Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Komorlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Komorosdan yoʻnaltirildi)
Komorlar Federativ Islom Respublikasi
Union des Comores
Udzima wa Komori
اتحاد القمر
ShiorUnité, Justice, Progrès
(Fransuzcha: Unity, justice, progress)
Madhiya: Udzima wa ya Masiwa
(The Union of the Great Islands)
Location of Komorlar
Poytaxt Moroni
Rasmiy til(lar) Komoro tili
Arab tili
Fransuz tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Ahmed Abdallah Sambi
Mustaqillik (Fransiyadan)
• Sana
6-iyul 1975-yil
Maydon
• Butun
2,170 km2 (178-oʻrin)
• Suv (%)
<1
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
671,247 (163-oʻrin)
• Zichlik 309/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$441 million (207-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$657
Pul birligi Comoro Franc (KMF)
Vaqt mintaqasi UTC+3
• Yoz (DST)
UTC+3
Qisqartma CN
Telefon prefiksi 269
Internet domeni .km

Komorlar (Comoros Federativ Islom Respublikasi) — Hind okeanidagi Qamar orollarida joylashgan davlat. Qamar orollari tarkibiga Ngazija (avvalgi nomi GrandKomar), Nzvani (avvalgi nomi Anjuan), Mvali (avvalgi nomi Moxeli), Maore (avvalgi nomi Mayotta) orollari va bir qancha mayda orollar kiradi. Maydoni 2,170 ming km2. Aholisi 821 625 kishi (2021). Maʼmuriy jihatdan 4 okrugga boʻlinadi. Poytaxti — Moroni shahri.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qamar orollari — federal respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 2001-yil 23-dekabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident, u umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi, hukumatga ham boshchilik qiladi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali parlament (ittifoq assambleyasi), ijroiya hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Orollar vulkanlardan hosil boʻlgan, marjon qoyalar bilan oʻralgan. Harakatdagi vulkanlar bor. Balandligi 2560 m gacha (Ngazija oroldagi Qargala vulkani, mamlakatning eng yuqori nuqtasi). Iqlimi tropik, issiqva sernam. Sohilda oʻrtacha temperatura 23—28°, togʻlarda 18° ga yaqin. Yillik yogʻin 1100– 3000 mm. Togʻ yon bagʻirlarida qalin tropik oʻrmonlar, togʻ etaklarida savanna va butazorlar bor.

Aholisining 95% qamarlar yoki antaloatra xalqi. Ular arablarning malagasilar va Sharqiy Afrika sohilidagi xalklar bilan chatishuvi natijasida hosil boʻlgan. Bundan tashqari, bantu tillaridan birida soʻzlashuvchi makualar hamda arab, malagasi va fransuzlar ham yashaydi. Hindiston va Pokistondan borib qolganlar ham bor. Rasmiy tillar — qamar, fransuz va arab tillari. Aholisi, asosan, qamar tilida soʻzlashadi. Qamarlarning aksariyati islom dinining sunniy mazhabida. Aholining 75% ga yaqini sohil boʻyidagi tekisliklarda va togʻ yon bagʻirlarida istiqomat qiladi. Asosiy shaharlari — Moroni, Mutsamudu, Fomboni.

15—19-asrlarda orollarda musulmon sultonlari hukmronlik qilgan. Orollarga yevropaliklardan birinchi boʻlib 1598-yilda gollandlar borgan. 19-asrda Fransiya bu orollarni bosib olib, mustamlakaga aylantirgan. 1946-yil Qamar orollari Fransiyaning Madagaskar mustamlakasi tarkibidan mustaqil maʼmuriy birlik sifatida ajratilgan. 1961-yilda Fransiyaning "dengiz orti \ududi"; 1968-yilda ichki oʻzinioʻzi boshqaruv maqomini oldi. 1975-yil 6-iyulda Qamar orollari deputatlar palatasi oʻz tashabbusi bilan mamlakatni mustaqil deb eʼlon qildi. 1978-yil 1-oktabrgacha mamlakat Qamar orollari Respublikasi, soʻngra Qamar orollari Federal Islom Respublikasi deb ataddi; 2002-yildan hozirgi nomda. 1999-yil 30-aprelda polkovnik Azali Assumani rahbarligidagi harbiy toʻntarish natijasida prezident Tojiddin bin Said Massunde hokimiyatdan chetlashtirildi, 1996-yilgi konstitutsiya bekor qilindi, barcha davlat muassasalari tarqatib yuborildi. Muvaqqat konstitutsiya amal qila boshladi. 1999-yil 6-mayda Azali Assumani oʻzini prezident deb eʼlon qildi. Qamar orollari — 1975-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 6-iyul — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1975).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yangilanish va demokratik harakat partiyasi, 1990-yilda tuzilgan; Taraqqiyot uchun milliy birlashma partiyasi, 1996-yilda tashkil etilgan; Demokratiya va taraqqiyot uchun harakat partiyasi. Qamar orollari muxtor kasaba uyushmalari ittifoqi, 1996-yil tuzilgan.

Qamar orollari qoloqagrar mamlakat. Iqtisodiyotining asosini eksportga ixtisoslashtirilgan qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlash ulushi 40%, sanoatniki 14%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 46%. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari: vanil, chinnigul, ilang-ilang (gulidan essensiya va parfyumeriya sanoati uchun moy olinadigan da; raxt), kokos palmasi, dolchin, kofe. Ichki ehtiyoj uchun sholi, makkajoʻxori, maniok, yams, batat, shakarqamish, banan yetishtiriladi. Qoramol, echki va qoʻy boqiladi, baliq ovlanadi. Urmonlarda yogʻoch tayyorlanadi. Sanoati, asosan, qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlash, sovun, spirtsiz ichimliklar, roʻzgʻor asboblari ishlab chiqaruvchi korxonalaridan iborat. Putssolan (yoʻl qurish va sement ishlab chiqarish uchun kerakli xom ashyo) qazib olinadi. Yiliga 31 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Hunarmandchilik (teri, yogʻochni qayta ishlash, savat toʻqish) keng yoyilgan. Avtomobil yoʻllari uzunligi — 875 km (76% qattiqqoplamali). Asosiy dengiz porti — Mutsamudu shahri Chetga vanil (eksport boʻyicha dunyoda 2-oʻrinda), essensiya, chinnigul, kokos palmasi yongʻogʻi va magʻzi chiqaradi, chetdan neft mahsulotlari, oziq-ovqat, mashinauskuna oladi. Tashqi savdoda Fransiya, AQSH, Germaniya, Madagaskar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — qamar franki.

Mustaqillik eʼlon qilinishi arafasida (1975) 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy etilgan edi, ammo bu ish amalga oshmadi. Davlat maktablari bilan bir qatorda musulmon ruhoniylariga qarashli diniy maktablar ham boʻlgan. Darslar fransuz tilida, diniy maktablarda arab tilida oʻtilgan. Mamlakat mustaqillikka erishgandan keyin bolalar 4 yoshdan madrasaga qatnab, 2 yilda davomida Qurʼonni oʻrgana boshlaydilar. Boshlangʻich maktab 6 yillik, toʻliqsiz oʻrta maktab 4 yillik, toʻliq oʻrta maktab (litsey) 7 yillik. Mahalliy tilda oʻqitish joriy etilgan.

Anʼanaviy boshlangʻich diniy maktablarda arab alifbosidan tashqari, qishloq xoʻjaligi bilimlari va gigiyena oʻrgatiladi. Kasbhunar taʼlimi boshlangʻich maktab negizida amalga oshiriladi. Pedagogika bilim yurtlarida oʻqituvchilar tayyorlanadi. Oliy oʻquv yurtlari yoʻq. Yoshlar oliy taʼlimni xorijda oladilar.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakatda "AlVatvon" ("Vatan") hukumat haftalik gazeta (1985-yildan), fransuz tilida haftalik "Qamar Orollari gazetasi" chiqadi. Qamar matbuot agentligi hamda 1975-yilda tashkil etilgan va hukumat tomonidan nazorat qilinadigan Qamar radiosi faoliyat yuritadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil