba Grammy va bir marotaba American Music Award bilan taqdirlangan. Shuningdek, qoʻshiq uchun klip ham suratga olingan boʻlib, unga Steve Barron rejissorlik qilgan.

  1. Roberts, Randall. „Michael Jackson's 'Human Nature': An NYC classic on his birthday“ (2012-yil 29-avgust). Qaraldi: 2019-yil 6-dekabr.
  2. „Michael Jackson's Catalogue Garners Major New Gold & Platinum Awards“. Recording Industry Association of America (2018-yil 23-avgust). Qaraldi: 2018-yil 9-sentyabr.