Kenzo
Turi | savdo belgisi, fashion house, luxury good, moda brendi, koʻchmas mulk kompaniyasi va tashkilot |
---|---|
Egasi | LVMH |
Qachon asos solingan | 1970 |
Asoschi(lari) | Kenzō Takada |
Vebsayti | www.kenzo.com |
Kenzo – fransuz hashamatli kiyim-kechak, poyabzal va boshqalar ishlab chiqaruvchi brend hisoblanadi.
Moda uyi 1970-yilda yapon dizayneri Kenzo Takada tomonidan tashkil etilgan. Kenzo Takada Yaponiyada tugʻilgan va moda olamidagi faoliyatini boshlash uchun 1964-yilda Parijga koʻchib oʻtgan. Asta-sekin osiyolik va yapon xususiyatlarni Yevropa yuqori darajali modasining qatʼiy qonunlari bilan mohirona uygʻunlashtirib, mashhur boʻladi. Ochilgan birinchi butik „Jungle Jap“ deb nomlangan va Parijda joylashgan edi.
Dekoratsiyada oʻrmon estetikasidan ilhomlangan bezaklar ishlatilgan. Dastlab, Kenzo qoʻlda tikilgan ayollar kiyimlarini yaratishga ixtisoslashgan. 1983-yilda Kenzo dastlab erkaklar, keyin esa bolalar kiyimlarini ishlab chiqarishni boshlagan. 1987-yilda ichki bezak mahsulotlar ishlab chiqarish ham boshlangan[1]. Kenzo hozirda LVMH kompaniyasiga tegishli xalqaro premium brend boʻlib, LVMH uni 1993-yilda sotib olgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Legal mentions“. kenzo.com. 2015-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-may.
- ↑ „Kenzo“. The Cut. 2013-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-may.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Kenzo haqida turkum mavjud |