Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Vladimir Drinfeld

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vladimir Drinfeld
Tavalludi 14-fevral 1954-yil (1954-02-14) (70 yosh)
Xarkov, Ukraina SSR, Sovet Ittifoqi
Fuqaroligi Ukraina, SSSR va AQSh
Sohasi Matematika
Institutlar Chicago universiteti
Taʼlimi Moskva davlat universiteti
Akademik rahbarlari Yuriy Manin
Mashhur ishlari Kvant guruhlar
Geometrik Langlands dasturi
Drinfeld–Sokolov–Wilson tenglamasi
Manin–Drinfeld teoremasi
Mukofotlari Fields medali (1990)
Wolf mukofoti (2018)

Vladimir Gershonovich Drinfeld (ukraincha: Володи́мир Ге́ршонович Дрінфельд; ruscha: Влади́мир Ге́ршонович Дри́нфельд) (1954-yil 14-fevralda tugʻilgan) — ukrainalik-amerikalik matematik. Drinfeld algebraik geometriya, sonlar nazariyasi hamda matematik fizika sohalarida ishlari bilan tanilgan. Hozirda Chicago universitetida ishlaydi. 1990-yil Fields medali bilan, 2018-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Drinfeld Ukraina SSRning Xarkov shahrida tugʻilgan. 1969-yil 15 yoshida Xalqaro matematika olimpiadasida oltin medalni qoʻlgan kiritgan. 1974-yil Moskva davlat universitetini tamomlagan. Drinfeld Ukraina Fanlar akademiyasining muxbir-aʼzosi (1992) hamda AQSh Milliy fanlar akademiyasi aʼzosidir (2016).

Drinfeld ishlari chekli maydonlar boʻyicha algebraik geometriyani sonlar nazariyasi bilan bogʻladi, kvant guruhlari tushunchasini taklif qildi. Bu tushunchani Michio Jimbo ham Drinfelddan mustaqil ravishda kashf etgan.