Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Lotaringiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Lotaringiya (Lorraine) — Sharqiy Fransiyadagi tarixiy viloyat. Mozel daryosi havzasida joylashgan. Lotaringiyahududida Myort va Mozel, Myoz, Mozel, Vogez departamentlari joylashgan. 23,5 ming km². Aholisi 3,3 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Bosh shaharlari — Nansi va Mets. 9-asrda Lotaringiya— qirollik (Reyn daryosining quyi va oʻrta havzalari), 10-asr — 1766-yilda (tanaffus bilan) — gersoglik. 1766-yildan L.ning hamma hududi Fransiya tarkibiga kirgan, (1790-yil gacha viloyat maqomida). 1871-yil Sharqiy LotaringiyaGermaniya tomonidan zoʻrlik bilan egallab olingan. 1919 i. Fransiyaga qaytarib berilgan. 1940-yil Germaniya yana bosib olgan, 1944-yil ozod etilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil