Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Quyosh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Quyosh   ☉
Quyosh
Kuzatuv tasnifi
Yerdan uzoqligi (oʻrtacha)
149.6×106 km
(yorugʻlik uchun 8.31 daqiqalik yoʻl)
Koʻrinma yulduz kattaligi (V) −26.8m
Mutlaq yulduz kattaligi 4.8m
Spektrga koʻra tabaqalanishi G2V
Mehvar tasnifi
Somon Yoʻli markazidan
uzoqligi (oʻrtacha)
~2.5×1017 km
(26,000-28,000 yorugʻlik yili)
Galaktik davri 2.25-2.50×108 Yer yili
Tezlik 217 km/s (Galaktika markaziga nisbatan), 20 km/s (qoʻshni yulduzlarga nisbatan)
Fizik tasnif
Oʻrtacha diametri 1.392×106 km
(109 Yer diametri)
Perimetri 4.373×106 km
(342 Yer diametri)
Siqiqligi 9×10−6
Yuzasining maydoni 6.09×1012 km²
(11,900 Yer maydoni)
Hajmi 1.41×1018 km³
(1,300,000 Yer hajmi)
Massasi 1.988 435(27) × 1030 kg

(332,946 Yer massasi)

Zichligi 1.408 g/sm³
Sirtidagi tortish kuchi 273.95 m s−2

(27.9 g)

Ikkinchi kosmik tezlik 617.54 km/s

(55 Yer IKT)

Sirtidagi harorat 5785 K
Protuberanetsidagi harorat 5×106 K
Yadrosidagi harorat ~13.6×106 K
Yorqinlik (LQuyosh) 3.827×1026 Vt
~9×1027 kd
~3×1027 kd
Oʻrtacha intensivlik (IQuyosh) 2.009×107 Vt m−2 sr−1
Aylanishi tasnifi
Ekliptikaga ogʻish burchagi 7.25°
(Yer ekliptikasiga nisbatan)
67.23°
(Galaktika tekisligiga nisbatan)
Rektassenziya
(Shimoliy Qutb uchun)
286.13°
(19 soat 4 daq 30 s)
Deklinatsiya
(Shimoliy Qutb uchun)
+63.87°
Aylanish davri
(ekvatorda)
25.3800 Yer sutkasi
(25 kun 9 soat 7 daq 13 s)
Aylanish tezligi
(ekvatorda)
7174 km/soat
Fotosfera tasnifi
Vodorod 73.46 %
Geliy 24.85 %
Kislorod 0.77 %
Uglerod 0.29 %
Temir 0.16 %
Neon 0.12 %
Azot 0.09 %
Kremniy 0.07 %
Magniy 0.05 %
Oltingugurt 0.04 %

Quyosh — Quyosh tizimining markaziy jismi, qizigan plazma shari. Quyosh Yerga eng yaqin G2 sh — Quyosh tizimining markaziy jismi, qizigan plazma shari. Quyosh Yerga eng yaqin G2 sinfiga mansub sariq mitti yulduz. Massasi 1,990×1030 kg (Yernikidan 332958 marta koʻp). Quyoshda Quyosh tizimi massasining 99,866 foizi jamuljam. Yerdan Quyoshgacha masofa 1,4710×1011 m dan (yanvar) 1,5210×1011 m gacha (iyul) boʻlib, oʻrtacha 1,4960×1011 m ni tashkil etadi (astronomik birlik). Quyosh diametri 1,392×1011 9 m (Yer ekvatori diametridan 109 marta koʻp). Oʻrtacha zichligi 1,41×1011 kg/m3. Quyosh sirtida erkin tushish tezlanishi 273,98 m/s kvadrat, parabolik tezlik (ikkinchi kosmik tezlik) esa 6,18×105 m/s. Sirtidagi harorat 5770 K. Quyosh sistemasidagi sayyoralar soni 8 ta. Astronomik belgisi fi .

Quyosh — quyosh sistemasining markaziy jismi; Yerga eng yaqin joylashgan yulduz. Unda sistemaning 99,866% massasi (Mo=1,99T033g) joylashgan. Quyosh qizigan plazmali shardan iborat, radiusi Ko=696000 km. U massasi boʻiicha Yerdan 332958, diametri boʻyicha 109 marta katta. Oʻrtacha zichligi 1,41T03 kg/m³. Yer Quyosh atrofida oʻrtacha 29,5 km/sek tezlik bilan choʻziq boʻlmagan el-lipsoid orbita boʻylab harakatlanadi. Yerning Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 149597870 ±1,6 km (astronomik birlik); perigeliyda afeliyga qaraganda 5 mln. km kamroq. Quyosh sirtidagi tortilish kuchi tezlanishi 273,98 m/sek2. Quyosh sirtidagi effektiv temperatura, uning toʻla nurlanishi boʻyicha 5770 K ga teng. Yerni oʻz orbitasida ushlab turuvchi kuch 3,6T021kg. Quyosh oʻlchamlariga koʻra oʻrtacha sariq yulduz boʻlib, spektr yorqinlik Gersshprung — Ressel diagrammasining oʻrta qismidan oʻrin oladi. Quyoshning spektral sinfi S2U.

Quyosh Galaktikamizspiraltarmoqlaridan birida, Galaktika markazidan 10 kps (kiloparsek) masofada joylashgan (qarang Parsek). Quyosh Galaktika markazi atrofida 200 mln. yil davomida bir marta aylanib chiqadi. Yaqin yulduzlarga nisbatan Quyosh sekundiga 20 km tezlik bilan harakat qiladi. Quyoshning yoshi 5T09yilsinfiga mansub sariq mitti yulduz. Massasi 1,990×1030 kg (Yernikidan 332958 marta koʻp). Quyoshda Quyosh tizimi massasining 99,866 foizi jamuljam. Yerdan Quyoshgacha masofa 1,4710×1011 m dan (yanvar) 1,5210×1011 m gacha (iyul) boʻlib, oʻrtacha 1,4960×1011 m ni tashkil etadi (astronomik birlik). Quyosh diametri 1,392×1011 9 m (Yer ekvatori diametridan 109 marta koʻp). Oʻrtacha zichligi 1,41×1011 kg/m3. Quyosh sirtida erkin tushish tezlanishi 273,98 m/s kvadrat, parabolik tezlik (ikkinchi kosmik tezlik) esa 6,18×105 m/s. Sirtidagi harorat 5770 K. Quyosh sistemasidagi sayyoralar soni 8 ta. Astronomik belgisi☉.

Quyosh — quyosh sistemasining markaziy jismi; Yerga eng yaqin joylashgan yulduz. Unda sistemaning 99,866 % massasi (Mo=1,99T033g) joylashgan. Quyosh qizigan plazmali shardan iborat, radiusi Ko=696000 km. U massasi boʻiicha Yerdan 332958, diametri boʻyicha 109 marta katta. Oʻrtacha zichligi 1,41T03 kg/m³. Yer Quyosh atrofida oʻrtacha 29,5 km/sek tezlik bilan choʻziq boʻlmagan el-lipsoid orbita boʻylab harakatlanadi. Yerning Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 149597870 ±1,6 km (astronomik birlik); perigeliyda afeliyga qaraganda 5 mln. km kamroq. Quyosh sirtidagi tortilish kuchi tezlanishi 273,98 m/sek2. Quyosh sirtidagi effektiv temperatura, uning toʻla nurlanishi boʻyicha 5770 K ga teng. Yerni oʻz orbitasida ushlab turuvchi kuch 3,6T021kg. Quyosh oʻlchamlariga koʻra oʻrtacha sariq yulduz boʻlib, spektr yorqinlik Gersshprung — Ressel diagrammasining oʻrta qismidan oʻrin oladi. Quyoshning spektral sinfi S2U.

Quyosh Galaktikamizspiraltarmoqlaridan birida, Galaktika markazidan 10 kps (kiloparsek) masofada joylashgan (qarang Parsek). Quyosh Galaktika markazi atrofida 200 mln. yil davomida bir marta aylanib chiqadi. Yaqin yulduzlarga nisbatan Quyosh sekundiga 20 km tezlik bilan harakat qiladi. Quyoshning yoshi 5T09yil.

Quyosh optik va radioteleskoplar yordamida tekshiriladi. Kosmosga uchishlar Quyoshning Yer atmosferasi oʻtkazmaydigan qisqa toʻlqinli va korpuskulyar nurlanishini ham tekshirishga yoʻl ochib berdi.

1611-yilda G. Galiley teleskop yordamida Quyoshni birinchi bor kuzatib, Quyosh dogʻlari va oʻz oʻqi atrofida aylanish davrini aniqtagan. Olmon astronomi G. Shvabe esa 1843-yilda Quyosh oʻzgarishining soni yoki Quyosh faolligi davriy oʻzgarishini topdi, 1814-yilda Y. Fra-ungofer Quyosh spektrida yutilish chiziqlarini, 1859-yilda nemis olimlari Kirxgof bilan Bunzen bu chiziqlar Quyoshning tashqi qatlamlarida, uning atmosferasida paydo boʻlishini kashf etdi. Bu Quyoshning kimyoviy tarkibini, fizik tabiatini tekshirishda muhim rol oʻynadi. 1913-yilda amerikalik astronom J. Xeyl Quyosh dogʻlari Quyosh sirtining sovigan qismlari ekanligini va fraungofer chiziqlarining zeyemancha ajralishidan Quyosh sirtida kuchli magnit maydonlari borligini kashf etdi (qarang Quyosh magnetizmi). 1940-yillar boshida Quyosh radiotoʻlqinlar manbai ekanligi aniqchandi. 1942-yilda shved olimi B. Edlen va boshqa olimlar Quyosh toji spektridagi bir necha spektral chiziqni koʻp marta ionlangan kimyoviy elementlarning spektral chiziqlari ekanini aniqladi, shu bilan Quyosh tojining yuqori temperaturaga egaligini kashf etdi. XX asrning yarmida magnit gidrodinamika va plazma fizikasining rivojlanishi Quyosh fizikasining rivojlanishiga muhim turtki boʻldi. Kosmik eraning boshlanishidan soʻng Quyoshning ultrabinafsha va rentgen nurlanishi raketalar, Yer sunʼiy yoʻldoshlariga oʻrnatilgan avtomatik orbital rasadxonalar, bortida kosmonavtlar boʻlgan kosmik lab. lar yordamida oʻrganilmoqsa. Qrim, Pulkovo va boshqa rasadxonalarida, koʻpgina xorij mamlakatlari bilan bir qatorda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya institutida ham Quyoshni oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar olib borilmoqda (qarang: Astronomiya).

Quyosh oʻz oʻqi atrofida yer singari muntazam sharqdan gʻarbga tomon aylanadi. Aylanish tezligi Quyosh ekvatorida 2 km/sek boʻlib, qutblari tomon kamayib boradi. Ekvatorda aylanish davri =25, qutblari yaqinida esa =31 sutkaga teng. Quyoshning toʻla nurlanishi Quyosh zenitda boʻlganda Yer sirtiga tushadigan yoritilganlik (100 ming lyuks) boʻyicha aniqlanadi. Yerning Quyoshdan oʻrtacha masofasida, atmosferadan tashqaridagi yoritilganlik 127 ming lyuksni; Quyoshning yorugʻlik kuchi 2,84-1027shamni tashkil qiladi. Quyosh ning toʻla nurlanish quvvati 3,83T026 Vt, undan Yerga taxminan 2T017Vt yetib keladi.

Quyosh osmonda burchak diametri oʻrtacha 1919"26 ga teng disk singari koʻrinadi. Quyosh sirtining oʻrtacha ravshanligi (Yer atmosferasidan tashqarida kuzatilganda) 1,98T09nt, Quyosh diskining markaziy qismlari ravshanligi 2,48T0CH nt ga teng. Quyosh diskida ravshanlikning markazidan chetga tomon kamayishi spektrning turli qismlari (toʻlqin uzunliklari)da turlicha. Qisqa toʻlqinlarda chetga tomon xiralashish uzun toʻlqinlarga qaraganda kuchli. Quyosh diskining eng chetida ravshanlik bir sekund burchak ichida yuz marta kamayadi, shuning uchun Quyosh diski cheti juda aniq koʻrinadi. Rav-shanlikning Quyosh diski markazidan chetga tomon kamayishi Quyosh atmosferaga egaligidan dalolat beradi. Quyoshni tekshirish asosan uning spektrini oʻrganishga asoslangan.

Quyosh spektri mingdan ortiq yutilish chiziklari (Fraungofer chiziqlari) bilan kesilgan tutash spektrdan iborat. Quyosh spektorida energiyaning taqsimlanishi 6000°K gacha qizigan mutlaq qora jism spektrinikiga asosan mos keladi.

Fraungofer chiziqlarining toʻlqin uzunligi va intensivligi lab. nur manbalariniki bilan taqqoslanib, Quyoshda 69 kimyoviy element borligi aniqtangan. Quyosh, asosan, vodorod va geliydan tarkib topgan. Har bir 1000 vodorod atomiga 100 ta geliy, bir necha oʻn kis-lorod, uglerod, azot va boshqa element atomi toʻgʻri keladi. Quyosh spektrida ayrim molekulalar (ON, N14, SN, SO va boshqalar)ning ham chiziqlari bor.

Quyosh atmosferasi tabiatiga koʻra, 3 ta asosiy qatlam, yaʼni eng pastki qatlam — fotosfera, oʻrta qatlam — xromosfera va tashqi qatlam — quyosh tojidan iborat. Quyoshning qariyb barcha nurlanish energiyasi fotosferadan sochiladi. Fotosferaning modda zichligi 3-10 ~7g/sm³, fotosferada temperatura tashqi qatlamlarga oʻta borib kamayadi va uning oʻrtacha qiymati taxminan 6000 K, fotosfera chegarasida deyarli 4200 K boʻladi. Bosimi 2-104dan 102N/m2gacha oʻzgarib turadi. Fotosfera ostida qalinligi 200 ming km konvektiv zona joylashgan. U fotosferaga taʼsir etib turadi, natijada fotosferaning ravshanligi notekis donador (granula) tuzilishga ega va u oʻzgarib turadi. Fotosfera granulalarining diametri 150-1000 km, „yashash davri“ 5-10 min. Granulalarning ravshanligi oʻrtacha fondan =10 % ga ortiq. Fotosferada radial yoʻnalishda kvazidavriy tebranishlar harakati topildi. Bu tebranishlar 2-3 ming km oʻlchamdagi maydonlarda 5 min. davr bilan va 500 m/sek tezlik amplitudasi bilan sodir boʻladi. Bir necha tebranish davrlaridan soʻng soʻnib, yana qayta hosil boʻlishi mumkin.

Fotosferada dogʻlar va mashʼallar deb ataluvchi Quyosh yuzasining detallari kuzatiladi. Quyosh dogʻlari kuchli (5000 e) magnit maydoniga ega. Odatda, Quyosh dogʻlari yuliq toʻrsimon yorugʻ maydonchalar — mashʼallar bilan oʻralgan. Ular Quyosh diski cheti yaqinida yaqqol koʻrinadi va ravshanligi atrofnikidan 18 % ga ortiq. Mashʼallarning temperaturasi ham atrofnikidan bir necha yuz gradusga ortiq. Mashʼallar ustida, xromosferada flokkulalar kuzatiladi. Quyosh dogʻlari atrofida xromosfera va Quyosh tojida protuberanetslar deb ataluvchi gaz bulutlari, sirtmoqsimon gaz oqimlari ham kuzatiladi. Quyosh atmosferasining bu detallari Quyosh dogʻlari bilan birgalikda Quyosh yuzasining aktiv sohalarini tashkil etadi.

Quyosh dogʻlarining oʻrtacha yillik soni, faol sohalarining soni 11 yillik davr bilan koʻpayib-kamayib turadi. Quyosh dogʻlari Quyosh ekvatorining ikkala tomonidan 5° dan 30° gacha geliografik kengliklarni oʻz ichiga olgan zonada uchraydi.

Fotosfera ustida xromosfera joylashgan. Quyosh toʻla tutilgan paytda xromosferani maxsus teleskop orqali kuzatilsa, u xuddi Oy diskini oʻrab turuvchi qizgʻish halqaga oʻxshaydi. Bu halqaning tashqi tomoni notekis boʻlib, tishli gʻildirakni eslatadi. Xromosferadagi bu alanga „tilcha“lari spikulalar deb ataladi va ularning diametri 200-2000 km, balandligi esa 10000 km. Xromosfera teleskopi yordamida maʼlum monoxro-matik nurda Quyosh diskida mayda (-1000 km) va yirik (2000-8000 km) yorugʻ tugunlardan tashkil topgan xromosfera toʻri koʻzga yaqqol tashlanadi. Xromosfera toʻri koʻzlarining kattaligi 30-40 ming km.

Xromosfera spektri bir necha yuz emission chizikdardan tarkib topgan. Xromosferada modda zichligi pastdan yuqoriga tomon 1 sm³da 1015atomdan 10’ atomgacha kamayib boradi. Xromosfera bilan fotosfera chegarasida temperatura 4500°K. Xromosfera asosidan bir necha ming km balandlikda esa temperatura ortib, 15-20 ming K ga yetadi. Atmosfera bosimi fotosferanikidan mln. marta kam. Monoxromatik nurda, odatda, mashʼallar ustida flokkulalar, vodorod chizigʻi nurida qora tolalar kuzatiladi. Quyosh gardishi yaqinida protuberanetslar koʻrinadi. Flokkulalar va protuberanetslarning soni Quyosh faolligi oʻzgarishi bilan oʻzgarib turadi. Protuberanetslarning Quyoshdan oʻrtacha balandligi 30-50 ming km, uzunligi 200 ming km. Protuberanetslar bir necha oy yashashi mumkin. Protuberanetslar temperaturasi 5000— 10000°K, modda zichligi xromosferaning oʻrtacha zichligiga yaqin. Protuberanetslarning shakli va ulardagi harakat xromosfera bilan Quyosh tojidagi magnit maydoniga bogʻliq.

Quyosh tojining (oq nurda) ravshanligi Quyosh gardishi markazinikidan million marta kam. Quyosh tojida qalqonsimon va yelpigʻichsimon yogʻdu, toj nurlari va qutb chyotkalari deb ataluvchi struktura elementlarini kuzatish mumkin. Quyosh toji Quyosh faolligi maksimum boʻlgan yillarda simmetrik, minimum boʻlgan yillarda esa ekvator boʻylab choʻziq shaklda boʻladi. Quyosh toji spektrida koʻp marta ionlashgan. Gʻe, Sa, M§, S, O, 8 elementlari atomlarining emission chiziklari bor. Quyosh tojida barcha atomlar ionlashgan. Quyosh tojining oʻrtacha temperaturasi 106 K dan ortiq va toj boʻylab sekin oʻzgaradi. Xromosfera bilan Quyosh chegarasidagi temperatura 105 K; 1 m³ hajmga 107 atom toʻgʻri keladi. Quyosh tojining tashqi qatlamlaridan fazoga yuqori energiyali zarra (proton, elektron)lar sochilib turadi va bu oqim quyosh shamoli deb ataladi. Faol sohalar ustidagi tojda radionurlanish, shuningdek, rentgen nurlanishi nihoyatda kuchli, Quyoshdagi xromosfera chaqnashlari vodorod chizigʻi Ns<da yaxshi koʻrinadi. Spektral chiziqlar paydo boʻladigan xromosfera sathlarida temperatura (1— 2)• 104K, undan yuqorida 107 K gacha koʻtariladi. Quyosh chaqnashlarining yuzasi 10’ km gacha boʻlishi mumkin. Odatda, chaqnashlar tez rivojlanayotgan Quyosh dogʻlari atrofida roʻy beradi. Chaqnashlar Quyoshning ultrabinafsha nurlanishini kuchaytiradi, qisqa muddatli kuchli radio va rentgen nurlanishlari, yuqori energiyali (1010eV) korpuskulyar oqimni hosil qiladi. Ayrim chaqnashlar yuqori energiyali zarra (proton)larning oʻta kuchli oqimi — kosmik nurlarni beradi. Bunday chaqnashlar kosmik fazodagi kosmonavtlar salomatligiga xavf tugʻdiradi. Quyoshda sodir boʻlib turadigan bunday jarayonlarni qayd qilish va oʻrganish maqsadida quyosh xizmati nomli kuzatish dasturi ishlab chiqilgan. Quyosh sirtida yuz beradigan barcha hodisalar, oʻz navbatida, Yer atmosferasi, magnitosferasi va biosferasida roʻy beradigan koʻpgina jarayonlarga taʼsir koʻrsatadi (qarang Quyosh — Yer bogʻliqligi, Quyosh radiatsiyasi).

Quyoshni kuzatishda katta koʻzguli teleskoplar ishlatiladi. Bu teleskoplar optik qismlarining koʻpi qoʻzgʻalmas, Quyosh nurlari bitta (geliostat, siderostat) yoki ikkita (selostat) olam oʻqi atrofida aylanuvchi koʻzgu yordamida teleskopning qoʻzgʻalmas optik qismlariga gorizontal (gorizontal quyosh teleskopi) yoki vertikal (minorali quyosh teleskopi) holda yoʻnaltiriladi. Odatda, katta teleskoplar kuchli spektrograflar bilan birga ishlatiladi. Quyosh spektri rasmga olinadi yoki fotoelektrik oʻlchash asboblari yordamida qayd qilinadi. Yer atmosferasini kuzatishda zararli taʼsirlarni bartaraf qilish maqsadida Quyosh teleskoplari oʻrnatilgan orbital rasadxonalar yordamida Yer sathidan 20-25 km balandlikka koʻtariladigan maxsus Quyosh teleskoplari qoʻllanadi.

Konvektiv zona

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyoshning konveksiya zonasi 0,7 quyosh radiusidan (500 000 km) er yuzasiga yaqin masofada joylashgan. Ushbu qatlamda quyosh plazmasi ichki qismning issiqlik energiyasini radiatsiya orqali tashqariga oʻtkazish uchun yetarlicha zich yoki issiq emas. Buning oʻrniga, plazmaning zichligi konvektiv oqimlarning rivojlanishiga va Quyosh energiyasini uning yuzasiga qarab harakatlanishiga imkon beradigan darajada past boʻladi. Taxoklinda isitiladigan material issiqlikni oladi va kengayadi, shu bilan uning zichligini pasaytiradi va uning koʻtarilishiga imkon beradi. Natijada, massaning tartibli harakati issiqlikning katta qismini tashqariga, Quyoshning yuqoridagi fotosferasiga olib boradigan termal hujayralarga aylanadi. Material diffuziyali va radiatsiyaviy ravishda fotosfera yuzasi ostida sovigandan soʻng, uning zichligi oshadi va u konveksiya zonasining asosiga tushadi, shuningdek, u yerda yana radiatsiya zonasining yuqori qismidan issiqlikni oladi va konvektiv aylanish davom etadi. Fotosferada harorat 5,700 K (5,430 °C; 9,800 °F) (350 marta) ga, zichlik esa atigi 0,2 g/m3 (taxminan 1/10 000) ga tushdi. Dengiz sathida havo zichligi va konvektiv zonaning ichki qatlamining 1 milliondan bir qismi).

Konveksiya zonasining termal ustunlari Quyosh yuzasida iz hosil qilib, unga eng kichik masshtabda quyosh granulyatsiyasi va kattaroq masshtabda supergranulyatsiya deb ataladigan donador koʻrinish beradi. Quyosh ichki qismining ushbu tashqi qismidagi turbulent konvektsiya Quyoshning sirtga yaqin hajmida „kichik miqyosdagi“ dinamo harakatini taʼminlaydi. Quyoshning issiqlik ustunlari Bénard xujayralari boʻlib, taxminan olti burchakli prizma shakliga ega.[1]


  1. Mullan, D.J „Solar Physics: From the Deep Interior to the Hot Corona“, . From the Sun to the Great Attractor. Springer, 2000 — 22-bet. ISBN 978-3-540-41064-5.