Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Brazzavil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BrazzavilKongo Respublikasining poytaxti. Kongo daryosi quyi oqimining oʻng sohilida. Mamlakatning eng yirik port shahri. Brazzavil Kongoning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Aholisi 650 ming kishi (1997).

Brazzavilga 1880-yil fransuz sayyohi va mustamlakachisi Pyer Savornyan de Brazza asos solgan. Brazzavil 1910—58 yillarda Fransiya Ekvatorial Afrikasi federatsiyasi va Oʻrta Kongoning maʼmuriy markazi. Ikkinchi jahon urushi davrida general de Goll boshchiligidagi "Ozod Fransiya" harakatining asosiy tayanch punktlaridan biri boʻlgan. 1958—60 yillar Muxtor Kongo, 1960-yildan Kongo Respublikasi poytaxti.

Brazzavil mamlakatning transport, asosiy savdo-sanoat va moliya markazi. Dare porti. Brazzavil va shosse orqali dengiz porti PuentNuar bilan bogʻlangan. B.da ip yigirish, toʻqimachilik, kimyo (plastmassa buyumlar, sunʼiy matolar, boʻyoq ishlab chiqarish), sigareta, gugurt fabrikalari, oziq-ovqat sanoati va boshqa korxonalar, xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan aeroport bor. Baliq quritiladi va dudlanadi. Kema tuzatish korxonalari ishlab turibdi. Hunarmandchilik (yogʻochdan turli buyumlar yasash, badiiy keramika) rivojlangan. Shahar yakinida GES qurilgan. Markaziy Afrika tadqiqot instituti, Paster instituti, universitet, milliy muzey bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil