Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Nikolay Dimo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nikolay Aleksandrovich Dimo (1873.30.11, Orgeyev - 1959.15.3, Kishinyov) — tuproqshunos olim, VASXNIL akademik. (1948), Moldaviyada xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1946). No-voaleksandriya qishloq xoʻjaligi va oʻrmonchilik institutini tugatgan (1902). SAGU (hoz. Oʻzbekiston milliy universiteti) va Kishinyov universitetini tashkil etishda qatnashgan; Oʻrta Osiyo tuproqshunoslik va geobotanika ilmiy tadqiqot institutiga (1920—31), Moldaviya Fanlar akademiyasi Tuproqshunoslik institutiga rahbarlik qilgan (1957—59). 1945-yildan Kishinyov universiteti professor, tuproqshunoslik kafedrasi mudiri. D.ning ilmiy ishlari tuproq geog.si, ularning shoʻrlanishi, biologiyasi, fizikasiga; Rossiya Yevropa qismi markaziy hududlari, Oʻrta Osiyo, Zakavkazye va Moldaviya tuproq melioratsiyasini oʻrganishga bagʻishlangan. D. rahbarligida Sirdaryo va Amudaryo oraligʻidagi tuproq qoplami tadqiq etildi, Oʻrta Osiyoning dastlabki tuproq haritasi tuzildi.[1]

  1. "Dimo Nikolay Aleksandrovich" OʻzME. D-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil