Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Guliston

Koordinatalari: 40°30′55.1″N 68°46′59.9″E / 40.515306°N 68.783306°E / 40.515306; 68.783306
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Guliston
shahar
40°30′55.1″N 68°46′59.9″E / 40.515306°N 68.783306°E / 40.515306; 68.783306
Mamlakat Oʻzbekiston
Sirdaryo viloyati Sirdaryo viloyati
Maydon 36 km2 (14 kv mi)
Aholisi
92 700 (2 021-yil)[1]
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 67
Pochta indeks(lar)i 120100
Avtomobil kodi 20
GulistonGuliston shahri xaritada
GulistonGuliston shahri
GulistonGuliston shahri
GulistonGuliston shahri xaritada
GulistonGuliston shahri
GulistonGuliston shahri

Guliston — Sirdaryo viloyatining markazi. Guliston shahri 1961-yil 5-avgustda tashkil etilgan. Maydoni 36,2 km.kv. Mahalla fuqarolar yig'inlari soni 24 ta. Aholisi 99 300 kishi (2023 y.). Milliy tarkibi asosan oʻzbeklar (77,5%), shuningdek, qozoq, tatar, rus, koreys, tojik, ozarbayjon va boshqa millat vakillari ham yashaydi.

1895 yilda qurilishi boshlangan Samarqand-Toshkent temir yo‘li yoqasida (hozirgi Guliston shahri o‘rnida) dastlabki uylar qad ko‘targan. Keyinchalik bu yerda 2 ta qo‘rg‘on – Duxovskiy (1895 yil) va Krivosheino (1897 yil) barpo etilgan. Mazkur qo‘rg‘onlar o‘zagida “Golodnaya step” posyolkasi vujudga kelib, 1922 yilda uning nomi “Mirzacho‘l” deb o‘zgartirilgan. 1952 yilda qo‘rg‘on shaharcha maqomini olib, 1961 yil 5 avgustda esa Guliston shahri deb atalgan.

Guliston atamasi forscha so‘z bo‘lib, “gullar makoni”, “obod o‘lka” kabi maʼnolarni anglatadi.

Shaharning qadimgi tarixi eramizning VII asriga borib taqaladi. Shu davrdan boshlab bu hudud “Ulkan soylik”, XVI asrdan eʼtiboran esa “Achchiqko‘l” nomi bilan maʼlum.

“Ulkan soylik” – Sirdaryoning qadimgi o‘zanida qad ko‘targan turkiy o‘g‘uz qabilasi sardori dafn etilgan ehrom bo‘lib, hozirgi Guliston shahrining Mirzo Ulug‘bek nomli mahallasi hududida joylashgan. “Achchiqko‘l” esa daryo o‘zanini o‘zgartirganda hosil bo‘lgan ko‘llardan biri.

Arxeologlar “Ulkan soylik” tepaligida qidiruv ishlarini olib borib, unga dafn etilgan turkiy o‘g‘uz qabilasi sardorining dubulg‘asi, egar-jabduq, qilich va kamon o‘qlarining paykonlarini topishgan (X-XII asrlarga mansub). Yodgorlikning diametri 90 metr, balandligi 12 metr.

Shuningdek, Guliston shahrida Chor Rossiyasi hukmronligi davriga mansub bir qator madaniy meros obyektlari (General Alekseyevskiyning sobiq mehmonxonasi, General Alekseyevskiyning sobiq yashash joyi, Maʼmuriy bino, General Chernyayevning sobiq uyi, General Alekseyevskiyning sobiq cherkovi va boshqalar) mavjud1.

Yiliga oʻrtacha 295-300 mm yogʻin yogʻadi, yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 2,5°, minimum temperatura — 35°, iyulning oʻrtacha temperaturasi — 28°, maksimum temperatura — 45°.

Ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar iqtisodiyoti ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalariga ixtisoslashgan. 26 ta maktab, 96 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti, 2 ta oliy ta'lim muassasasi, 5 ta kutubxona, 89 ta sog‘liqni saqlash muassasasi, 4 ta masjid, 3 ta cherkov, musiqali drama teatri, muzey mavjud. Yirik sanoat korxonalar 9 ta, qo‘shma korxonalar 58 ta, kichik sanoat korxonalar 600 ta.

1"Sirdaryo kecha va bugun" risolasi. Pirimqul Do‘st Muhammad.

  1. „Sirdaryo viloyatining doimiy aholisi soni ma'lum qilindi“ (2021-yil 21-iyul). Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.