Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Penitsillin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Penitsillin — kimyoviy tuzilishi bir-biriga yaqin tabiiy va yarim sintetik antibiotiklar guruhi. Tibbiyot amaliyotida ilk bor qoʻllangan, P.ni Penicillium turkumiga mansub zamburugʻlar ishlab chiqaradi. 1928-yilda amerika bakteriologi A. Fleming zamburugʻlarning bakteriyalarga taʼsir etuvchi xossasi borligini tasodifan aniqlagan. Ammo, faqat 1941-yilda A. Fleming, ingliz patologi X.Flori bilan birga mogʻor zamburugʻining bulon filtratidan P.ni ajratib olib, 1945-yil P. va uning yuqumli kasalliklarni davolashda samaradorligini kashf etganlari uchun Nobel mukofo-tiga sazovor boʻldi.

Hozirgi tibbiyotda tabiiy va yarim sunʼiy P.lardan foydalaniladi. Tabiiy P.ga benzilpenitsillinning natriyli va kaliyli tuzi, bitsilin -1, -3, -5 va fenoksimetilpenitsillinlar ki-radi. P. molekulasining asosiy qismini 6-aminopenitsillin kislota tashkil qilib, bu betalaktam va tiazolin halqalaridan tashkil topgan murakkab geterotsiklik birikma hisoblanadi. Tabiiy P.ning taʼsir doirasi tor. Tabiiy P. stafilokokk, streptokokk, pnevmokokk, gonokokk, meningokok-klar, gazli gangrena, qoqshol, botulizm, kuydirgi, difteriya, zaxm kabi kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilariga juda faol taʼsir etadi. Shuning uchun u pnevmoniya, septik endokardit, jarohatlanish oqibatida kelib chiqqan kasalliklar, saramas, peritonit, sistit, osteomiyelit, difteriya, skarlatina va boshqa kasalliklarda qoʻllanadi.

Yarim suniy P.ga biologik va kimyoviy yoʻllar bilan olinadigan har xil moddalar kiradi. P. kislotasidagi benzil radikali oʻrniga har xil boshqa radikallar qoʻshilishi natijasida yarim sunʼiy P.ning bir qancha avlodlari olindi, bular antibakterial doirasi, penitsillinazaga chidamliligi va boshqa xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Yarim sunʼiy P.ning za-harliligi kam, organizmdagi suyukdik va toʻqimaga yengil soʻriladi.

P.ning aktibakterial taʼsir mexa-nizmi, hujayra devori sintezining buzilishi bilan bogʻliq boʻlib, bunda peptidoglikam (murein) moddasini sintez qiluvchi reaksiya toʻsib qoʻyiladi. Shu sababli P. guruhi dorilari, asosan, oʻsuvchi bakteriya hujayralariga taʼsir qiladi. Shu bilan birga maʼlum bir bakteriyalar x,ujayra devorining sintezi buzilsa ham oʻz xayot faoliyatini saqlab qolib, L - shakldagi mikroorganizmga aylanishi mumkin.

P. guruhi antibiotiklarini koʻllashda bakteriyalarni ularga nisbatan taʼsirchanligi eʼtiborga olinadi va shi-fokor maslahatiga koʻra qoʻllanadi.

P.ning nojoʻya taʼsiriga, asosan, allergik reaksiyalar, parenteral yoʻl bilan yuborilgandagi asoratlar (ogʻriq, abssess, flebit va boshqalar), disbakterioz misol boʻla oladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil