Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Neptun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Neptun (belgisi: ♆) — Quyosh tizimidagi Quyoshdan uzoqligi boʻyicha 8-sayyora. Koʻzga koʻrinmaydi, belgisi if yoki T. Fransuz astronomi U. Leveryening matematik hisoblari asosida 1846-yil nemis astronomi I. Galle kashf etgan. Quyoshdan oʻrtacha uzokligi 30,071 astronomik birlik (4498,6 mln. km). Orbitasining ekssentrisiteti 0,008, orbita tekisligi ekliptika bilan G46’ burchak tashkil etadi. Quyosh atrofidagi aylanish davri 164,788 yil, oʻz oʻqi atrofida 16 soatda aylanib chiqadi. Neptunning ekvatorial radiusi 24750 km, massasi Yer massasining 17,25 baravariga teng. Neptun moddasining oʻrtacha zichligi boshqa gigant-sayyoralarniki kabi 1,71 g/sm³ ga teng. Ekvatorda ogʻirlik kuchi tezlanishi 15m/s2, Neptun sirtida ikkinchi kosmik tezlik 25 km/s. Neptun atmosferasi vodorodning metan bilan bir oz aralashmasidan iborat molekulalaridan tashkil topgan. Neptun tashki qatlamining temperaturasi 200° atrofida. Oddiy koʻz bilan Neptunni kuzatib boʻlmaydi. Teleskopda burchak diametri taxminan 2,5" boʻlgan yashil disk boʻlib koʻrinadi. Neptunning 8 ta tabiiy yoʻldoshi boʻlib, ulardan 2 tasi katta — Nerida va Triton bor.

Neptunning kashf etilishi astronomiyaning katta yutuqlaridan biridir. Uran kashf etilgandan ikki yil oʻtgandan keyin, 1783-yil rus astronomi A. N. Lek-sel (1740—84) uning harakatini oʻrga-nib, Uranning hisoblangan yoʻldan muntazam ravishda ogʻishini aniqladi, bu ogʻish 8-nomaʼlum sayyoraning taʼsiri ekanligini aytgan. Bu gipotezani fransuz fizigi D. F. Arago qoʻllab-quvvatlagan. J. K. Adame va U. Leveryelar bir-biridan mustaqil holda uning oʻrnini mustaqil ishlab chiqqan.[1]

Neptun Quyosh tizimining Quyoshdan uzoqliligi boʻyicha sakkizinchi oʻrinda turuvchi sayyoradir.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil