Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Laqqa baliq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Laqqa baliq (Silurus glanis) — laqqalar oilasiga mansub baliq. Boʻyi 5 m gacha, ogʻirligi 300 kg gacha. Tanasi tangachasiz. Orqa suzgich qanoti kichik. Ogʻzi keng. Pastki jagʻi uzunroq. Moʻylovi 3 juft. Orqa tomoni zaytun tusda, ost qismi esa oq rangda. Yevropadagi koʻl va daryolarda yashaydi. Oʻzbekiston daryolarida uchraydi. 4–5 yilda voyaga yetadi. Bahorda yoki yoz boshida suv tubidagi uyasiga 480 mingtacha uvildiriq tashlaydi. Erkagi tuxumlarini qoʻriqlaydi. Umurtqasiz jonivorlar bilan oziqlanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil