Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Dubstep

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dubstep
Uslubiy ildizlari: Reggae, dub, grime, 2-step garage, drum and bass
Madaniy ildizlari: 1990-lar oxiri,
London, Birlashgan Qirollik
Xos cholgʻu asboblari: Sekvensor, turnteybl, sempler, dovul mashinasi, sintezator, klavish, shaxsiy komputer
Mashhurligi:2000-lar ikkinchi yarmi
Hosilaviy shakllari:Future garage, Post-dubstep, Brostep, Rawstep, Trap
Fusion janrlar
Dubstyle

Dubstep (talaffuzi: dabstep, Birlashgan Qirollikning ayrim dialektlarida talaffuzi: dubstep) 1990-yillar oxirida Londonda kelib chiqqan elektronik raqs musiqasi janridir. 2-step garage, broken beat, drum and bass, jungle va dub reggae janrlariga aloqador va ular bilan birga rivojlangan.[1] Ayrim munaqqidlar dubstep va 1980-yillarboshida yuzaga kelgan Yamayka sound system orasida bogʻliqlik koʻrishadi.[1][2] Dubstep musiqa dovul va perkussiya sinkopasi, 60 Hz chastotadan past bas va tez bitlar bilan xarakterlanadi.

  1. 1,0 1,1 Reynolds, S.(2012),Energy Flash: A Journey Through Rave Music and Dance Culture, Perseus Books; Reprint edition (5-Jan 2012-yil), pages 511-516, (ISBN 978-1593764074).
  2. The Big Big Sound System Splashdown, New Musical Express, 21st February 1981, ISSN 00286362.