Hijoz
Hijoz — Saudiya Arabistonining Shim.-Gʻarbida joylashgan tarixiy viloyat. Hijozning asosiy shahri — Makka johiliyat davrida ham Arabistonning savdo va madaniy markazi boʻlgan. 7-asrning boshlarida hijozda Muhammad (sav) yangi din — islomni targʻib etib, musulmon jamoasiga asos soldi. Xalifalikning poytaxti Madina, Makka shahri qatorida hijoz musulmonlarning muqad-das ziyoratgoh joyiga aylangan. Xali-falik poytaxtni Suriyaga, soʻngra Iroqqa koʻchirsa ham, hijoz muqaddas shaharlar tufayli oʻzining mumtoz diniy ahamiyatini saqlab qolgan. Xalifalik parchalangach, hijoz turli musulmon davlatlari (Fotimiylar, Ayyubiylar, Mamluklar) tarkibiga kirgan. 1517 yil Misrni turklar bosib olgandan keyin hijoz muqaddas shaharlari bilan birga Usmoniylar imperiyasiga qoʻshib olingan. 1811 — 18 yilda Muhammad Ali posho boshchiligidagi Misr qoʻshinlari hijozni egallab olgan.
1840-yildan uni turk gubernatori boshqargan. 1916 yilda hijozda turk hukmronligiga qarshi (Makka sharifi Husayn ibn Ali boshchiligida) qoʻzgʻolon boshlangan. 1912—25 yillarda hijoz nomigagina mustaqil qirollik boʻlgan. 1925-yilda Najd hokimi Ibn Saud hijozni egallab olgan. 1932-yildan hijoz Saudiya Arabistonining qirol noiblari boshqaradigan viloyatlardan biriga aylangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |