Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Henri Cartan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Henri Cartan
Tavalludi 8-iyul 1904-yil
Nancy, Fransiya
Vafoti 13-avgust 2008-yil(2008-08-13)
(104 yoshda)
Paris, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya
Sohasi Matematika
Ish joylari Parij universiteti
Akademik rahbarlari Paul Montel
Mashhur shogirdlari Jean-Paul Benzécri
Pierre Cartier
Jean Cerf
Jacques Deny
Adrien Douady
Pierre Dolbeault
Roger Godement
Max Karoubi
Jean-Louis Koszul
Jean-Pierre Serre
René Thom
Mashhur ishlari Cartanning A va B teoremasi
Algebraik topologiya
Bir nechta murakkab oʻzgaruvchilar
Gomologik algebra
Mukofotlari Wolf mukofoti (1980)

Henri Cartan (talaffuzi: Anri Kartan) (8-iyul 1904-yil — 13-avgust 2008-yil) — fransiyalik matematik. Cartan algebraik topologiya sohasidagi ishlari bilan tanilgan[1][2][3]. 1980-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan[4].

Cartan Versaillesdagi Lycée Hoche oʻrta maktabida, keyin Parisdagi Oliy normal maktabda oʻqigan. 1931-yil noyabrdan Ikkinchi jahon urushi boshlangunga qadar Strasbourg universitetida dars bergan. Shundan soʻng Fransiyaning boshqa bir qator universitetlarida ilmiy lavozimlarni egallab, butun umrini Parisda oʻtkazgan.

Cartan gomologik algebra, algebraik topologiya, murakkab oʻzgaruvchan funksiyalar nazariyasi va umumiy topologiya sohalariga salmoqli hissa qoʻshgan. Cartanning ilmiy ishlari Jean-Pierre Serre, Armand Borel, Alexander Grothendieck hamda Frank Adams kabi matematiklarga taʼsir koʻrsatgan. Cartanning rasmiy oʻquvchilari soni oz boʻlgan. Ular orasida Joséphine Guidy Wandja, Adrien Douady, Roger Godement, Max Karoubi, Jean-Louis Koszul, Jean-Pierre Serre va René Thomlar bor.

  1. Augereau, Jean-François. „Henri Cartan, mathématicien“ (fr). Le Monde (2008-yil 19-avgust). Qaraldi: 2022-yil 16-aprel.
  2. „Communiqué de presse pour le centenaire d'Henri Cartan (2004)“ [Press communication for the centenary of Henri Cartan (2004)] (fr). Academie des Sciences (2004-yil 8-iyun).
  3. Weil, Martin. „Noted French mathematician and teacher“ (en-US). Los Angeles Times (2008-yil 31-avgust). Qaraldi: 2022-yil 25-aprel.
  4. „Henri Cartan“ (en-US). Wolf Foundation (2018-yil 9-dekabr). 2023-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-aprel.