Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Qurayba binti Abu Umayya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qurayba binti Abu Umayya
Tavalludi
Vafoti Hijaz, Arabiston
Fuqaroligi Makka
Turmush oʻrtogʻi
Bolalari
  • Umm Hakim bint Muoviya
  • Umm Said bint Muoviya
  • Umm Habib bint Muoviya
  • Abdulloh ibn Abdurrahmon
  • Umm Hakim bint Abdurrahmon
  • Asma bint Abdurrahmon
  • Muhammad ibn Abdurrahmon
  • Hafsa bint Abdurrahmon
Otasi Abu Umayya ibn al-Mugʻiyra
Onasi Atika bint Utba

Kichik Qurayba binti Abu Umayya (arabcha: قريبة بنت أبي أمية) – Islom paygʻambari Muhammadning sahobasi, xalifa Umar va umaviy xalifa Muoviya I ning xotini boʻlgan[1].

Qurayba binti Abu Umayya Makkadagi Quraysh qabilasining boy urugʻlaridan hisoblangan Banu Maxzum urugʻidan boʻlgan. Uning otasi Abu Umayya ibn al-Mugʻiyra[2] VII asr boshlarida Makkaning boshligʻi boʻlgan[3]. Onasi Quraysh qabilasining Abdshams urugʻidan Atika binti Utba edi. Hind binti Utba esa Qutaybaning xolasi[2], Ummu Salama esa uning singlisi boʻlgan[4].

Birinchi nikohi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qutayba binti Abu Umayya 616-yillardan biroz oldinroq xalifa Umarga turmushga chiqqan[5][6]. Xalifa bir vaqtning oʻzida Zaynab binti Maz’un va Ummu Gulsum binti Jarvalga uylangan edi. Xalifaning ikki xotinidan besh farzandi bor edi, biroq Quraybadan farzand koʻrmagan[7].

Umar 616-yilda islomni qabul qilgan[7] va garchi Ummu Gulsum va Qurayba hali ham mushrik boʻlsalar-da[5][8], butun oila 622-yilda Madinaga hijrat qilgan[5]. Quraybaning nomi Madinada singlisi Ummu Salamaning chaqalogʻini boqishga yordam bergan voqeada qisqacha tilga olinadi[2].

628-yilda tuzilgan Hudaybiya shartnomasidan koʻp oʻtmay, Muhammad musulmonlarga „kofir ayollarning iplaridan ushlamanglar“ degan vahiyni eʼlon qilgan. Shunga koʻra, Umar Ummu Gulsum va Quraybani taloq qilgan va ularning ikkalasi ham Makkaga qaytib ketganlar[5].

Ikkinchi nikohi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keyin Qurayba 630-yil yanvaridan oldin oʻzining amakivachchasi Muoviya I ga turmushga chiqqan, oʻsha paytda ularning ikkalasi ham mushriklar edi[8][6]. Biroq keyinchalik Muoviya ham Quraybani taloq qilgan. Ularning Ummu Hakim, Ummu Said va Ummu Habib ismli uch nafar qizlari boʻlgan.

Uchinchi nikohi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keyinroq Quraybaga Abdurahmon ibn Abu Bakr as-Siddiq uylanmoqchi boʻlgan. Oysha akasi uchun muzokaralar olib borgan, Banu Maxzum oilasi ham Quraybani unga turmushga berishga rozi boʻlgan[9]. Abdurrahmon va Quraybaning Abdulloh, Ummu Hakim, Asmo, Muhammad va Hafsa ismli farzandlari boʻlgan[2].

Abdurrahmon ayollarga nisbatan qoʻpolligi bilan mashhur boʻlgan va Maxzumlar oilasi uning Quraybaga nisbatan munosabatiga norozilik bildirgan. Shundan soʻng, Quraybaning oilasi uni Abdurrahmonga turmushga berishga faqatgina Oysha tufayli rozilik berganliklarini daʼvo qilishgan, shundan soʻng Oysha akasiga boʻlayotgan voqealarni yetkazgan. Bir kuni Qurayba Abdurrahmonga: „Meni siz haqingizda ogohlantirdilar!“ – deydi. Abdurrahmon esa: „Istasang, taloq qilaman“, deb javob berdi. Shunda Qurayba fikrini oʻzgartirib: „Men hech kimni Abu Bakrning oʻgʻlidan ustun qoʻymayman“, deydi va ular birga qolishadi[9][2].

  1. „Hadith - Book of Divorce - Sahih al-Bukhari - Sunnah.com - Sayings and Teachings of Prophet Muhammad (صلى الله عليه و سلم)“. sunnah.com. Qaraldi: 2020-yil 25-noyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publications.
  3. Guillaume, A. (1960). New Light on the Life of Muhammad, p. 24. Manchester: Manchester University Press.
  4. Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Landau-Tasseron, E. (1998). Volume 39: Biographies of the Prophetʼs Companions and Their Successors, pp. 80, 175. Albany: State University of New York Press.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 Muhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press.
  6. 6,0 6,1 Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Fishbein, M. (1997). Volume 8: The Victory of Islam. Albany: State University of New York Press.
  7. 7,0 7,1 Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.
  8. 8,0 8,1 Bukhari 3:50:891.
  9. 9,0 9,1 Malik ibn Anas. Al-Muwatta 29:14.