Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Rossiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Russiadan yoʻnaltirildi)
Rossiya Federatsiyasi
Российская Федерация
Madhiya: Rossiya Federatsiyasining Davlat Madhiyasi
Location of Rossiya
Poytaxt Moskva
Eng katta shahar Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Yekaterinburg, Nijniy Novgorod, Qozon, Samara, Omsk va boshqalar
Rasmiy til(lar) Ruscha
Hukumat Aralash Respublika
• Prezident
Vladimir Putin
Mixail Mishustin
• Federatsiya kengashi raisi
Valentina Matviyenko
• Davlat dumasi raisi
Vyacheslav Valodin
• Oliy sud raisi
Vyacheslav Lebedov
• Konstitutsiyaviy sudi raisi
Valeriy Zorkin
Mustaqillik (Sovet Ittifoqidan)
• Sana
25-Dekabr 1991
Maydon
• Butun
17,098,246 km2 (1-oʻrin)
• Suv (%)
13 [1]
Aholi
• 2022-yilgi roʻyxat
145,478,097 kishi (Qrim bilan)[2]
143,054,637 (Qrimsiz)[2] (9-oʻrin)
• Zichlik 8,36/km2
YIM (XQT) 2022-yil roʻyxati
• Butun
$1.777 trillion [3] (11-oʻrin)
• Jon boshiga
$11,654 [3]
Pul birligi Rus Rubli (RUB)
Vaqt mintaqasi UTC+2...+12
• Yoz (DST)
UTC+2...+12
Qisqartma RU, RUS
Telefon prefiksi 7
Internet domeni .ru, .su, .рф

Rossiya (ruscha: Россия), Rossiya Federatsiyasi (ruscha: Российская Федерация) — Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. Rossiya hududi 3 okean havzasiga qarashli 12 dengiz, jumladan, Boltiq, Qora va Azov (Atlantika okeani), Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir va Chukotka (Shim. Muz okeani), Bering, Oxota, Yapon dengizlari (Tinch okean), shuningdek, hech bir okeanga tutashmagan Kaspiy dengizi bilan oʻralgan. Maydoni 17,1 mln. km². Aholisi — 144 million kishi (2024). Poytaxti – Moskva shahri. Maʼmuriy jihatdan 89 subʼyekt: 21 respublika Adigeya, Boshqirdiston, Buryatiya, Dogʻiston, Ingushiya, Kabarda-Balkariya, Kareliya, Komi, Mariy El, Mordoviya, Oltoy, Saxa (Yakutiya), Tatariston, Tuva, Udmurtiya, Haqasiya, Checheniston, Chuvashiya, Shimoliy Osetiya, Qalmoq, Qorachoy Cherkasiya, 6 oʻlka (Krasnodar, Krasnoyarsk, Oltoy, Primorye, Stavropol, Xabarovsk), 49 viloyat (Amur, Arxangelsk, Astraxon, Belgorod, Bryansk, Vladimir, Volgograd, Vologda, Voronej, Ivanovo, Irkutsk, Kaliningrad, Kaluga, Kamchatka, Kemerovo, Kirov, Kostroma, Kurgan, Kursk, Leningrad, Lipetsk, Magadan, Moskva, Murmansk, Nijniy Novgorod, Novgorod, Novosibirsk, Omsk, Orenburg, Oryol, Penza, Perm, Pskov, Rostov, Ryazan, Samara, Saratov, Saxalin, Sverdlovsk, Smolensk, Tambov, Tver, Tomsk, Tula, Tyumen, Ulyanovsk, Chelyabinsk, Chita, Yaroslavl), 2 federal shahar (Moskva, Sankt-Peterburg), 1 muxtor viloyat (Yahudiylar), 10 muxtor okrug [Aga Buryatlari, KomiPermyaklar, Koryaklar, Nenetslar, Taymir (Dolgan Nenets), Ust Ordinskiy Buryatlari, XantiMansi, Chukotka, Evenklar, YamalNenets]ga boʻlinadi. Rossiyada 1091 shahar, 1922 shaharcha bor. 2000-yil Markaziy, Shimoliy-Gʻarbiy, Janubiy Volga boʻyi, Ural, Sibir, Uzoq Sharq, federal okruglari tashkil etildi.

Davlat tuzumi

Rossiya – boshqarishning respublika shakliga ega boʻlgan demokratik federativ respublika. Amaldagi Konstitutsiyasi 1993-yil 12-dekabrda qabul kilingan. Davlat boshligʻi – prezident (2000-yildan Vladimir Putin), u umumiy, teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan Rossiya fuqarolari tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi – 2 palata (Federatsiya Kengashi va Davlat dumasi)dan iborat Federal majlis (parlament). Ijrochi hokimiyatni rais boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Hukumat raisini Davlat dumasi bilan kelishgan holda prezident tayinlaydi.

Tabiat zonalari

Rossiya hududi meridian boʻylab 2,5–4 ming km ga, gʻarbdan sharqqa 9 ming km ga choʻzilgan. Mamlakatning eng gʻarbiy nuqtasi Polsha bilan boʻlgan chegarada (Kaliningrad viloyati), sharqiy nuqtasi Bering boʻgʻozidagi Ratmanov orolda, chekka jan. nuqtasi Ozarbayjon bilan boʻlgan chegarada, chekka shim. nuqtasi FransIosif Yeri arxipelagidagi Rudolf orolda, Rossiya hududining 45% oʻrmon, 4% suv, 13% qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar, 19% bugʻu yaylovlari, 19% boshqa yerlardir.

Relyefi

Rossiya maydonining qariyb 70% tekislik. Gʻarbda Sharqiy Yevropa (yoki Rossiya) tekisligi joylashgan. Unda bal. 250–400 m li Valday, Oʻrta Rossiya, Volgaboʻyi, BugulmaBelebey, Yuqori Kama va boshqa qirlar OkaDon, Kaspiyboʻyi va boshqa payettekisliklar bilan tutash. Undan sharkda Ural tog tizmasi, soʻng Gʻarbiy Sibir tekisligi boshlanadi. Yenisey va Lena daryolari oraligʻida Oʻrta Sibir yassitogʻligi, sharkda Markaziy Yakutiya payettekisligi bor. Mamlakat sharqi va janbuida togʻliklar koʻproq. Yevropa qismida Katta Kavkaz togʻining shim. yon bagʻrida tizma togʻlar (Rossiyadagi eng baland nuqta – Elbrus togʻi, 5642 m) joylashgan. Sibirdagi togʻ tizmalari – Oltoy, Kuznetsk Olatovi, Gʻarbiy Sayan togʻlari, Tuva, Baykalboʻyi, Baykal ortidagi togʻlar va Stanovoy tizmasi Rossiyaning jan. chegarasi boʻylab oʻtadi. Sibirning shimoli-sharqi (Verxoyansk va Cher tizma togʻlari), Uzoq Sharq (Chukotka va Koryak togʻlari)da oʻrtacha balandlikdagi tizmalar koʻproquchraydi. Tinch okean soxili boʻylab choʻzilgan Kamchatka va Kuril orollaridagi togʻlarda harakatdagi vulkanlar otilib turadi.

Geologik tuzilishi

Rossiya hududi Sharqiy Yevropa platformasining anchagina qismini, butun Sibir platformasini, Gʻarbiy Sibir plitasini, Janubiy Sibir, Verxoyansk-Chukotka burmali obl., Koryak yassitogʻligi, Kamchatka, Kuril orollari, Primorye va Saxalin burmali obl.larini egallaydi. Qadimgi platformalar yuqori proterozoy davrigacha boʻlgan kristalli fundament (zamin)dan iborat boʻlib, dengiz tubidagi qad. choʻkindi va vulkan jinslaridan tashkil topgan va keyinchalik burmalanib, metamorfizmga uchragan. Kareliya burmalanish davri tugagach, Sharqiy Yevropa va Sibir platformalari zaminining yuzasi denudatsiya natijasida tekislanib, choʻkindi jinslar ostida qolgan. Proterozoy davri oʻrtalarigacha qad. platformalarni oʻrab turgan burmali obl.lar oʻrnida okean boʻlib, asta-sekin geosinklinal tizimlari tarkib topa boshlagan va turli yoshdagi burmalangan obl.lar – baykal, kaledon, gersin, kimmeriy burmalanishlari hosil boʻlgan. Kavkazda geosinklinal rivojlanish jarayoni Alp burmalanish davrida tugagan. Kuril va Komandor orollarida, Oxota, Bering dengizlari botiqlarida geosinklinal rivojlanish hali tugamagan.

Maʼmuriy hududiy boʻlinishi

Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi federal davlat bo‘lib, 89 ta teng huquqli subyektlar - respublikalar, o‘lkalar, viloyatlar, federal ahamiyatga ega shaharlar, muxtor okruglar va muxtor viloyatdan iborat.

Mineral resurslari

Rossiya juda boy mineralxom ashyo zaxiralariga ega boʻlgan mamlakat. Dunyodagi 7 ta eng yirik koʻmir havzasidan 5 tasi Rossiyada joylashgan. Rossiyada dunyodagi temir rudasi, berilliy zaxirasining 30%, neftning 17–18%, gaz, olmos, niobiy, tantalning 70–75%, palladiyning 50%, nikelning 40% dan koʻprogʻi, uranning 10% mavjud. Jumladan, Uralda boksit, Shimoliy Kavkaz, Oʻrta va Janubiy Ural, Sharqiy Sibirda mis, Krasnoyarsk oʻlkasi shimolida misnikel, Zabaykalye va Uzok, Sharqda ruxqoʻrgʻoshin, Ural, Oltoy, Zabaykalye va Kola yarim orolda qimmatbaho toshlar, marmar, granit, bazalt, Saxada olmos konlari, shuningdek, turli joylarda volfram, molibden, surma, simob, oltin, kumush, platina, kobalt, slyudamoskovit, asbest va sh.k. foydali qazilmalarning katta konlari bor.

Iqlimi deyarli hamma joyda kontinental (chekka shim.gʻarbda dengiz ikdimi), Sibir va Uzoq Sharq shim. da keskin kontinental, janubida musson iklim (qishi sovuq, qor kam yogʻadi, yozi moʻʼtadil iliq). Qishda P. hududi ustida yuqori atmosfera bosimi (sharqaa Osiyo antitsikloni) hukmron boʻladi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Yevropa qismining gʻarbida va Kavkaz shimoida 0–5°, Saxa sharqida –40°, –50°, jumladan, Oymyakonda – 72,2° gacha. Yozda atmosfera bosimi pasayadi, shu sababli bu mavsum nisbatan iliq, janubida issiq, iyulning oʻrtacha temperaturasi G dan (Sibir shim.) 24–25° gacha (Kaspiyboʻyi pasttekisligida) yetadi. Eng koʻp yogʻingarchilik Kavkaz togʻlarida (yiliga 3200 mm gacha), Uzoq Sharq janubida (1000 mm gacha) va Sharqiy Yevropa tekisligining oʻrmon zonasida (850 mm gacha). Kaspiybuyi pasttekisligining yarim choʻl joylarida juda oz – yiliga 170 mm ga yaqin yogʻin tushadi. Qor qoplami mamlakat janubida 60–80 kun davom etsa, Chekka shimoida 260–280 kunga boradi.

Ichki suvlari

Rossiyada uzunligi 10 km dan oshadigan 120 mingga yaqin daryo bor. Daryolarning aksariyati Shimoliy Muz okeani havzasiga (Shim. Dvina, Pechora, Ob, Yenisey, Lena, Yana, Indigirka, Kolima va boshqalar), Tinch okean havzasiga (Amur, Anadir, Penjina va boshqalar), Atlantika havzasiga (Don, Kuban, Neva va boshqalar) mansub. Yevropaning eng uzun va sersuv Volga daryosi, shuningdek, Ural va Terek Kaspiy dengiziga quyiladi. Ularning kupi suv transporta va yogʻoch oqizishda, shahar va sanoat korxonalarini suv bilan taʼminlashda, ekinzorlarni sugʻorishda katta ahamiyatga ega. Rossiyada 2 mln.dan ortiq chuchuk va shur suvli kul bor. Eng yiriklari: Baykal (dunyodagi chuchuk suv zaxirasining ʻ/5 qismi), Kaspiy dengizkoʻli, Ladoga, Onega, Taymir. Rossiyada 1200 ga yaqin suv ombori bor. Yirik suv omborlari: Bratsk, Krasnoyarsk, Zeya, UstIlim, Boguchan, Baykal (Irkutsk), Volgograd, Ribinsk va boshqa

Tuproq va oʻsimliklari tekisliklarda tabiat zonalariga karab oʻzgaradi. Shimoliy Muz okeani orollari va Taymir yarim orol sohilida ibtidoiy arktika tuprogʻi tarqalgan boʻlib, asosan siyrak lishaynik, mox va kup yillik gulli usimliklar uchraydi. Tundra zonasida nordon tundra (gleylangan) tuprogʻi tarqalgan. Oʻsimlik turi koʻp: mox va lishayniklardan tashqari past boʻyli butalar (pakana qayin va tol), har xil oʻt, mevali usimliklar (brusnika, golubika) uchraydi.

Oʻrmon zonasining shim. qismi (tayga zonachasi)dagi podzol tuproqlarda ignabargli daraxtlar – qoraqaragʻay, oqqaragʻay, kedr va qaragʻay oʻrmonlari, Yeniseydan sharqdagi taygatoʻng tuproklarda igna bargli tayga daraxtlari – sibir va dauriya tilogʻochlari, Uzoq Sharqda esa, qoraqaragʻay va oqqaragʻay oʻsadi. Tayga zonachasida (ayniqsa, Gʻarbiy Sibirda) botqoqlik koʻp. Taygadan jan.rokda, Sharqiy Yevropa tekisligida aralash oʻrmonlar bor. Chimli podzol tuproqlarda oqqayin va togʻterak, eman, zarang, qayragʻoch, Sharqiy Yevropa tekisligi urmon zonasining chekka janubida eman, juka va boshqa keng bargli daraxtlar oʻsadi. Sharqiy Yevropa va Gʻarbiy Sibirda qora va toʻq kashtan tuproq, Kaspiybuyi pasttekisligida och kashtan va qoʻngʻir, shoʻrxok tuproqlar uchraydi.

Hayvonot dunyosi juda xilmaxil

Arktika muz sahrosi va tundrada shim. tulkisi, lemming, shim. bugʻusi, qutb boyqushi, tundra kakligi; oʻrmon zonasida los, qoʻngʻir ayiq, silovsin, suvsar, tulki, tiyin, burunduq, malla quyon, Uzoq Sharq janubida ussuri yoʻlbarsi, qora ayiq, harza, yenotsimon it, toʻngʻiz, qushlardan karqur, qur,^ qizilishton, bulduruq va boshqa yashaydi. Oʻrmonli dasht zonasida kemiruvchilar, turli qushlar, ondatra, tulki, suvsar, moʻynabop hayvonlarning, los, shim. bugʻusining xillari koʻp. Dengizlarda baliq (treska, seld, kambala, skumbriya, sudak, losos, osetr va boshqalar), dengiz sut emizuvchilari (kit, morj, tyulen, dengiz mushugi) ovlanadi.

Oʻziga xos noyob tabiat hamda hayvonot dunyosini saqlab qolish va urganish maqsadida turli zonalarda 100 ta davlat tabiiy qoʻriqhonasi (maydoni 33,3 mln. gektar) va 5 ta milliy bogʻ (maydoni 6,7 mln. gektar) tashkil etilgan. Eng yiriklari: Oltoy, Astraxon, Barguzin, Kavkaz, PechoraIlich, Teberda va boshqa

Aholisi

Rossiyada 100 dan ortiq millat va elat yashaydi. Rossiyaning asosiy aholisi – ruslar jami aholining 81,5% ni tashkil etadi. Ukrainaga yondosh viloyatlarda, Tyumen viloyati, Moskva, Shimoliy Kavkaz, Ural va Sibir janubida ukrainlar, Kaliningrad viloyati, Moskva va Moskva viloyati, Sankt-Peterburg va Kareliyada belaruslar, Krasnoyarsk oʻlkasi, Moskva va Sankt-Peterburgda litvalar va latishlar (shuningdek, Omsk viloyatida latishlar, Kaliningrad viloyatida litvalar), Omsk, Novosibirsk, Orenburg viloyatlari, Krasnoyarsk va Oltoy oʻlkalarida olmonlar, Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Samara, Nijniy Novgorod, Chelyabinsk, Rostov, Saratov, Novosibirsk shaharlarida yahudiylar, Rostov viloyati va Krasnodar oʻlkasida moldovanlar, Stavropol va Krasnodar oʻlkasida yunonlar, Krasnodar va Stavropol oʻlkalarida va Rostov viloyatida armanlar ham yashaydi. Shuningdek, ozarbayjonlar, oʻzbeklar (1994-yilda 58 ming), gurjlar, qozoqlar va boshqa yashaydi. Rossiyaning Yevropa qismi shimoida karellar, vepslar, ijorlar, saamlar (loparlar), komi va komipermyaklar, Oʻrta Volga boʻyida mari, udmurt va mordvalar, Volgaboʻyining boshqa joylari va Janubiy Uralda turkiy tillarda soʻzlashuvchi chuvashlar, boshqirdlar, tatarlar, shuningdek, kalmoklar yashaydi. Osetin, qorachoy, bolqor, qoʻmiq, noʻgʻaylar Shimoliy Kavkazning tub joy aholisidir. Sibir va Uzoq Sharqda turkiy gillarga mansub saxalar, oltoy, shor, haqas va tuvalar, mongol tilida soʻzlashuvchi buryatlar, shuningdek, xanti va mansilar, nenets, chukcha va eskimoslar istiqomat qiladi.

Davlat tili – rus tili; Rossiya tarkibidagi milliy respublikalarda tub joy aholisining tili ham shu respublikaning davlat tili hisoblanadi. Rossiya aholisining 73% shaharlarda yashaydi. Din, dorlarning aksariyati xristianlar (asosan, pravoslavlar), qolganlari – musulmonlar, yahudolar, buddaviylar va boshqa Yirik shaharlari: Moskva, Sankt-Peterburg, Nijniy Novgorod, Novosibirsk, Samara, Yekaterinburg va boshqa

Tarixi

Rossiya hududida oʻrta paleolit davrida, milodgacha 100–35 ming i. avval Quyi Volga, Oʻrta Uralda dastlabki manzilgoxlar paydo boʻlgan. Soʻnggi paleolit davrida odamlar qutb doirasidan oʻtib, Sibirning bir qismiga joylasha boshlagan. Mil. av. 3–2ming yilliklarda Shimoliy Kavkazda jez, Ural, Gʻarbiy Sibir, Yuqori Volga boʻylarida turli metallardan buyumlar tayyorlangan. Dasht, oʻrmondasht mintaqalarida chorvachilik, dare vodiylarida dehqonchilik rivojlana boshlagan. Mil. av. 1ming yillikda shahardavlatlar, Bospor davlati, Skiflar davlati mavjud boʻlgan. Mil. 3-asrda Sharqdan koʻchmanchi gotlar va 4-asrda gunnlar bostirib kelgan. 4–8-asrlarda Shimoliy Kavkazda alanlar birlashgan. 552–745 yillarda Rossiya hududining bir qismini turkiy xalqlarning qabilaviy ittifoqidan iborat Turk xoqonligi egallab turgan. 7-asr 1-yarmida Azov boʻyida Buyuk Bulgʻoriya davlati paydo boʻldi, ammo bulgʻorlar Xazar xoqonligidan magʻlubiyatga uchrab, Dunay, Volga va Kama daryolari boʻyiga kelib joylashdi. 10-asrda VolgaKama Bulgoriyasi davlati paydo boʻldi, Oʻrta Volga boʻyi xalqlari shu davlatga birlashdi. 6-asrda Sibir, Yenisey daryosining oʻrta oqimida hozirgi haqaslarning ajdodlari hisoblangan Qirgʻizlar davlati, 8-asr – 10-asr boshlarida Uzok. Sharqda Boxay davlati hukm surdi.

9-asrda sharqiy slavyan qabilalarining birlashuvchi asosida Qadimgi Rus davlati tashkil topdi; sharqiy slavyanlarning ikki markazi – Novgorod bilan Kiyev Ryurikovichlar sulolasiga mansub knyazlar hokimiyatiga birlashdi. taxminan 988 yil knyaz Vladimir Vizantiyapravoslav shaklidagi xristianlikni Rossiyaning davlat dini deb qabul qildi, bu voqea davlatchilikni mustahkamlash va Sharqiy Yevropadagi slavyan, balt, ugorfin va boshqa qabilalarni jipslashtirishga koʻmaklashdi. Qadimgi rus elati tarkib topdi. Pecheneg (bijanak) va qipchoqlar hujumini qaytargan Kiyev Rusi Sharqiy Yevropadagi yirik davlatga aylandi. Vladimir Svyatoslavich va Vladimir Monomaxdan keyin davlatni idora qilgan Mstislav Vladimirovich vafoti (1132-yil)dan soʻng Qadimgi Rus davlati parchalanib ketdi. Kiyev Rusidan Novgorod respublikasi, VladimirSuzdal, GalichVolin, Ryazan knyazliklari va boshqa davlatlar ajralib chiqdi. 13-asrda ularga Sharqsan moʻgʻullar, Gʻarbdan shvedlar va olmonlar hujum qildilar. 1223-yil rus knyazliklari moʻgʻullar bilan Kalka daryosi boʻyidagi urushda magʻlubiyatga uchradi. 1236-yil moʻgʻullar VolgaKama Bulgʻoriyasini, 1237-yil Ryazan va boshqa shaharlarni vayron qildi. 1240-yil esa shvedlar bostirib keldi. Aleksandr Nevskiy rahbarligidagi rus qoʻshinlari oʻsha yili Neva urushida shvedlarni, 1242-yil Muz ustidagi urushda olmonlarni tormor qildi. Ammo tarqoq holdagi rus knyazliklari salkam 250 yil mobaynida moʻgʻullar zulmi ostida qoldi.

14-asrning 2-yarmida Moskva knyazligining mavqei oshib, u moʻgʻullarga qarshi kurashda rahbarlik qildi va rus yerlarini asta-sekin birlashtirish markazi boʻlib qoldi. 1380-yilgi Kulikovo urushida Dmitriy Donskoy kumondonligidagi birlashgan rus qoʻshinlarining moʻgʻul koʻshinlari ustidan qozongan gʻalabasi Shim.sharqiy rus yerlarini birlashtirish uchun zamin yaratdi. Moskva buyuk knyazlik hokimiyati 15-asr oxiri – 16-asr boshlarida rus yerlarini birlashtirishni asosan tugalladi. 1478-yil Novgorod, 1485-yil Tver, 1510-yil Pskov, 1514-yil Smolensk, 1521-yil Ryazan Moskva buyuk knyazligiga qoʻshib olindi. 1480-yil moʻgʻullar zulmi barham topdi.

Birinchi rus qiroli Ivan IV Vasilyevich Grozniy (1533–84; 1547-yildan qirol) davlatni markazlashtirishga kirishdi. Kozon va Astraxon xonliklari qoʻshib olindi, shu tarika Ural orti va Gʻarbiy Sibirni zabt etish uchun yoʻl ochildi. 17-asrda Sibirning qolgan hududlari ham birinketin qoʻshib olindi. 15-asr oxiri – 16-asr boshlarida rus xalqining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetdi, "Rossiya" degan nom tarqala boshladi.

Gʻarbda Boltiqdengiziga chiqish uchun boʻlgan Livon urushiiing choʻzilib ketishi (1558–83) natijasida mamlakat 16-asr oxiri – 17-asr boshlarida ogʻir iqtisodiy va siyosiy ahvolga tushib qoldi. Xalq ommasining ahvoli yomonlashdi. Jamiyatning turli tabaqalarida norozilik kuchaydi. Natijada qoʻzgʻolonlar boʻlib oʻtdi (eng kattasi Bolotnikov koʻzgʻoloni). Boyarlar va dvoryanlar oʻrtasida ham kurash keskinlashdi. 700 yildan ortiq xukmronlik qilgan Ryurikovichlar sulolasi tugadi. Mamlakatning ogʻir ichki ahvolidan foydalangan polyaklar va shvedlar 1604-yilda Rossiyaga bostirib kirdilar. Polsha qoʻshinlari Moskvani egalladi. Faqat 1612-yil K. Z. Minin va Dmitriy Mixailovich Pojarskiy rahbarligidagi xalq lashkarlari Moskvani ozod qildi, biroq mamlakatning gʻarbiy va shim.gʻarbiy hududi bir qismi Rech Pospolita va Shvetsiya qoʻl ostida qoldi. 1613-yildan Rossiyada Romanovlar sulolasi xukmronlik kila boshladi.

17-asrdan Rossiya oʻz tarixida yangi bosqichga oʻta boshladi. 17-asr oxiriga kelganda tashqi siyosat masalalari va sinfiy kurash keskinlashgan paytda davlat va dvoryanlar hukmronligini mustahkamlash uchun iqtisodiyot, davlat tuzumi, madaniyat tizimini qayta qurishga zaruriyat tugʻildi. Bu oʻzgarishlarni Petr I hukumati amalga oshirdi. Petr I ning islohotlari tufayli (17-asr oxiri – 18-asr 1choragi) mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy va madaniy taraqqiyoti jadallashdi. Shimoliy urush yillari (1700–21)da muntazam armiya va harbiy dengiz floti tuzildi. Yirik gʻalabalar qoʻlga kiritildi. Rossiyaning Boltik dengiziga chiqishi uchun yoʻl ochildi. 1721-yil mamlakat Rossiya imperiyasi deb eʼlon qilindi. Sanoat rivojlana boshladi, ayniqsa, Uraldagi konchilik sanoati tez oʻsdi. Savdosotiq rivojlanib, tashqi savdo kuchaydi. Madaniyat sohasida katta oʻzgarishlar amalga oshirildi, dunyoviy maktablar ochildi, Gʻarbiy Yevropa madaniyati bilan aloqa kengaydi, matbaachilik rivojlandi, Fanlar Akademiyasi taʼsis etildi (1725), yangi kalendarga oʻtildi (1700). 18-asr 2-yarmida tovarpul munosabatlari rivojlandi. Yekaterina II davri (1762–96)da dvoryan yer egaligi yanada rivojlandi. Davlat yer fondini koʻpaytirish maqsadida 1764-yil cherkovga qarashli yerlarning bir qismi tortib olindi. Dehqonlarning ommaviy noroziligi Pugachyov qoʻzgʻoloni va boshqa ichki mojarolar kelib chiqishiga sabab boʻldi.

Tashqi siyosat sohasida qirol hukumati dvoryan va savdogarlarning Qora dengiz orqali qulay savdo yoʻllariga boʻlgan intilishlarini hisobga olib, jan. chegaralarning xavfsizligi uchun kurashni davom ettirdi. Turkiya bilan boʻlgan urushlarda Rossiya gʻalabaga erishgach, Qrim xonligi (1783) va umuman Qora dengizning shim. qirgʻogʻi Rossiya imperiyasi tasarrufiga oʻtdi. Chegara Dnestr daryosi boʻylab belgilandi. 70–90-yillarda Ukrainaning oʻng qirgʻogʻi va Belarus batamom Rossiyaga qoʻshib olindi.

19-asr boshlarida Aleksandr I imperator boʻlgan davr (1801–25)da bir qancha islohotlar oʻtkazildi, davlat apparatani zamonaviylashtirishga harakat qilindi. Urushlar natijasida va diplomatik faoliyat yoʻli bilan 1801-yil Sharqiy Gurjiston, 1809-yil Finlandiya, 1812-yil Gʻarbiy Gurjistonning bir qismi va Bessarabiya Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritildi. 1805 va 1806–07 yillarda Rossiya Napoleon Fransiyasiga qarshi koalitsiya urushida qatnashdi. 1812-yil Napoleon armiyasi Rossiyaga bostirib kirdi, oʻsha yil 26-avgust (7-sentabr)dagi Borodino urushida fransuz qoʻshinlari katta talafot koʻrdi va chekindi. 1814–15 yillardagi Vena kongressi qarorlariga binoan, Polsha qirolligi Rossiya imperiyasiga oʻtdi.

Maʼrifatchilik gʻoyalarining yoyilishi, 18-asr oxiridagi Fransuz inqilobining taʼsiri, rus armiyasining 1813–14 va 1815-yillardagi chet el yurishlari davrida Yevropa mamlakatlaridagi davlat va jamiyat tuzilishi bilan tanishuv natijasida Rossiya jamiyatida chuqur ijtimoiy va siyosiy oʻzgarishlar qilish zarurligi haqidagi fikrlar paydo boʻldi. 1816–23 yillarda Rossiyadagi davlat va ijtimoiy-siyosiy tuzumni qayta qurish maqsadini koʻzlovchi yashirin jamiyatlar vujudga keldi. Shimoliy va Janubiy jamiyat aʼzolarining qurolli isyonlari (1825-yil dekabristlar qoʻzgʻoloni) bostirildi. Kavkaz urushining choʻzilib ketishi va unda Shimoliy Kavkaz xalqlarining qattiq qarshilik koʻrsatishi, 1853– 56 yillardagi Qrim urushida Rossiyaning magʻlubiyatga uchrashi imperator Nikolay 1 hokimiyati siyosiy tuzumining inqirozini kuchaytirdi. Ana shu omillar tazyiqi ostida imperator Aleksandr II bir qancha islohotlar oʻtkazishga majbur boʻldi. Jumladan, 1861-yil dehqonlar isloqoti oʻtkazilib, 17-asr oʻrtalarida joriy etilgan krepostnoylik huquqi bekor qilindi. 1860–70 yillardagi islohotlar mamlakat iqtisodiyotini yangilash va kapitalistik munosabatlarni rivojlantirishga yoʻl ochdi. Ayni vaqtda Rossiya bosqinchilik urushlarini davom ettirib, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyo yerlarining talaygina qismini bosib oldi, mahalliy xalqlar boshiga behisob kulfatlar soldi, bu yerlarda mustamlakachilik tartiblarini oʻrnatdi.

19-asrning 2-yarmida mamlakatning turli ijtimoiy qatlamlarida inqilobiy kayfiyat kuchaydi. 70–80-yillarda bir qancha inqilobiy tashkilotlar ("Yer va erk", "Xalq irodasi" va boshqalar) tuzilib, ular Rossiyada samoderjaviyeni agʻdarib tashlash vazifasini maqsad qilib oldi. 1881-yilda "Xalq irodasi" tashkiloti aʼzolari tomonidan Aleksandr II oʻldirildi.

19-asr oxiri – 20-asr boshlarida inqilobiy siyosiy partiyalar: Rossiya sotsialdemokratik ishchi partiyasi (RSDRP) (bu partiya 1903-yilda bolsheviklar va mensheviklardan iborat ikki fraksiyaga boʻlindi) va Inqilobchi sotsialistlar (eserlar) partiyasi tuzildi. 1904-05 yillardagi rusyapon urushidagi magʻlubiyat Rossiyadagi vaziyatni keskinlashtirdi, bu esa 1905– 07 yillardagi inqilobga olib keldi. Inqilob davomida Rossiya konstitutsiyali monarxiyaga oʻta boshladi; Davlat dumasi taʼsis etildi, yangi siyosiy partiyalar (Konstitutsion-demokratik, 17-oktabr ittifoqi, Rus xalqi ittifoki va boshqalar) maydonga chikdi. 1914–18 yillardagi Birinchi jahon urushida Rossiya Antanta tarkibida qatnashdi. Bu urush 1917-yil Fevral inkilobiga olib kelgan yana bir ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy inqirozning asosiy sabablaridan boʻldi. Bu inqilob samoderjaviyeni agʻdarib tashladi. Muvaqqat hukumat tuzildi, 1917-yil 1-sentabrda Rossiya respublika deb eʼlon qilindi. 1917-yil 25-oktabrda Oktabr inqilobi sodir boʻldi. Vladimir Lenin boshchiligidagi bolsheviklar hokimiyat tepasiga chikdi. Ishchi, soldat va dehqon deputatlari soveti hokimiyati eʼlon qilindi. 1918-yil yanvarda Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi (RSFSR) tuzildi, shu yil iyulda sobiq imperator Nikolay II otib tashlandi. 1917 –22 yillardagi Fuqarolar urushi va harbiy intervensiya tufayli mamlakatdagi bolsheviklar partiyasidan tashqari barcha siyosiy partiyalar taqiklandi, jamiyat va davlatni tashkil etishning harbiykommunistik prinsiplari ("harbiy kommunizm") joriy etildi, amalda Kommunistik partiya diktaturasi oʻrnatildi. 1921-yil "yangi iqtisodiy siyosat" eʼlon qilindi. 1922-yil 30-dek.da Sibirdagi Lena daryosi. sobiq Rossiya imperiyasi hududida tashkil topgan RSFSR, Ukraina, Belarus va Zakavkazye respublikalari (Ozarbayjon, Armaniston va Gurjiston) birgalikda Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSSR)ni tuzdilar. RSFSR xalqlari ham SSSRning butun tarixi davomida mamlakatni industriyalash, qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirish ogʻirligini, 20–40-yillardagi ommaviy qatagʻonlar kulfatlarini boshdan kechirdilar, Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaga, 60–70-yillardagi Texnika inqilobiga katta hissa qoʻshdilar. 70-yillar oxiri va, ayniqsa, 80-yillarda iktisodiyotda salbiy tamoyillar sezila boshladi. Koʻp jihatdan mudofaa mahsulotlari ishlab chiqarishga qaratilgan sanoat mamlakatning ommaviy ehtiyoj mollari ishlab chiqarishga boʻlgan talabini qondira olmas edi. Mehnat unumdorligining pastligi, uni oshirishga qiziqtiruvchi omillarning yoʻqligi, butun jamiyatda toʻrachilik avj olganligi va boshqa illatlar oʻz taʼsirini koʻrsatdi. 1985-yil "qayta qurish" siyosati eʼlon qilindi. Biroq tez orada roʻy bergan siyosiy mojarolar iqtisodiyotga qattiq zarba berdi. 1990-yil 12-iyunda RSFSR ning davlat suvereniteti toʻgʻrisida Deklaratsiya qabul qilindi. 1991-yil 25-dek.da RSFSR Oliy Kengashi Rossiya davlatining rasmiy nomi Rossiya Federatsiyasi (Rossiya) deb atalishini tasdiqladi. 1991-yil martida RSFSR prezidenti lavozimi taʼsis etildi (1991-yil iyunda Boris Yeltsin RSFSR prezidenti etib saylandi). 1991-yil avgust boʻhronidan keyin oʻsha yil dekabrda RSFSR, Belarus va Ukraina rahbarlari Belaya veja pushchasi bitimini imzolab, SSSR tugatilganini va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) tuzilganini eʼlon qildilar. Rossiya SSSR ning huquqiy vorisi boʻlib qoldi. 1992-yil yanvarda maʼmuriybuyrukbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga oʻtish maq^ sadini koʻzlovchi iqtisodiy islohot boshlanishi eʼlon qilindi. Islohotni oʻtkazishdagi xatolar va noizchillik sababli iqtisodiyot tarmoqlarida tanglik holatlari roʻy berdi, bu esa aholining turmush darajasi pasayishiga olib keldi. 1993-yil sentabr oktabr inqirozi davomida Prezident farmoni bilan Sovetlar tizimi tugatildi. Oʻsha yil dekabrda Federal majlisga saylov oʻtkazildi. 1996-yil B. Yelsin 2navbatga prezident etib saylandi. 2000-yilda prezident lavozimiga saylangan V. Putin yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni tuzatish chora-tadbirlarini koʻra boshladi. U prezident sifatidagi xorijiy safarini Oʻzbekistondan boshlaganligi diqqatga sazovordir. Rossiya – SSSR ning huquqiy vorisi sifatida 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 20 martda tan olgan va diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari – 12-iyun – Suverenitet haqida deklaratsiya qabul qilingan kun (1990), 7-noyabr – Kelishuv va inoqlik kuni (1996), 12-dekabr Rossiya konstitutsiyasi kuni (1993).

Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari. "Yagona Rossiya" partiyasi, 2003-yil asos solingan; Liberaldemokratik partiya, 1992-yil roʻyxatga olingan; "Yabloko" demokratik partiyasi, 2001-yil tashkil etilgan; "Oʻng kuchlar ittifoqi" partiyasi, 2001-yil tuzilgan; Rossiya Federatsiyasi Kommunistok partiyasi, 1993-yil roʻyxatga olingan; shuningdek, Rossiya demokratok partiyasi, "Yevraziya", "Internatsional Rossiya", Rossiya konservativ partiyasi, Rossiya Federatsiyasi Xalq partiyasi, Rossiya xalqvatanparvarlik partiyasi, Rossiya xalqrespublikachilar partiyasi, "Liberal Rossiya" partiyasi, "Tadbirkorlikni rivojlantirish partiyasi", Rossiya Mehnat partiyasi, Pensionerlar partiyasi, Rossiya sotsialdemokratik partiyasi va boshqa partiyalar; "Urush faxriylari – tinchlik uchun", "Askar onalari", "Qadrqiymat va mehrmuruvvat" va boshqa harakatlar faoliyat koʻrsatadi. Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi koʻpgina tarmoq kasaba uyushmalarini birlashtiradi.

Xoʻjaligi

Rossiya – industrialagrar mamlakat. Uning hududi 12 yirik iqtisodiy rayon (Shim., Shim.Gʻarbiy, Markaziy, Volga-Vyatka, Markaziy qoratuproq, Volgaboʻyi, Shimoliy Kavkaz, Ural, Gʻarbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq va Kaliningrad viloyati)ga boʻlingan. Milliy daromadda sanoatning ulushi 44,5%, qishloq xoʻjaligi ulushi 10%, qurilish 11,5%, transport, aloqa, moddiytexnika taʼminoti, tayyorlov va boshqa tarmoqlarning ulushi 34%. Iqtisodiyotda davlatga qarashli korxonalar bilan bir qatorda xususiy, aralash korxonalar ham bor.

Sanoati

Rossiya kumir, neft, tabiiy gaz qazib olishda, elektr energiya, mineral oʻgʻit, gazlama, poʻlat, prokat, sement ishlab chiqarishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Mamlakat eksporti va yoqilgʻienergetika balansida neft hamda tabiiy gazning ahamiyati katta. Neftning koʻp qismi VolgaboʻyiUral regionida, Gʻarbiy Sibir, Rossiya Yevropa qismi shim., Saxalin va boshqa joylarda qazib olinadi. Neft xom ashyosining aksariyat qismi "LUKoyl", "Slavneft", "Rosneft", "Bashneftexim" kompaniyalarining korxonalarida kanta ishlanadi. Rossiyada qazib olingan neftning 99,5% "Transneft" birlashmasining magistral kuvurlari (jami uz. 48,5 ming km) orqali tashib beriladi. Aniqlangan gaz zaxiralari boʻyicha Rossiya dunyoda 1oʻrinda (32% dan koʻproq) turadi va dunyoda qazib olinayotgan gazning 30% ni taʼminlaydi. Tabiiy gazning asosiy qismi YamalNenets muxtor okrugidagi Urengoy, Yamburg, Zapolyarye, shuningdek, Orenburg konlaridan olinadi. Jami gazning 94% ni "Gazprom" birlashmasi qazib chiqaradi. Magistral gaz quvurlari uz. – 150 ming km. Ichki bozorga yetkazib beriladigan gazning 15% kommunalmaishiy sohaga, shu jumladan, aholi ehtiyojiga, qolgan qismi sanoat ishlab chiqarishga ishlatiladi. Kumir zaxiralari 22 yirik koʻmir havzasida va 115 ta alohida konda joylashgan. Kuzbass va Pechora, KanskAchinsk, Janubiy Yakutiya havzalari Rossiyaning eng yirik kumir konlaridir. Rossiyada 72 aksiyadorlik jamiyati va 6 davlat unitar korxonasi koʻmir qazib olish bilan shugʻullanadi. Ular tarkibida 114 shaxta va 125 ochiq kon bor. 68 boyitish va 1 briket fabrikasi ishlaydi. Neft va gaz bilan bir qatorda kumir Rossiyada elektr va issiklik energiyasi ishlab chiqarishning asosiy manbalaridan biri; metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoklari uchun tengsiz xom ashyodir. 2001-yil Rossiyada 888 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilindi. Barcha elektr stansiyalar Rossiya tutash elektr energetika tizimiga birlashgan. Unga qarashli magistral elektr liniyalari va elektr podstyalarini Rossiya energetika va elektrlashtirish ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati ("EES Rossiya") boshkaradi. Kimyo va neft kimyosi sanoatida plastmassa, kimyoviy tola, mineral oʻgʻit, sulfat kislota, sintetik smola va kauchuk, avtopokrishka, lokbuyoq, agrosanoat majmuasi va tibbiyot sanoati uchun turli moddalar ishlab chiqariladi. Uning yirik korxonalari xom ashyo manbalariga yaqin joylar – Perm viloyati, Kola yarim orol, Tatariston, Boshqirdiston, Gʻarbiy Sibir, Uralda qurilgan. Keyingi vaqtlarda xom ashyo manbalaridan uzoqroq bulsa ham, isteʼmolchilarga yaqin joylarda kimyo korxonalari kurila boshladi. Bu korxonalar "Akron" (Novgorod viloyati), "Yaroslavl shina zdi", "Stavropolpolimer", "Voskresensk mineral ugʻit" (Moskva viloyati), "Era" va "Fosforit" (Leningrad viloyati), "Kuybishevazot" va "Volgapromxim" (Samara viloyati) aksiyadorlik jamiyatlari hamda Angara neft kimyosi kompaniyasi va boshqalarlar tarkibiga kiradi. Metallurgiya mamlakat sanoatining eng rivojlangan tarmoklaridan biridir. Uning tuliq siklli korxonalari Ural (Magnitogorsk, Chelyabinsk, Nijniy Tagil), Markaziy iqtisodiy rnlarida (Lipetsk, Tula) va Gʻarbiy Sibirda (Novokuznetsk) joylashgan bulib, chuyan, pulat, tayyor prokat ishlab chiqaradi. Kalay, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, alyuminiy, volfram, nikel, molibden rangli metallurgiyaning eng muhim mahsulotlaridir. Uning asosiy markazlari: Norilsk, Krasnoyarsk, Irkutsk, Sayanogorsk va boshqa Mashinasozlik va metall ishlash sanoati korxonalari Rossiyaning hamma iqtisodiy rnlarida mavjud. 20-asr oxiri – 21-asr boshlarida energetika, transport, kimyo, neft mashinasozligi, aviatsiya va raketakosmos sanoati, radioelektronika, elektrotexnika sanoati mashinasozligi, priborsozl i k, elektron sanoati va kemasozlik ayniqsa tez rivojlandi. Stanoksozlik va asbobsozlik sanoati yangi turdagi serunum asbobuskunalar ishlab chiqarishni koʻpaytirdi. Rossiyaning 72 subʼyektida mudofaa sanoati tarmoklarining 1700 korxona va tashkiloti bor. Dunyodagi yogʻoch zaxiralarining 22% Rossiyaga toʻgʻri keladi. Rossiya oʻrmon sanoati yogʻoch tayyorlash, yogʻochsozlik, sellyulozaqogoz, gidroliz va yogʻoch kimyosi tarmoklarini uz ichiga oladi. Arxangelsk, Siktivkar, Yenisey, Bratsk, Amur urmon sanoati majmualari barpo etilgan. Qurilish materiallari sanoati markazlari: Ural, Volgabuyi, Shimoliy Kavkaz va Markaziy iqtisodiy rnlaridir.

Yengil sanoatda toʻqimachilik yetakchi oʻrinda. Uning yirik markazlari boʻlgan Ivanovo, Moskva, Yaroslavl, OrexovoZuyevo, Tver shaharlarida ip, zigʻir, shoyi, jun gazlamaning aksariyat qismi ishlab chiqariladi. Barcha iqtisodiy rayonlarda aholining ehtiyojlariga qarab va xom ashyo manbalari imkoniyatlariga mos ravishda oziq-ovqat sanoati rivojlantirilgan. Goʻsht, sariyogʻpishloq, konserva, qand, yogʻ zdlari qurilgan. Shimoliy va Uzoq Sharqsa, Qora, Azov va Kaspiy dengizlari atrofida yirik baliq sanoati korxonalari mavjud.

Qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar 197,6 mln. gektar; shundan 85,4 mln. gektari haydaladigan yer, qolgan qismi pichanzor va yaylov. Haydaladigan yerlarning 4/5 qismi Markaziy, Volgabuyi, Shimoliy Kavkaz, Ural va Gʻarbiy Sibir iqtisodiy rnlariga toʻgʻri keladi. Qishloq xoʻjaligi yalpi mahsulotining 47,2% ni dehqonchilik va 52,8% ni chorvachilik beradi. Asosiy ekinlari: gʻalla, qand lavlagi, kungaboqar, kartoshka, sabazavot, zigʻir va boshqa Volgabuyi, Shimoliy Kavkaz, Gʻarbiy Sibir, Ural va Markaziy rayonlarda bugʻdoy, Shim., Shim.Gʻarbiy va Markaziy rayonlarda zigʻir, Shimoliy Kavkaz, Volgabuyi, Markaziy rayonlarda kungaboqar, Markaziy va Shimoliy Kavkazda kand lavlagi yetishtiriladi. Turli rayonlarda meva, rezavor va uzumzorlar bor. 4,29 mln. gektar yer sugʻoriladi (asosan, Shimoliy Kavkaz va Volgabuyida).

Rossiyaning iqtisodiy va tabiiy sharoiti chorvachilikning barcha tarmoklarini rivojlantirish uchun qulay. Volgabuyi, Gʻarbiy Sibir, Shimoliy Kavkaz, Ural, Markaziy iqtisodiy rayonlarda qoramol koʻproq boqiladi. Yirik shaharlar atrofida sut chorvachiligi va choʻchqachilik, Chekka shimoida bugʻuchilik va hayvonotchilik rivojlangan. Koʻpgina joylarda parrandachilik, asalarichilikka katta ahamiyat beriladi. 20-asrning 90-yillaridan qishloq xoʻjaligida ham islohatlar oʻtkazila boshladi, yerga egalik qilishning yangi shakllarini joriy etishga kirishildi.

Transporti

Rossiyada zamonaviy transportning hamma turlari rivojlangan. Transport yoʻli uzunligi – 139 ming km (86 ming km magistral temir yoʻl), qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uzunligi – 754 ming km, kema qatnaydigan ichki suv yoʻllari uzunligi – 84,6 ming km (Belomor–Boltik, kanali, Moskva nomli kanal, Volga–Don kanali, Volga– Boltiqsuv yoʻli va boshqalar), magistral neft va gaz quvurlari uz. – 213 ming km. Transport yoʻlilarning eng serqatnov va kup yuk tashiladigan magistrallari elektrlashtirilgan. Mamlakat yuk aylanmasining 70% temir yoʻl transportiga toʻgʻri keladi. Ichki yuklarning bir qismi avtomobil va dare transportida, tashqi savdo yuklarining aksariyati dengiz transportida tashiladi. Dengiz savdo flotining hajmi – 8,3 mln. tonna dedveyt. Eng yirik dengiz portlari: Sankt-Peterburg, Vanino, Kaliningrad, Murmansk, Novorossiysk, Arxangelsk, Vladivostok. Yirik avtomobil yoʻllari kesishgan shaharlar: Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Xabarovsk, Adler, Mineralniye Vodi. Havo transportining ahamiyati katta. Barcha iqtisodiy rnlar, yirik shaharlar oʻrtasida, yaqin va olis xorij mamlakatlari bilan aviatsiya qatnovi yulga qoʻyilgan. Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Yekaterinburg, Irkusk, Vladivostokda yirik xalqaro aeroportlar bor. Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibrsk, Nijniy Novgorod, Samara, Yekaterinburg shaharlarida metropoliten kurilgan.

Tashqi savdosi

Rossiya – dunyodaqudratli eksport va import imkoniyatlariga ega boʻlgan davlatlardan biri. U chetga mashina va uskunalar, transport vositalari, metall, qimmatbaho toshlar, neft, tabiiy gaz, kumir, kimyoviy moddalar, yogoch, kauchuk, xom teri, toʻqimachilik mahsulotlari va boshqa eksport qiladi. Chetdan elektronika, roʻzgʻor texnikasi, xalq isteʼmol mollari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xom ashyosi sotib oladi. MDH, Boltiq boʻyi mamlakatlari, Italiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Olmoniya, Polsha, Niderlandiya, Turkiya, Xitoy va boshqa davlatlar bilan savdo qiladi. Pul birligi – rubl.

Tibbiy xizmati

Aholining sogʻligʻini saqlash tizimi 20-asrning oxirlarida isloh qilina boshladi. Davlat poliklinikalari va kasalxonalari bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham ochildi, muqobil tibbiy xizmat shakllari rivojlana boshladi. 90-yillarning oʻrtalarida Rossiyada 12 mingga yaqin kasalxona muassasasi boʻlib, ularda 4 mln.ga yaqin xodim, shu jumladan barcha ixtisosdagi 650 ming vrach ishladi. Har 10 ming aholiga kasalxonalarda 135 oʻrin toʻgʻri keldi. Tibbiyot sohasidagi ilmiy faoliyatni Rossiya tibbiyot Fanlar Akademiyasi muvofiqlashtirib turadi. Rossiyada 7 mingga yaqin sanatoriy va boshqa dam olish muassasalari bor. Vrachlar har bir iqtisodiy rndagi tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida tayyorlanadi.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari

Rossiyada taʼlimning barcha turlarini takomillashtirishning maqsad va vazifalari 2000-yilda kabul etilgan Rossiya Federatsiyasi Milliy taʼlim doktrinasi va 2010-yilgacha boʻlgan davrda taʼlimni modernizatsiyalash konsepsiyasida belgilangan. Kelgusida ham umumiy taʼlim maktabi yosh avlodga taʼlim va tarbiya berishning asosiy boʻgʻini boʻlib qoladi. 2000-yil mamlakatda 68804 maktab boʻlib, uning 635 tasi xususiy maktab edi. Ularda 1748 ming oʻqituvchi 20879 ming oʻquvchiga taʼlim beradi. Rossiyada hunartexnika taʼlimi beradigan texnika kollejlari, tijorat bilim yurtlari, markazlar, biznesmaktablar va b bor. 2000-yilda 2589 davlat oʻrta maxsus oʻquv yurtida 2312 ming oʻquvchi taʼlim oldi. Oliy oʻquv yurtlari tarkibiga unt, oʻquv akademiyalari, oliy bilim yurtlari, konservatoriya va intlar kiradi. 2000/2001 oʻquv yili Rossiyadagi 965 oliy oʻquv yurtida 4742 ming talaba oʻqidi, shu jumladan, 358 nodavlat oliy oʻquv yurtida 471 ming talaba taʼlim oldi. Moskva, Sankt-Peterburg, Samara, Yekaterinburg untlari eng qad. va yirik untlar hisoblanadi. Rossiya Fanlar akademiyasi mamlakatdagi ilmiy tadqiqotlar ishlariga rahbarlik qiladi, uning intlari ilmfanning eng muhim sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Bundan tashkari, Rossiya tibbiyot Fanlar Akademiyasi, Rossiya taʼlim akademiyasi, qishloq xoʻjalik Fanlar Akademiyasi, Rossiya badiiy akademiyasi (1992) ham faoliyat yuritadi.

Rossiyada 130 mingdan koʻproq kutubxona bor. Eng yiriklari: Rossiya davlat kutubxonasi (42 mln. asar), Rossiya milliy kutubxonasi (33 mln. asar), M.I.Rudomino nomidagi umumrossiya davlat chet el adabiyoti kutubxonasi (4,4 mln. asar), Davlat ommaviy tarix kutubxonasi (3,2 mln. asar), Davlat ijtimoiy-siyosiy kutubxonasi (2,2 mln. asar) va boshqa 2000-yil mamlakatda 1664 muzey ishladi. Mashhurlari: Ermitaj, Petergof, Kunstkamera, Moskva Kremli, Davlat tarix muzeyi, Tretyakov galereyasi, "Spassk Lutovinovo", "Tarxanlar" va boshqa

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

Rossiyada 5758 nomda gazeta nashr etiladi; shundan 333 tasi umumrossiya gazetalari boʻlsa, qolganlari milliy respublikalar, muxtor viloyatlar, oʻlka va viloyatlar, okrug, shaqar, tumanlar miqyosida chiqadigan va tarmoq gazetalari va boshqa Eng yiriklari: "Izvestiya" ("Axborot", 1917-yildan), "Pravda" ("Haqiqat", 1912-yildan), "Trud" ("Mehnat", 1921-yildan), "Komsomolskaya pravda" ("Komsomol haqiqati", 1925-yildan), "Nezavisimaya gazeta" ("Mustaqil gazeta", 1990-yildan), "Obshaya gazeta" ("Umumiy gazeta", 1997-yildan), "Novie izvestiya" ("Yangi xabarlar", 1997-yildan), "Selskaya jizn" ("Qishloq hayoti", 1918-yildan), "Ekonomicheskaya gazeta" ("Iqtisodiy gazeta", 1918-yildan), "Uchitelskaya gazeta" ("Oʻqituvchilar gazetasi", 1924-yildan), "Literaturnaya gazeta" ("Adabiyot gazetasi", 1925-yildan). 2781 nomda jurnal chiqariladi; eng yirik adabiy jurnallar: "Noviy mir" ("Yangi dunyo", 1925-yildan), "Znamya" ("Bayroq", 1931-yildan), "Oktabr" (1924-yildan), "Inostrannaya literatura" ("Xorijiy adabiyot", 1955-yildan), "Novoye vremya" ("Yangi davr", 1943-yildan; 1899–1943-yillarda "Ogonyok"), "Rabotnitsa" ("Ishchi ayol", 1923-yildan), "Krestyanka" ("Dehqon ayol", 1922-yildan) va boshqa

Rossiya davlat teleradio sektori PO kanal va 120 ga yaqin radiostyadan iborat (2001). Tijorat telekanallari va radiostyalari ham bor. RATATASS axborot agentligi, Rossiya "Novosti" axborot agentligi, "Interfaks" axborot agentligi faoliyat yuritadi.

Adabiyoti

Xalq qoʻshiqlari asosidagi ogʻzaki ijod 11 – 17-asrlarda yuqori bosqichga koʻtarildi. Dastavval dehqonlar mehnatini va ularning krepostnoylikka qarshi kayfiyatini aks ettiruvchi asarlar, 18-asrdan ishchilar hayotini ifodalovchi qoʻshiqlar yaratildi. Dostonlarda vatan dushmanlariga karshi kurashgan Ilya Muromets, Dobrinya Nikitich, Vasiliy Buslayev kabilarning qahramonligi madh etildi.

Qadimgi rus adabiyotining (10-asr oxiri – 17-asrlar) dastlabki yozma yodgorliklari Kiyev Rusida yaratildi. Rus xalqining birligi masalalari bu davr adabiyotining asosiy mavzui edi. "Igor polki urushnomasi" 12-asr oxiridagi salmokli adabiy yodgorlikdir. 14–15-asrlarda koʻpgina afsonaviytarixiy qissalar yaratildi ("Novgorodlik va suzdalliklar urushi haqida afsona", Novgorodlik Ionn xaqidagi afsonalar turkumi, "Smolensklik Merkuriy qissasi", "Temur haqida qissa" va boshqalar). 15–16-asrlar adabiyotida siyosiy afsona va publitsistika rivojlandi. 17-asrda adabiyot turmush bilan yaqinlashdi, nasriy asarlarda insonning ahvolruhiyatini taxlil qilishga asosiy eʼtibor berila boshladi. Rus adabiyoti siyosiy turmush va ijtimoiy kurashning ayrim sohalarini aks ettirish orkali dunyoviy mavzularni yoritishga oʻtdi. 18-asrda qissa, sevgi lirikasi, ijtimoiy-siyosiy sheʼriyat va hajvchilik rivoj topdi (V. Trediakovskiy, M.Lomonosov, A. Sumarokov ijodi). D.Fonvizin, I.Krilov haqqoniy pyesalari, Ya.Knyajnin, G. Derjavin sheʼrlari, N. Karamzin va A. Radishchev nasri shuhrat qozondi. 19-asr boshlarida V.Jukovskiy romantizm ruhida ijod kila boshladi. Romantizmning isyonkorlik yoʻnalishi yosh A.S.Pushkin hamda dekabristshoirlar K.Rileyev, V.Kyuxelbeker, A.BestujevMarlinskiy, A. Odoyevskiy va boshqa ijodida namoyon boʻddi. A. Pushkin yangi rus adabiyotiga asos soldi. M. Lermontov uning anʼanalarini davom ettirdi. N. Gogol asarlari rus adabiyotida tanqidiy realizm uzilkesil qaror topganligini tasdikladi. 19-asrning 40-yillarida V.Belinskiy ilmiyadabiy tanqidchilik asoslarini yaratdi. A.Gersen, N. Chernishevskiy, N. Dobrolyubov, D. Pisarev publitsistikasi jamiyat illatlarini fosh etdi. 19-asrning 2-yarmida tanqidiy realizm barqurdi (F.M.Dostoyevskiy, A.F.Pisemskiy, I.S. Turgenev, I.A.Goncharov, A.P.Chexov va boshqa ijodi). L. Tolstoy "Urush va tinchlik" romanida keng qamrovli tarixiy voqealar va insoniy taqdirlar xilmaxilligining badiiy tasviri namunasini yaratdi. A.P.Chexov ijodi ijtimoiy oʻzgarishlarni aks ettirdi. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida A.M.Gorkiy, I.A.Bunin, V.V.Veresayev adabiyotga kirib keldi. Soʻng simvolistlar, akmeistlar, futuristlar paydo boʻldi. V.Ya.Bryusov, A.A.Blok, N.V.Gumilyov, A.A. Axmatova, O.E.Mandelshtam, S.A.Yesenin, B.L.Pasternak va boshqa ijodi adabiyotni gʻoyat jonlantirib yubordi. V.V.Mayakovskiy notiklik sheʼriyatini yuqori pogʻonaga koʻtardi. 20-asrning 1-yarmida M.M.Zoshchenko xikoyalari, A.P.Platonov, K.A.Fedin, V.A.Kaverin, M.A.Sholoxov, M.A.Bulgakov, A. Tolstoy romanlari nasr janrini rivojlantirdi. Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi davrda koʻpchilik adiblar (I.G.Erenburg, A.T.Tvardovskiy, Ye.A.Yevtushenko) insoniyat boshiga tushgan kulfatlarni tasvirlovchi va tinchlik hamda insonparvarlikka chaqiruvchi asarlar yaratishdi. M.A. Sholoxov, M.Kalinin, G.Baklanov, Yu.Bondarev, B. Vasilyev asarlarida urush manzaralari keng koʻlamda aks ettirildi. 50-yillarning oʻrtalarida shaxsga sigʻinish qoralanishi tufayli boshlangan "iliqlik" davrida V.D.Odinsevning "Nonning oʻzi rizqroʻz emas" romani, V.V. Ovechkinning "Rayonning oddiy kunlari" qissasi, A.Ya.Yashinning "Pishanglar" hikoyasi, P.F. Nilinning "Shafqatsizlik" va "Sinov muddati" qissalari, S.Antonov va V.F.Tendryakovning nasriy asarlarida mafkuraviy aqidalar rad qilindi, toʻrachilik tanqid ostiga olindi, qishloqdagi qoloqliklar fosh etildi. Ammo siyosiy "iliqlik" haqiqiy ijodiy erkinlikka olib kelmadi. 60-yillar oʻrtalarida adabiyot ustidan siyosiy nazorat kuchaydi. Koʻpgina qalam sohiblari (A.Soljenitsin, V.Voynovich, B.Pasternak, S.Sokolov va boshqalar)ning siyosiy qatagʻonlar davri dahshatlarini insonlar taqdiri misolida tasvirlagan va jamiyat illatlarini hajv qilgan asarlari Rossiyada nashr etilishiga ijozat berilmadi. Ularning airimlari chet ellarda bosilgan boʻlsa, "qayta qurish" davrida Rossiyada ham dunyo yuzini koʻrdi. "Qayta qurish" davrida "fosh qiluvchi" asarlar koʻplab dunyoga keldi, ayniqsa, publitsistika rivoj topdi. Rasmiy sotsialistik mafkura qobigʻiga sigʻmaydigan asarlar (Bulgakovning "It yurak" qissasi, Pasternakning "Doktor Jivago" romani, Soljenitsin, V. V. Nabokov va boshqa adiblarning asarlary) ham nashr etildi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

Qadimgi rus sanʼati sharqiy slavyan kabilalari badiiy madaniyati yutuqlari asosida, qoʻshni davlatlar, ayniqsa, Vizantiya madaniyati taʼsirida shakllangan. Kiyevdagi ayoSofiya ibodatxonasi (1030–40) saqlangan. 13 gumbazli bu ibodatxona andozasida Novgorodda ham Sofiya sobori (1045–50) undan soddaroq qilib qurildi. 1036-yilga oid qoʻlyozmada Chernigovdagi Spas Preobrajeniye sobori tilga olingan. 12–13-asrlarda rus madaniyati ravnak, topdi, yirik bino (ibodatxona, monastir, saroy)lar qurildi, ular freska, mozaika bilan bezatildi, ikona sanʼati, kitob miniatyurasi yuqori darajaga koʻtarildi. 19-asrda Moskva Kremli dastlab emandan (1339), keyin oqtoshdan (1367) qurildi. 15-asr 2-yarmida markazlashgan rus davlatining tashkil topishi tufayli Moskva yirik madaniy markazga aylandi. 16-asrda bu yerda tosh ibodatxonalarning oʻziga xos shakli – chodirsimon tomli minoralar (Kolomenskoye qishlogʻidagi Vozneseniye cherkovi, Moskvadagi Vasiliy Blajenniy ibodatxonasi va boshqalar) barpo etildi. Nijniy Novgorod, Tula, Kolomna, Zaraysk, Smolensk, Serpuxovda kremllar kurildi. Turar joylarning aksariyati yogochdan ishlandi. 14-asr oxiri – 15-asr boshlarida rus rassomligi yangi pogʻonaga koʻtarildi, Moskvada Feofan Grek, Andrey Rublyov kabi atokli rassomlar ijod qildi. 15-asr oxiri va 16-asr boshida Dionisiy ibodatxona devoriga ishlagan avliyolar rasmlari bilan shuxrat qozondi. 17-asr tasviriy sanʼati dunyoviy mazmun bilan boyidi. Shimoliy Kavkazda toshdan xristian ibodatxonalari, keyinroq masjidlar koʻplab kurildi, metallni badiiy ishlash sanʼati yuksak darajaga kutarildi.

18-asr – 19-asrning 1-yarmida Yevropa bilan aloqa kuchayishi tufayli u yerdan koʻpgina rassomlar Rossiyaga keldi; rus rassomlari Gʻarbda taʼlim oldi. 1757-yil Peterburgda Yevropa toifasidagi badiiy akademiyaga asos solindi. Shaharsozlikka eʼtibor kuchaydi, rus meʼmorligi Gʻarbiy Yevropa uslubida rivojlandi, barokko, klassitsizm uslublari kirib keldi. Rossiya shaharlarini kayta qurishning 400 ga yaqin loyihasi ishlab chiqildi. Matvey Kazakov, Andrey Nikiforovich Voronixin, Andreyan Zaharov, Karl Rossi kabi atokli meʼmorlar yetishib chikdi. Bu davr tasviriy sanʼatida portret janri yuksaldi. 18-asrning 2-yarmida D.G.Levitskiy, V.L.Borovikovskiy, F.I.Shubinlarning ijodi rus tasviriy sanʼatida salmoqli oʻrin oldi. O.A.Kiprenskiy, V.A.Tropinin, K.P.Bryullov kabi rassomlar zamondoshlar ahvolruhiyatini zoʻr mahorat bilan ifodaladi. 19-asr oʻrtalarida maishiy janr yuksala bordi. Meʼmorlik bilan hamohang tarzda amaliy sanʼat ham rivojlandi. Yogʻoch oʻymakorligi, keramika, kashtachilik sohasida nafis buyumlar tayyorlash urf boʻldi. 19-asrning 2-yarmida yangi binokorlik materiallari (metall konstruksiyalar)dan foydalanib sanoat va transport inshootlari barpo etila boshladi, bank, kasalxona, mehmonxona, koʻp qavatli turar joylar qurilishi avj oldi. 20-asr boshlarida tasviriy sanʼat rivoj topdi: Ilya Repin, Ivan Kramskoy, Nikolay Yaroshenko, Sergey V. Ivanov kabi rassomlar jozibador asarlar yaratdilar.

1917-yil oktabr toʻntarishi sanʼat ahlini ikkiga boʻlib yubordi. Kazimir Malevich, Yevgeniy Lansere oʻzlarini "inqilob kuychisi" deb atadilar. Aleksandr Benua, Konstantin Somov kabi mashxur rassomlar esa chet ellarga bosh olib ketdilar. Sovet davrida milliy bisotni saqlash haqidagi dekretlarga qaramay, faqat inqilobga xizmat qiladigan sanʼat asarlarigina saqlab qolindi, boshqalari vahshiyona yoʻq qilib tashlandi. Inkilob hamda fuqaro urushi voqealari va qahramonlarini tasvirlovchi racm va haykallar yaratish ragʻbatlantirildi. Meʼmorlar baxaybat shahar va inshootlar loyixalarini chiza boshladilar. 40-yillarning 2-yarmi va 50-yillarda Ikkinchi jahon urushida vayron boʻlgan shaharlarni qayta tiklash va yangi sanoat markazlarini barpo etishga kirishildi. Stalingrad (Volgograd), Smolensk, Kursk, Novgorod kabi shaharlar yangidan qurildi. Moskvada baland binolar (Moskva universiteti, meʼmorlar L.V.Rudnev, S.Ye.Chernishev, P.V.Abrosimov, A.F. Xryakov; mehmonxonalar), Kishloq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi kabi mahobatli inshootlar, meʼmoriy majmualar, koʻp qavatli turar joylar barpo etiddi. Zamonaviy loyihalar asosida industrial qurilish usullaridan, yigʻma temirbeton va boshqa yangi qurilish materiallaridan foydalanishga oʻtiddi.

Rassomlikning barcha janrlari rivojlandi. Maishiy janrda A.A. Milnikov, Fyodor Reshetnikov, Arkadiy Plastov, portret janrida Martiros Saryan, Viktor Oreshnikov, karikaturada Boris Prorokov, Kukrinkslar, Vitaliy Goryayev, estampda Georgiy Vereyskiy, Yu.I.Pimenev, haykaltaroshlikda Nikolay Tomskiy, L.Ye.Kerbel, Ye.V.Vuchetich, M.K.Anikushin, teatr va kino rassomligida V. Rindin, N.Zolotaryov, E.Stenberg, rangtasvirda N. Andronov, V.Popkov, T. Salaxov jozibador asarlar yaratdilar. Keyingi yillarda ijtimoiy xayotga qiziqish kuchaydi. Xalq hunarmandchiligining yogʻochsozlik, kulolchilik, kandakorlik, sirkorlik, suyak oʻymakorligi, toshtaroshlik, kashtachilik, gilamdoʻzlik kabi turlari rivojlandi.

Musiqasi

Qadimgi rus musiqasi oʻz mazmuni, janri, shakl va ifoda vositalariga koʻra xilmaxil boʻlib, mehnat, marosim, qahramonlik, hazil va sevgi qoʻshiklaridan iborat. Xalq xorida geterofoniyata asoslangan koʻp ovozli musiqa shakli rivojlandi. Asosiy musiqa asboblari – gusli, domra, keyinchalik balalayka, gitara, garmon, bayan va boshqa Skomoroxlar sanʼati xalq ijodiga yaqin boʻlgan. 10-asr oxirida xristianlik qabul qilingach, cherkov xonandaligi rivojlandi, musiqa yozuvi oʻzlashtirildi. 17–18-asrlarda cherkov xonandaligida koʻp ovozlilik paydo boʻlishi bilan birga koʻp ovozli dunyoviy qoʻshiklar ham tarqaldi, jamiyat hayotida musiqaning roli oshdi, zamonaviy professional musiqa janrlari yaratildi. Peterburg va Moskvada opera teatrlari paydo boʻldi. Ye. Fomin, V. Pashkevich, I. Xandoshkin, D. Bortnyanskiy kabi kompozitorlar yetishib chiqdi.

19-asrning 2choragida Mixail Ivanovich Glinka rus musiqasini jahon madaniyati yutuqlari darajasiga koʻtardi. Uning anʼanalarini A. Dargomijskiy davom ettirdi. 1859-yil A. Rubinshteyn tashabbusi bilan Peterburgda Rossiya musiqa jamiyati tuzildi. Peterburg (1862) va Moskva (1866) konservatoriyalari tashkil topdi. Kompozitorlarning "Qudratli tuda" ijodiy guruhi (M.Balakirev, Aleksandr Borodin, Modest Musorgskiy, Nikolay Rimskiy-Korsakov va boshqalar)ning faoliyatida davr nafasi aks etdi. Pyotr Chaykovskiyning simfonik va kamer asarlari, opera va baletlari 19-asr jahon musiqasi rivojida muhim bosqich boʻldi. Sergey Raxmaninov, Aleksandr Skryabin ijodi 20-asr boshlariga toʻgʻri keldi. Ular ketidan yetishib chiqqan. Sergey Prokofyev, Dmitriy Shostakovich, Nikolay Myaskovskiy, Aram Xachaturyan, Tixon Xrennikov va boshqalar turli musiqiy janrlarda salmokli asarlar yaratdi. 20-asr boshlarida ijrochixonandalar Fyodor Shalyapin, Leonid Sobinov, Antonina Nejdanova, pianinochilar F. Safonov, Konstantin Igumnov, Genrikh Neygauz, skripkachi Leopold Auer, 20-asrning 2-yarmida dirijyorlar – Ariy Pazovskiy, Nikolai Golovanov, Yevgeniy Mravinskiy, Yevgeniy Svetlanov, Gennadiy Rojdestvenskiy, Samuil Samosud, pianinochilar – Emil Gilels, S. Rixter, skripkachi – David Oystrax, Leonid Kogan, Viktor Viktorovich Tretyakov, Vladimir Teodorovich Spivakov, violonchelchilar – Daniil Borisovich Shafran, Y. Rostropovich, Natalya Gutman, xonandalar – N.A. Stepanova, Yelena Vasiliyevna Obrazsova, Ivan Semyonovich Kozlovskiy, Sergey Yakovlevich Lemeshev, Vladimir Andreyevich Atlantov va boshqa mashhur boʻldilar. 20-asrning oxirgi oʻn yilliklarida Rossiya Shchedrin, Andrey Pavlovich Petrov, Boris Tishchenko, Edison Vasilievich Denisov, Sofiya Asgatovna Gubaydulina, Alfred Garriyevich Shnitke kabi kompozitorlar opera, simfoniya va vokalsimfonik janrlarda ijod qildilar. Georgiy Sviridov rus mumtoz musiqasi anʼanalarini davom ettirdi. Estrada musiqasi rivoj topdi. Mualliflik qoʻshigi deb atalgan yoʻnalish (Bulat Shalvovich Okudzhava, Aleksandr Arkadievich, Vladimir Visotskiy, Yuriy Vizbor) shuhrat qozondi. Eng mashhur estrada, jaz va rok qoʻshiqchilar orasida Iosif Davidovich Kobzon, Lyudmila Zikina, Aleksandr Borisovich Gradskiy, Alla Pugachyova, Filipp Bedrosovich Kirkorov, Yuri Mixailovich Antonov, Lev Leshchenko, Viktor Tsoy, Larisa Dolina, Valery Leontyev va boshqa bor. Ikkinchi jahon urushi yillari Leningrad konservatoriyasi Toshkentga evakuatsiya qilindi. Bu yerda uning ijrochilari hamda mahalliy ijrochilar tomonidan Dmitriy Shostakovichning "Leningradnoma" simfoniyasi ilk bor (1942-yil 22-iyun) ijro etiddi. Moskva konservatoriyasi va uning huzurida faoliyat koʻrsatgan Moskva oʻzbek opera studiyasi oʻzbek milliy opera sanʼati kadrlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishga katta hissa qoʻshgan.

Turli davrlarda Leonid Vitalyevich Sobinov, Antonina Nejdanova kabi opera solistlari, Lev Nikolayevich Oborin, Grigory Romanovich Ginzburg, Mstislav Rostropovich, Garri Grodberg, Daniil Shafran, Yuriy Abramovich Bashmet, Leonid Kogan singari sozandalar, Dmitriy Shostakovich, Aram Xachaturyan, Tixon Xrennikov kabi kompozitorlar, Zara Doluxanova, Irina Konstantinovna Arxipova, Tamara Andreyevna Milashkina, Iosif Davidovich Kobzon, Alla Borisovna Pugachyova singari xonandalar, Vladimir Spivakov rahbarligidagi "Moskva virtuozlari" kamer orkestri, Yevgeniy Svetlanov rahbarligidagi Rossiya simfonik orkestri, "Katta teatr" xonanda va raqqosalari va boshqa Oʻzbekistonda gastrolda bulishgan.

Teatri

Teatr sanʼati unsurlari mehnat jarayoni va diniy marosimlar, xalq oʻyinlari, bayramlar bilan bogʻliq holda yuzaga kelgan. Teatr madaniyatining dastlabki namoyandalari skomoroxlardir (ular birinchi bor 1048-yil yilnomalarda tilga olingan). 1648-yil ularning tomoshalarini cherkov taqiqlab qoʻydi (spektakllarda cherkov va hokimiyatni hajv qiluvchi koʻrinishlar boʻlgan). Skomoroxlarning anʼanalarini qoʻgʻirchoq teatri davom etgirdi.

16-asr 2-yarmida maktab teatriga asos solindi, cherkov, saroy teatrlari vujudga keldi. Rossiyada yevropacha shakldagi drama teatri 17-asr oxirida paydo boʻddi. 1703-yil qirol Petr I ning buyrugʻi bilan Moskva Qizil maydonida teatr binosi qurildi, unda tomoshalar koʻrsatildi. 18-asr boshlarida havaskorlik teatrlari, Moskva universiteti huzurida teatr tashkil etiddi. A. Sumarokov rus professional dramaturgiyasiga asos srddi, uning nazariyotchisi va amaliyotchisi boʻldi. 1776-yil Peterburgda birinchi doimiy teatr ishlay boshladi, shu teatr "asosida 1780-yil Petr teatri, 1776-yil Moskva Bolshoy teatri (Katta teatr), 1824-yil Maliy teatr (Kichik teatr) tashkil topdi. 1832-yil Peterburgda Aleksandr (hozirgi Pushkin nomidagi) teatr binosi kurildi. 18-asr oxiri – 19-asr boshlarida krepostnoy teatrlari keng yoyildi.

1812-yil Vatan urushidan keyin rus sahnasida William Shakespeare, Friedrich Shiller, Denis Fonvizin, Vasiliy Kapnist, Ivan Krilov, Vladislav Ozerov asarlari koʻrsatildi. Koʻngilochar tarjima asarlarini Aleksandr Griboyedov, Nikolay Gogol, Aleksandr Pushkin, Aleksandr Ostrovskiy pyesalari siqib chiqardi. Glikeriya Fedotova, Aleksandr Yujin, Vladimir Davidov kabi aktyorlar sahna madaniyatini yuqrri koʻtardilar. 1898-yil Konstantin Stanislavskiy bilan Vladimir Nemirovich-Danchenko tomonidan Moskva Badiiy teatri tashkil etildi. 20-asr boshlarida Moskva va Peterburgda bir qator yangi teatrlar, tajriba teatr studiyalari, viloyatlarda turli yoʻnalishdagi teatrlar ish boshladi. 20-yillar oxiri – 30-yillar boshlarida ishchi yoshlar teatrlari ommalashdi. Koʻpchiligi havaskor va yarim professional jamoalardan iborat boʻlgan bu teatrlar keyinchalik professional teatrlarga negiz boʻldi. Ayniqsa, 30-yillar sahnasida inqilobiytarixiy pyesalar ustunlik qildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida koʻpgina teatrlar sharqqa koʻchirildi, front teatrlari va artistlar brigadalari tashkil etildi. Urushdan keyingi yillarda teatr sanʼatining rivoji notekis va ziddiyatli boʻldi. Bu sohaga hokimiyatning aralashuvi koʻpgina teatr jamoalari, ayrim sanʼat arboblari va aktyorlar ijodiga asoratli taʼsir qildi.

50-yillar oxiri – 80-yillarda rus mumtoz adabiyoti va dramaturgiyasi asarlarini yangicha talqin qiluvchi spektakllar paydo boʻddi. Fyodor Dostoyevskiy, Lev Tolstoy, Anton Chexov, Jan Molyer pyesalari bilan bir qatorda Boris Vasilyev, Fyodor Abramov, Vasiliy Shukshin, Vladimir Voynovich kissalari sahnalashtirildi. 80-yillarda teatrlarning faoliyat sharoiti tubdan oʻzgardi, senzura bekor qilindi, spektakllarning rahbar organlar tomonidan "qabul kilinishi" barham topdi. Yuriy Lyubimov, Georgiy Tovstonogov, Leonid Xeyfets, Ruben Simonov, Pavel Xomskiy, Yuriy Yeryomin kabi rejissorlar tarixiy va zamonaviy mavzulardagi asarlarni zoʻr mahorat bilan sahnalashtirdilar, aktyorlardan – Yuliya Borisova, Kirill Lavrov, Innokentiy Smoktunovskiy, Mixail Ulyanov va boshqa teatr taraqqiyotiga muhim hissa qoʻshdilar. Rossiyada opera va balet sanʼati, shuningdek, qoʻgʻirchoq teatri, sirk sanʼati ham rivojlangan. Yuqorida sanab oʻtilgan teatrlardan tashqari Moskvada Yevgeniy Vaxtangov nomidagi, Mossovet nomidagi, Sankt-Peterburgda V. Komissarjevskaya nomidagi teatr, Arkadiy Raykin nomidagi satira teatri, Moskvada Sergey Obrazsov nomidagi qoʻgʻirchoq teatri, "Kreml baleti" teatri va boshqa teatrlar mashxur. Teatr uchun kadrlar Rossiya teatr sanʼati akademiyasi, Boris Shchukin nomidagi, Mixail Shchepkin nomidagi teatr bilim yurtlari, teatr badiiytexnika bilim yurti, sirk va estrada sanʼati bilim yurti va boshqa oʻquv yurtlarida tayyorlanadi.

Kinosi

1908-yildan Sankt-Peterburgda Aleksandr Drankovning, Moskvada Aleksandr Xanjonkov va Iosif Yermolyevning kino firmalari tashkil etildi. Ilk kinochilar xalq qoʻshikdari, mumtoz adabiyot asarlari asosida filmlar yaratishdi ("Stenka Razin va knyaz qizi", rejissor Vladimir F. Romashkov, 1908; "Sevastopol mudofaasi", rejissor Vasiliy Mixailovich Goncharov va Aleksandr Alekseyevich Xanjonkov, 1911). 1910-yillarda "Dvoryanlar uyasi" (rejissor V.RossiyaGardin), "Qargʻa motkasi" (rejissor Yakov Protazanov) filmlari suratga olindi. 20–30-yillarda rejissorlardan Sergey Eyzenshteyn, Aleksandr Ivanovskiy, G. Roshal, Vsevolod Pudovkin, Dziga Vertov tarixiy va hajviy filmlarni tomoshabinlarga taqsim etdi. "Hayotga yoʻllanma" nomli birinchi ovozli badiiy film (rejissor N. Ekk) 1931-yil yaratildi. Shundan keyin "Aleksandr Nevskiy" (rejissor Eyzenshteyn), Petr 1 (rejissor Vladimir Petrov) kabi tarixiy, "Quvnoq yigitlar", "Volga Volga" (rejissor Grigoriy Aleksandrov), "Traktorchilar" (rejissor I. Piryev) kabi hajviy filmlar ekranga chiqarildi. Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillar kinematografiyasining koʻpchilik asarlari vatanparvarlik, fantexnika inqilobi, jumladan, kosmosni zabt etish mavzulariga bagʻishlandi ("U vatanni himoya qiladi", rejissor Fridrix Ermler; "Turnalar uchmokda", rejissor Mixail Kalatozov; "Inson takdiri", rejissor Sergey Bondarchuk; "Olovning boʻysundirilishi", rejissor Daniil Xrabrovitskiy va boshqalar). Mumtoz adabiyot asarlarini ekranlashtirish doim katta oʻrin olib keldi. Jumladan, Fyodor Dostoyevskiyning "Jinoyat va jazo" (1970, rejissor L.A.Kulijanov), Maksim Gorkiyning "Yegor Bulichev va boshqalar" (1973, rejissor Yuriy Solovyev) va "Vassa" (1983, rejissor Gleb Panfilov), Mixail Bulgakovning "Qochish" (1971, rejissor A.Alov, V. Naumov), Chexovning "Dasht" (1977, rejissor S. Bondarchuk), I. Goncharovning "I.I.Oblomov hayotining bir necha kuni" (1980, rejissor Nikia Mixalqov), Aleksey Tolstoyning "Petrning yoshligi" (1981, rejissor Sergey Gerasimov) asarlari suratga olindi. Rejissor V. Menshovning "Moskva koʻz yoshlarga ishonmaydi" va A. Mittaning "Ekipaj" filmlari Rossiya kinematografiyasida ijtimoiy va maʼnaviy yoʻnalishga eʼtibor kuchayganidan darak berdi. 60–80-yillarda G.Chuxray, Vasily Shukshin, Gleb Panfilov, N. Mixalqov, E. Ryazanov kabi rejissorlar barakali ijod qildilar. 90-yillarda voyaga yetgan rejissorlar avlodi keksa kino arboblari bilan ijodiy bahs yuritib, mafkura sohasidagina emas, badiiy vositalar, ifoda usullari borasida ham yangi yoʻllarni izlay boshladi. Rossiyada hujjatli, ilmiyommabop va multiplikatsiya kinosi ham rivojlangan.

Rossiyada "Mosfilm", "Lenfilm", "Maksim Gorkiy nomidagi kinostudiya", "Soyuzmultfilm" studiyasi, turli viloyatlarda badiiy va hujjatli filmlar studiyalari bor. Rejissor, operator va boshqa kadrlar Moskvadagi Davlat kinematografiya intida, ssenariychi va rejissorlar 2 yillik oliy kurslarda tayyorlanadi. Bundan tashqari, Sankt-Peterburg, Rostov Don, Qozon, Voronej, Zagorskda kinotexnikumlar bor.

Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlari

Oʻzbekiston – Rossiya aloqalari uzok, tarixga ega. Oltin Oʻrda davlati sohibqiron Amir Temur zarblari ostida barham topganidan keyin Rus davlati bilan Oʻrta Osiyo oʻrtasida elchilik munosabatlari oʻrnatishga harakat boshlandi. Masalan, 1464-yil Rus hukumati oʻz elchilarini bu yerga yubordi. 1490-yil temuriy Sulton Husayn Boyqaroning elchilari Moskvaga bordi. 16-asr oʻrtalarida Rus davlati Ashtarxon (Astraxon) va Kozon xonliklarini bosib olganidan keyin ikkala tomon birbiriga chegaradosh va qoʻshni boʻlib qoldi. Rus davlati ham Buxoro va Xiva xonliklari bilan aloqalardan manfaatdor edi.

16-asrning 2-yarmi, 17–18-asrlarda ikki oʻrtada diplomatok va savdosotiq alokalari faollashgan. Rossiya yilnomalarida koʻrsatilishicha, Buxoro amirligi, Xiva, Qoʻqon xonliklaridan elchilar savdosotiqni koʻpaytirish taklifi bilan Peterburgga borgan. 19-asrning 60-yillaridan Urta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingach, bu yerlar Rossiyaning xom ashyo manbai boʻlib qoldi. Oʻrta Osiyodan paxta, ipak va boshqa yuborish va bu yerga sanoat mollari keltirish yoʻlga qoʻyiddi. 1917-yil oktabr toʻntarishidan keyin Oʻzbekiston – Rossiya alokalari Sovet xukumati siyosati doirasida yagona iktisodiyot rejasiga binoan, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash yoʻlida amalga oshiriddi.

20-asrning 90-yillaridan ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqli aloqalar oʻrnatila boshladi. Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning 1998, 2001 va 2004-yillarda Rossiyaga qilgan tashriflari, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning 2000 va 2003-yillarda Oʻzbekistonda boʻlgan vaqtida erishilgan bitimlar va imzolangan hujjatlar ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy, ilmiy va madaniy hamkorlikka huquqiy asos yaratdi. 1998–2007-yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlikni chukurlashtirish haqidagi shartnoma bu asosni yanada kengaytirdi. Rossiya Federatsiyasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya asosiy muvofiqdashtiruvchi organ vazifasini bajaradi. U ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarning ustun yoʻnalishlarini belgilash, qulay hamkorlik shartsharoitlarini vujudga keltirishga, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarni xususiylashtirish jarayenlarida ishtirok etishiga, Oʻzbekiston va Rossiya regionlarining hamkorligiga koʻmaklashish bilan shugʻullanadi. 2003-yil Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi 1 mlrd. 149,1 mln. AQSH dollariga yetdi. UzR dan Rossiyaga paxta tolasi, yengil avtomobil, mevasabzavot mahsuloti va boshqa yuboriladi. Rossiyadan mexanik va elektr mashinauskuna, transport vositalari, qora metall, plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar, doridarmon, yogʻoch, kimyo sanoati mahsulotlari va boshqa keltiriladi. Ikki mamlakat ishbilarmonlarining hamkorligi tufayli Oʻzbekiston Respublikasi da 520 ta qoʻshma korxona barpo etilgan. Ular orasida Rossiya sarmoyasi 100% boʻlgan oʻnlab korxona bor. Ular oziq-ovqat, toʻqimachilik, yogʻochni qayta ishlash, doridarmon ishlab chiqarish, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida faoliyat yuritadi. Rossiyaning salkam 40 ta kompaniyasi, jumladan, „Aeroflot“, „Avtovaz“, „Zarubejneftgaz“, „Lukoyl“, „Texmashimpeks“ va boshqa oʻz vakolatxonalariga ega. Rossiyada oʻzbek rezidentlari ishtirokida tashkil etilgan 167 korxona, shu jumladan, 72 qoʻshma korxona bor. Rossiya sohasida, ayniqsa, aviasozliqda avvalgi kooperatsiya aloqalari sakdanib qolgan. Oʻzbek gazini Rossiya orqali oʻzga davlatlarga oʻtkazish, shuningdek, yangi neft va gaz manbalarini qidirib topish, ularni qazib olish va qayta ishlash sohasida oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Rossiyaning „Gazprom“ aksiyadorlik jamiyatlari birlashmasi bilan „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi oʻrtasida strategik hamkorlik qilish toʻgʻrisida hamda „Oʻzbekneftgaz“ bilan „LUKoyl“ oʻrtasida mahsulotni taqsimlashga oid bayonnoma tayyorlash hakida imzolangan hujjatlar bu borada muhim voqea boʻldi. Ikki mamlakat regionlarining iqtisodiy hamkorligi uzluksiz rivojlanmokda. Moskva shahri va viloyati, Sankt-Peterburg, Yaroslavl viloyati, Boshqirdiston, Mordoviya, Tatariston respublikalari, Sibir va Ural regionlarining ishbilarmon doiralaridan Oʻzbekiston Respublikasi ga delegatsiyalar kelib turadi, ular Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subʼyektlari bilan oʻzaro manfaatli shartnomalar tuzdi. Chkalov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, „UzDEUavto“, „Oʻzavtoyoʻl“ bilan tuzilgan shartnomalar shu jumlaga kiradi.

Ilmiy hamkorlik ham muhim ahamiyatga ega. Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Supa platosida Xalqaro radioastronomiya rasadxonasini barpo etish toʻgʻrisidagi hukumatlararo shartnomani amalga oshirish boʻyicha olimlar hamkorligi bunga misol boʻladi. Ikki mamlakat Fanlar Akademiyasilari va ularning intlari ilmiy aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. 2001-yil fevralda Toshkentda ochilgan Rossiya xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlik markazi („Roszarubejsentr“)ning vakolatxonasi zimmasiga aniq gumanitar masalalarni hal qilish vazifasi kjlatilgan. „Roszarubejsentr“ bilan Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga binoan turli tadbir, kecha va koʻrgazmalar oʻtkazish odat tusiga kirgan. Madaniyat va sanʼat, xususan, tasviriy va amaliy sanʼat vakillari oʻzaro ijodiy aloqa qilib turadilar, jumladan, 2003-yil Moskvada J. Umarbekov va boshqa oʻzbek rassomlarining koʻrgazmalari uyushtirildi. 1997-yildan boshlab Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi Moskvadagi Rassomlar markaziy uyida har yili oʻtkaziladigan nufuzli xalqaro koʻrgazmaning doimiy ishtirokchisidir. Oʻzbekistondagi Rus madaniyat markazi va „Uzbekistan–Rossiya“ doʻstlik jamiyatining faoliyati madaniy aloqalarni rivojlantirish va kengaytirishga yordam beradi.[4]

Mamlakat tuzilishi

Rossiyaning davlat tuzulishni 1993-yil qabul qilingan Konstitutsiyaga asosan belgilanadi.

Davlat boshligʻi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti – hamda oliy harbiy qomondon hisoblanadi – 4 yilga saylov asosida saylanadi.

Rossiyaning qonun chiqaruvchi organi 2 palatadan iborat boʻlib Federatsiya Kengashi va Davlat Dumasidan iborat. Prezident davlat dumasini ishdan chetlash huquqiga ega.

Davlat dumasini yarimi bir mandatli okruglar tizimi boʻyicha saylanadi, ikkinchi yarimi esa, partiya roʻyxatlari boʻyicha (2006-yil 7-dekabrdan boshlab partiya roʻyxatlari boʻyicha)


Manbalar