Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Negativ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Negativ (lotincha negativus — manfiy, salbiy) — 1) oq-qora yoki rangli qismlari obʼyektning asliga qaramaqarshi boʻlgan fototasvir. N.da oq joylar qoramtir, qora joylar oqish boʻlib koʻrinadi. Rangli N.datasvirni suratga olinayotgan obʼyektning qoʻshimcha rangi bilan, Mas, yashil rang qizil bilan, zangori rang sariq va boshqa bilan beriladi; 2) teskari tasvirli foto- yoki kinoplyonka, fotoplastinka; N.ni maxsus eritmada ochiltirib, mustahkamlab, yuvib, quritib, N. tasvir hosil qilinadi. N. maxsus eritmada ishlab, pozitiv tasvir, yaʼni ochiltirilgan toʻgʻri tasvir olinadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil