Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Fazogir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kosmonavtdan yoʻnaltirildi)
Amerikalik astronavt Bruce McCandless II ochiq fazoda (1984).

Fazogir (AQShda: astronavt, Rossiyada: kosmonavt, Xitoyda: taykonavt) fazoviy kema ekipaji aʼzosi boʻlib xizmat qilishga tayyorlangan shaxsdir. Fazogirlar koinotda ishlashadi, fazoga sayohat qiluvchilar esa fazoviy sayyoh, deb atalishadi.[1][2] Ilk fazogir Yuriy Gagarindir.

Astronavt (astro… va yun. nautike — kema yuritish) — baʼzi mamlakatlar (mas, AQSH)da kosmonavt atamasi oʻrnida ishlatiluvchi soʻz.[3]

Kosmonavt (kosmos va yun. nautes — dengizda suzuvchi), astronavt — kosmik kema (KK)da kosmosga parvoz qilib, kosmik texnikani sinovchi va ishlatuvchi, maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan kishi; kosmosga inson parvoz qilganidan (1961) soʻng paydo boʻlgan kasb. AQSh da astronavt deb ataladi. Kosmonavtda muayyan xususiyatlar (uchuvchilik qobiliyatining yuqoriligi, har xil shoshilinch vaziyatlarda tez qaror qabul qila olishlik, shovqinlar, titrashlar, tezlik va tezlanishlarning uygʻunlashgan taʼsiriga, vaznsizlikka chidamlilik, amaliy va ilmiy kuzatuvlarni oʻtkazish hamda natijalarni qayd qilib bora olishlik, jismoniy va ruhiy jihatdan barkamol boʻlish, faloqat va halokatli vaziyatlarda shoshib qolmay, yonidagilarga yordam qoʻlini choʻzish va boshqalar) mujassam boʻlishi lozim. Shuning uchun Kosmonavtlikka nomzod lar dastlab, asosan, harbiy uchuvchilar, sinovchi-uchuvchilar orasidan tanlab olingan. Keyinchalik kosmik kemalar ekipajlari tarkibiga maxsus tayyorgarlik va bilimga ega boʻlgan olimlar va muhandislar ham kiritila boshladi. Hozir (2003) ularning qatoriga max- sus tayyorgarlikdan oʻtgan sayyohlar ham qoʻshilmoqda.

Taykonavt (xitoycha taykup kosmos) — Xitoyda kosmik parvozni amalga oshiradigan yoki kosmik kema ekipaji aʼzosi sifatida qatnashadigan shaxs. Rossiya va boshqa mamlakatlarda kosmonavt, amerikada astronavt deb ataladi. Xitoyda birinchi taykonavt 38 yoshli podpolkovnik Yan Livey boʻldi. U 2003-yil 15-oktyabr kuni "Shenchjou5" ("Muqaddas kema") kosmik kemasi (KK) da kosmosga parvoz qildi. U kosmosda 21 soatdan koʻp vaqt boʻlib, Yer atrofini 14-marta aylanib chiqdi (600 ming km dan ortiq masofani bosib oʻtdi). Yan Livey 17-oktyabr kuni ertalab parashyut yordamida KKning tushirish apparatida sogʻsalomat Ichki Mongoliya choʻllariga tushdi. U kosmosga parvoz qilgan 241 shaxs boʻldi. Bu parvoz Xitoyning Boshqariladigan kosmik parvozlar muhandislik dasturi (Se Minbo) ga asosan amalga oshirildi. Xitoylik taykonavtning kosmosga muvaffaqiyatli parvozidan soʻng Xitoy ham Rossiya va AQSH dan keyin kosmik mamlakatlar safiga qoʻshildi.

Dastlabki kosmonavtlarni tayyorlash ishlari AQShda 1959-yilda, SSSRda 1960-yilda boshlangan. Birinchi K. (Yu. A. Gagarin) 1961-yil 12-aprelda kosmosga parvoz qildi. Keyinchalik (1969-yil 16—24-iyulda) AKSh astronavtlari N. Armstrong, E. Oldrin va M. Kollinz Oyga parvoz qildilar. Birinchi ayol — K. Valentina Tereshkova 1963-yil 16-iyunda kosmosga parvoz qildi. K.-uchuvchi A. L. Leonov 1965-yil 18-martda „Vosxod-2“ KKda kosmosga parvoz qildi (P. P. Belyaev bilan birga) va jahonda birinchi boʻlib ochiq kosmosga chikdi. Oʻzbekistonlik K.— uchuvchi V. A. Jonibekov oʻzining kosmosga qilgan 5 parvozi mobaynida 145 kun 15 soat 58 min. 29 sek. kosmosda boʻlgan, 2-marta ochiq kosmosga chiqib, muhim ilmiy tadqiqot va amaliy ishlarni bajargan. Oʻzbek uchuvchi-astronavti S. Sharipov 1998-yil avgustda amerikalik va rossiyalik 7 kishilik ekipaj tarkibida „Endever“ KKda kosmosga parvoz qildi. 1961—2003-yillar mobaynida kema komandiri va ekipaj aʼzosi sifatida 430 tadan ortiq kishi kosmosga parvoz qilgan.[3]

Xalqaro Aviatsiya Federatsiyasi (Yevropa) 100 kilometrdan,[4] NASA (AQSh) esa 80 kilometrdan[5] yuqoriga parvoz qilgan shaxslarni koinotga uchgan, deb hisoblaydi. 2009-yilgacha 38 mamlakatdan 505 kishi 100 kilometrdan tepaga parvoz qilgan,[6] ulardan 24 nafari Oyga uchib kelgan.[7]

Aksariyat fazogirlar davlat tomonidan tayyorlanib, harbiy unvonli boʻlishadi, biroq 2004-yildan beri xususiy kompaniyalar fuqaro fazogirlarni tayyorlashmoqda.

  1. Astronaut Fact Book (Wayback Machine saytida 2007-09-26 sanasida arxivlangan), NASA
  2. Former astronaut visits USU, 2008-09-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2011-04-12
  3. 3,0 3,1 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  4. FAI Sporting Code, Section 8, Paragraph 2.12.1[sayt ishlamaydi]
  5. NASA — X-15 Space Pioneers Now Honored as Astronauts
  6. Current Space Demographics
  7. NASAʼs First 100 Human Space Flights, 2007-08-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2011-04-12