Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Gerd Faltings

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gerd Faltings
Tavalludi 28-iyul 1954-yil (1954-07-28) (70 yosh)
Gelsenkirchen, Gʻarbiy Germaniya
Vafoti 28-iyul 1954-yil (1954-07-28) (70 yosh)
Fuqaroligi Germaniya
Sohasi Matematika
Institutlar Max-Planck matematika instituti
Bonn universiteti
Princeton universiteti
Wuppertal universiteti
Taʼlimi Münster universiteti
Akademik rahbarlari Hans-Joachim Nastold
Mashhur shogirdlari Shinichi Mochizuki
Wiesława Nizioł
Nikolay Durov
Mashhur ishlari Mordell gipotezasi
Faltings balandligi
Faltings koʻpaytmasi teoremasi
Mukofotlari Fields medali (1986)
Guggenheim Fellowship (1988)
Leibniz mukkofoti (1996)
Qirol Faysal xalqaro mukofoti (2014)
Shaw mukofoti (2015)
Cantor medali (2017)

Gerd Faltings (1954-yil 28-iyulda tugʻilgan) — germaniyalik matematik. Arifmetik geometriya sohasida ishlari bilan tanilgan. 1986-yil Mordell gipotezasini isbotlab bergani uchun Fields medali bilan taqdirlangan.

Faltings 1972–1978-yillarda Münster universitetida matematika va fizika boʻyicha tahsil olgan. 1978-yil ayni universitetdan matematika boʻyicha PhD darajasini olgan. 1982–1984-yillarda Wuppertal universitetida, 1985–1994-yillarda Princeton universitetida ishlagan.

Faltings 1980-yillarda raqamlar maydonida Abel xilma-xilliklari boʻyicha Tate gipotezasini, raqamlar maydonida Abel xilma-xilliklari boʻyicha Shafarevich gipotezasini hamda Mordell gipotezasi isbotlab bergan. Gisbert Wüstholz bilan hamkorlikda Roth teoremasini isbotlab bergan. Bu teorema uchun Klaus Roth 1958-yil Fields mukofotini olgan.