Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

GSM

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
GSM logosi

GSM (Global System for Mobile Communications – Mobil Axborot Almashinuvining Global Tarmogʻi, eski nomi Groupe Spécial Mobile) – mobil telefonlar uchun hizmat koʻrsatadigan dunyodagi eng mashhur standart (2007 yil maʼlumotlari).

GSM standartidan dunyoning 212 mamlakat va yerlarida, 2 milliarddan ortiq kishi foydalanishadi. Standartining keng tarqalgani Mobil Tarmoq Operatorlari orasida Halqaro rouming (Roaming) hizmatini keng joriy qilish bilan birgalikda, foydalanuvchilar uchun shaxsiy mobil telefonlarini boshqa mamlakatlarda ishlatish imkonini beradi. GSM tarmogʻida Identifikatsiyalanish (Identification) SIM modul orqali amalga oshiriladi. GSM identifikatsiya jarayoni uchun A3 va(yoki) A8 algoritmidan, ovoz va boshqa axborotlarni uzatishda A5 (keyinchalik A5/1, A5/2 ishlab chiqilgan) algoritmidan foydalanadi. GSM mobil tarmoq standartlarining 2-chi avlodi (Second Generation-2G) hisoblanadi. GSM standarti 850 MHz, 900 MHz, 1800 MHz, 1900 MHz chastotali diapazonlarda hizmat koʻrsatadi. 2ta chastotali diapazonda ishlovchi telefon apparatlar dual-band, 3 va 4 chastotali diapazonda ishlovchi telefonlar tegishli ravishda tri-band va quad-band telefonlar deb ataladi. Kup operatorlar hizmatlarini 900Mhz va 1800 MHz diapazonida amalga oshirishadi. 900 MHz diapozonda, uplink y’ani axborot uzatish uchun 890MHzdan 915MHzgacha bulgan 124ta tashuvchi chastotasi bulgan 25MHzli diapozondan foydalaniladi. Downlink y’ani axborot qabul uchun 935MHzdan 960MHzgacha boʻlgan diapazon qoʻllanadi. GSM Mobil Qurilma MQ (Mobile Equipment) va Asosiy Stansiya AS (Base Station)dan iborat. Mobil qurilma oʻz navbatida mobil telefon apparati va SIM (oddiy xalq tilida sim-karta)dan iborat. GSM ning kamchiligi Mobil Qurilmaning Asosiy Stansiyaga shubxasiz ishonuvchanligidir. Yaʼni Stansiya