Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Oratoriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oratoriya (lot. oratorium – ibodatxona) – yakkaxon xonandalar, xor va orkestr uchun yaratilgan, odatda, dramatik syujetga asoslangan yirik musiqa asari. XVI-XVII asrlarda Italiyada diniy musika janri sifatida yuzaga kelgan. Opera va kantata bilan deyarlik bir davr (XVI-XVII asrlar)da Italiyada shakllangan. Lekin kantatadan yirikligi, muayyan syujetga asoslanganligi, operadan esa dramatik rivoj urniga bayon xususiyatlari yetakchiligi bilan ajralib turadi. Operaning keng kulamli mumtoz namunalarini G. Gendel yaratgan. U oʻz operalarida, asosan, Injil mavzulariga tayanib, xalq va uning qahramonlarini madh etgan. Opera Yevropa kompozitorlari (I. S. Bax, Y. Gaydn, G. Berlioz, F. List, R. Shuman, A. Onegger, P. Dessau, K. Pende-retskiy, Yu. Shaporin, A. Shnitke va boshqalar) ijodidan keng oʻrin olgan. Markaziy Osiyo mamlakatlarida Q. Moddobosanov (Qirgʻiziston), G. Jubanova (Qozogʻiston) va boshqalarning operalari mashhur. Oʻzbekistonda I. Akbarovning „Toshkentnoma“ va "Nakshbandiya, F. Yanov-Yanovskiyning „Chili“, M. Bafoyevning „Buxoronoma“, „Hajnoma“ kabi operalari tanilgan.

Toʻxtasin Gʻafurbekov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil