Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Louis XIV

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lyudovik XIV

Lyudovik XIV portreti (Giatsint Rigo, 1701)
Fransiya qiroli
Mansab davri
14-may 1643-yil – 1-sentyabr 1715-yil
Oʻtmishdoshi Lyudovik XIII
Vorisi Lyudovik XV
Toj kiydirish marosimi 7-iyun 1654-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Louis Dieudonné de Bourbon

5-sentyabr 1638-yil
Sen-Jermen saroyi, Sen-Jermen-an-Le, Fransiya
Vafoti 1-sentyabr 1715-yil(1715-09-01)
(76 yoshda)
Versal saroyi, Versal, Fransiya
Turmush oʻrtogʻi
Onasi Anna
Otasi Lyudovik XIII

Lyudovik XIV (fransuzcha: Louis Dieudonné (talaffuzi: Lui-Dyodonne); 5-sentyabr 1638-yil — 1-sentyabr 1715-yil) 14-may 1643-yildan to oʻlimiga qadar, yaʼni 1715-yilgach Fransiya qiroli boʻlgan. U taxtda 72 yil-u 110 kun mobaynida oʻtirgan hamda insoniyat tarixida eng uzoq taxtda oʻtirgan monarxga aylangan[1]. Burbonlar sulolasidan. Uning davrida Fransiyada mutlaq hokimiyat oʻzining eng yuqori choʻqqisiga chiqqan. Rivoyatlarga koʻra, „Davlat — bu men“ degan ibora Lyudovik XIV ga tegishli. Fransiya hududini kengaytirish maqsadida olib borgan toʻxtovsiz urushlar, qirol saroyining katta harajatlari, soliqlarning oshishi, diniy taʼqiblar xalq qoʻzgʻolonlariga sabab boʻlgan. Bu esa Burbonlar sulolasini inqirozini yaqinlashtirgan. Mutlaq monarxiya davrida Fransiyada hali ham sanoat Angliyadan orqada qolayotgan edi.

  1. „Louis XIV“. MSN Encarta (2008). 2009-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 20-yanvar.